B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
Download 0.55 Mb.
|
birinchi 1000 sh.b. ni siz o‘z cho‘ntagingizdan to‘lashingiz kerak bo‘ladi, sug‘urta kompaniyasi esa ushbu ming sh.b.ni chiqarib tashlagan holda qolgan barcha summani to‘laydi.
Franshiza mijozni ehtimoliy yo‘qotishlarga nisbatan ko‘proq e’tibor qaratishga majburlaydi. Sug‘urta polisida ta’mirlash uchun 500 sh.b. miqdorda franshiza qayd etilgan avtomobil egasi (buni u o‘zi to‘lashi kerak), polisida bunday franshiza yo‘q bo‘lgan haydovchi bilan taqqoslaganda, mashinani yanada ehtiyotkorroq haydashga harakat qiladi. Biroq uning miqdori franshiza miqdoridan oshib ketganidan so‘ng zararni nazorat qilishga rag‘bat ham yo‘qoladi. Birgalikda to‘lash sug‘urtalangan tomon zararning bir qismini qoplashi shartligini anglatadi. Masalan, sug‘urta polisida birgalikda to‘lov har qanday zararning 20%ini tashkil etishiga kelishib olingan bo‘lishi mumkin, sug‘urta kompaniyasi esa qolgan 80% ni to‘laydi. Birgalikda to‘lash franshizaga o‘xshab ketadi, chunki u ham mijozlarni zararning bir qismini o‘z cho‘ntagidan to‘lashga majbur qiladi. Farqi shundaki, bunda mijoz to‘lashi kerak bo‘lgan ulushni hisoblash yo‘llari boshqacha bo‘lib, ularning yordamida mijozda zarardan qutulib qolishga stimul yuzaga keltiriladi. Shifokor qabuli uchun to‘lovni taqdim etadigan tibbiyot polisini ko‘rib chiqamiz. Polisda birgalikda to‘lash haqida band bo‘lsa, bemor har bir qabul uchun shifokorga gonararning bir qismini o‘zi to‘laydi. Agar polisda birgalikda to‘lash haqida shart o‘rniga 1000 sh.b. miqdorida franshiza kiritilgan bo‘lsa, mijoz franshiza summasi butunlay tugamaguncha shifokor qabuli uchun barcha to‘lovlarni o‘zi amalga oshiradi, undan keyingi qabullar uchun u hech narsa to‘lamaydi. Shunday qilib, franshiza 1000 sh.b. summaga yetgandan keyin qo‘shimcha qabullardan tiyilishga stimul paydo qilmaydi, birgalikda to‘lov holatida esa shunday shart-sharoit yuzaga keltiriladi. Sug‘urta polisida franshiza ham, birgalikda to‘lash sharti ham bo‘lishi mumkin. Sug‘urta sug‘urtalanuvchiga muayyan shartlar asosida yo‘qotish riskini sug‘urtachiga o‘tkazish imkonini bergan holda uni yo‘qotishlardan moliyaviy himoya qiladi. Sug‘urta shartnomasining asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling