Muayyan yil davomida ketma-ket to‘lanadigan to‘lovlar orasidagi teng oraliqli bir yo‘nalishdagi to‘lovlar oqimi “annuitet” deb ataladi.
Masalan, yakka tartibdagi tadbirkor muayyan vaqtdan so‘ng oylik pensiya olish uchun bir martalik miqdorda annuitetga o‘z hissasini qo‘shishni xohlashi mumkin. Annuitetning eng keng tarqalgan misollari sifatida pensiya fondiga muntazam badallar, uzoq
143
muddatli kreditni qaytarish, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizlar to‘lovini tilga olish mumkin.
Amaliy jihatdan eng qiziqarli bo‘lgan barcha turdagi to‘lovlar bir-biriga (doimiy annuitetlar) teng bo‘lgan yoki bir muncha tartibga muvofiq o‘zgargan annuitetlardir.
Qaytarish fondi, ma’lum bir vaqtning o‘zida muayyan maqsadga erishish uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘larining davriy badal-lari amalga oshirilganda, annuitet uchun alternativ variant hisob-lanadi.
Boshlang‘ich davr uchun bir martalik R summa qo‘yilgan bo‘lsin, agar S sifatida har bir yil oxirida qo‘yilmaga qo‘shilgan yoki undan chiqarib tashlangan summani qabul qilsak, u holda t yil oxirida jamg‘arilgan summa quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Bu ifodada birinchi qo‘shiluvchi R boshlang‘ich qo‘yilmadan hisoblangan qiymat, ikkinchi qo‘shiluvchi davriy to‘lovlardan to‘plangan summani hisoblash uchun ishlatiladi.
7.2.4-misol. Boshlang‘ich summani dastlabki joylashtirish 5000 sh.b.ni tashkil etdi, undan so‘ng besh yil mobaynida har yili 500 sh.b. miqdorida muntazam to‘lovlar amalga oshirildi. Yillik foiz stavkasi 8 foizni tashkil etgan holda, (7.2.4) formula bo‘yicha ushbu davr oxiridagi qo‘yilmaning qiymati quyidagiga teng:
Do'stlaringiz bilan baham: |