Konvertatsiya;
Arbitraj;
Aktivlar qiymatini maksimallashtirish;
Birja riski.
7. Investor A korxona aksiyalarini xarid qilib, yil oxirida sarflagan pulining daromadlilik stavkasi 12 % ga teng ekanligini aniqladi. Dvidenddan jami 6 % ekanligi ma’lum bo‘lsa, aksiyalar
168
narxini fond birjasida oshishidan olgan daromadi necha foizni tashkil qiladi?
18 %;
9 %;
3 %;
6 %.
Aksiyalar aktivlarining riskliligini o‘lchashda keng qo‘llaniladigan birlik – bu ………………. beb ataladi.
A) o‘zgaruvchanlik; B) normal taqsimot; C) o‘zgarmaslik; D) alternativlik.
Quyidagi ma’lumotlar asosida daromadlilikning kutilgan stavkasini aniqlang.
Iqtisodiyot holati
|
A aksiyalari
|
Ehtimollik (P)
|
|
daromadlilik stavkasi
|
|
|
|
|
O‘sish
|
40%
|
0,10
|
|
Normal
|
20%
|
0,50
|
|
Pasayish
|
– 20%
|
0,30
|
|
10%;
9%;
8%;
12%.
…………… – bu riskni kamaytirishdan foyda va buning uchun zarur sarf-xarajatlar o‘rtasida balansga erishishga yo‘naltirilgan murosa yo‘lini ishlab chiqish, shuningdek, buning uchun qanday choralar ko‘rish lozimligi haqida qarorlarni ko‘rib chiqish jarayonidir.
A) riskni boshqarish; B) riskni aniqlash; C) spekulyantlash; D) hejirlash.
169
IX BOB. MOLIYAVIY RISKLARNI BAHOLASH
METODLARI
9.1. Markovits portfeli
Kapital bozori har bir investorning istagini qondiradigan mashina emas. Nol kuponli obligatsiyalar va fiksirlangan foiz stavkali depozit sertifikatlari kabi bir qator instrumentlarni hisobga olmaganda, qolgan barcha aksiyalar va obligatsiyalar investorlar ularga joylashtirgan kapital daromadliligiga ta’sir etish uchun hech qanday imkon bermaydi. Hatto jamg‘arma hisob stavkalari ham o‘zlari bozordagi foiz stavkalari o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘lgan banklarning injiqligiga bog‘liq. Har bir investorning daromadi boshqa investorlar noaniq kelajakning muayyan paytida aktivlar uchun qancha to‘lashiga bog‘liq bo‘ladi, son-sanoqsiz boshqa investorlarning xatti-harakatini esa hech kim nazorat qila olmaydi, hatto yetarli darajada aniqlik bilan prognoz qilolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |