B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
Download 0.55 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kombinatsiyalashgan operatsiya faqat 1 va 2-operatsiyadan tuzilgan bo‘lsa, u holda
- Kombinatsiyalashgan operatsiya 1, 2 va 3-operatsiyadan tuzilgan bo‘lsa, u holda
- Kombinatsiyalashgan operatsiya barcha to‘rt operatsiyadan
- Nazariy jihatdan, diversifikatsiyalashning ta’siri faqat ijobiy hisoblanadi – samaradorlik me’yorlashadi, risk esa kamayadi. 206
- Ayrim atamalarni sharhlab o‘tamiz. Sug‘urtalanuvchi (yoki sug‘urtalangan) – sug‘urtalanayotgan shaxs. Sug‘urtalovchi – sug‘urta qilayotgan shaxs.
Ushbu operatsiyalardan teng og‘irlikdagi kombinatsiyalarni (operatsiyalar) tuzishning bir qancha variantlarini ko‘rib chiqamiz. Kombinatsiyalashgan operatsiya faqat 1 va 2-operatsiyadan tuzilgan bo‘lsa, u holda:
Kombinatsiyalashgan operatsiya 1, 2 va 3-operatsiyadan tuzilgan bo‘lsa, u holda:
Ko‘rinib turibdiki, barcha operatsiyadan operatsiyalar tuzilgan-da, risk sezilarli ortmaydi va operatsiyaning tarkibiy qismini tashkil qiluvchi operatsiyalar chegarasiga yaqin qolaveradi. Samaradorlik esa har gal operatsiyaning tarkibiy qismlari samaradorligining o‘rtacha arifmetigiga teng. Diversifikatsiya tamoyili nafaqat bir vaqt o‘tkaziladigan operatsiyalarni o‘rtachalash uchun, balki turli joylarda (makonda o‘rtachalash) va vaqt bo‘yicha ketma-ket amalga oshirilgan, masalan, bir operatsiyani vaqt bo‘yicha takrorlashda (vaqtda o‘rtachalash) da ham qo‘llaniladi. Har yili 20-yanvarda barqaror faoliyat yurituvchi qandaydir kompaniyaning aksiyalarini sotib olish strategiyasi mutlaqo oqilona sanaladi. Ushbu kompaniyaning aksiyalari kursidagi muqarrar tebranishlar mazkur protsedura tufayli o‘rtachalashadi va shu bilan diversifikatsiya samarasi namoyon bo‘ladi. Nazariy jihatdan, diversifikatsiyalashning ta’siri faqat ijobiy hisoblanadi – samaradorlik me’yorlashadi, risk esa kamayadi. 206 Moliyaviy risklarni sug‘urtalash Risk darajasini kamaytirishning eng muhim va keng tarqalgan usuli riskni sug‘urta qilish hisoblanadi. Ayrim atamalarni sharhlab o‘tamiz. Sug‘urtalanuvchi (yoki sug‘urtalangan) – sug‘urtalanayotgan shaxs. Sug‘urtalovchi – sug‘urta qilayotgan shaxs. Sug‘urta summasi – sug‘urtalanuvchining mol-mulki, hayoti, sog‘lig‘i sug‘urta qilingan pul mablag‘i miqdoridir. Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanuvchiga ushbu summa to‘lab beriladi. Sug‘urta summasini to‘lash sug‘urta qoplamasi deb ataladi. Sug‘urta to‘lovi sug‘urtalangan shaxs tomonidan sug‘urtalovchiga to‘lanadi. Umumiy holatda sug‘urta – bu shunday bitimki, unga muvofiq sug‘urtalovchi (masalan, qandaydir sug‘urta kompaniyasi) muayyan kelishilgan mukofot evaziga (sug‘urta mukofoti) sug‘urtalanuvchi yoki u tomonidan sug‘urtalangan mol-mulk duchor bo‘lgan sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan xavf-risk va (yoki) hodisalar (su-g‘urta hodisasi) oqibatida yuzaga kelgan zarar yoki uning bir qismini (sug‘urta summasi) to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Shunday qilib, sug‘urta pul badallari hisobidan maqsadli sug‘urta fondini shakllantirish va undan zararni qoplash hamda sug‘urta summasini to‘lash uchun foydalanish bo‘yicha uning qatnashchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuini o‘zida aks ettiradi. Sug‘urtaning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, investor riskdan qochish uchun daromadining bir qismidan voz kechishga, ya’ni, risk darajasini nolgacha kamaytirish uchun pul to‘lashga tayyor. Amalda, agar sug‘urta qiymati ehtimoliy zararga teng bo‘lsa (ya’ni, kutilgan zarar 10 million sh.b. bo‘lgan sug‘urta polisi 10 million sh.b. turadi), u holda riskka moyil bo‘lmagan investor o‘zi duch kelishi mumkin bo‘lgan har qanday moliyaviy zarar (kapital, daromad) to‘liq qoplanishini ta’minlanadigan tarzda sug‘urtalanishni xohlaydi. Zarar ko‘rish riskini kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan choralar bir vaqtning o‘zida daromad olish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradigan holatlarda risklarni hejirlash haqida so‘z yuritiladi. Masalan, agar fermer narx pasayishi riskining oldini olish uchun kelgusi g‘alla hosilini fiksirlangan narxda sotsa, bu bilan o‘zini 207 yig‘im-terim mavsumida g‘alla narxi ko‘tarilib ketgan holatda qo‘shimcha daromad olish imkoniyatidan mahrum qiladi. Fermer g‘alla narxi bo‘yicha riskka o‘z moyilligini hejirlaydi. Agar siz jurnalga bir yil uchun emas, balki uch yilga obuna bo‘lsangiz, o‘zingizni obuna bahosining ehtimoliy o‘sishidan sug‘urta qilgan bo‘lasiz. Siz obuna bahosining ko‘tarilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlar riskidan qutulasiz, ammo obuna narxi arzonlashgudek bo‘lsa, bundan hech narsa yutmaysiz. Sug‘urta zararni bartaraf etish maqsadida sug‘urta mukofoti yoki sug‘urta badali to‘lashni (sug‘urta uchun siz to‘laydigan narx) nazarda tutadi. Sug‘urta polisini sotib olar ekansiz, siz sug‘urta yo‘qligi tufayli ancha katta zarar ko‘rish ehtimoli o‘rniga kafolatlangan xarajat qilishga (polis uchun to‘lanadigan sug‘urta badali) rozilik bildirasiz. Masalan, agar siz mashina sotib olgan bo‘lsangiz, baxtsiz hodisalar, o‘g‘irlab ketish, siz yoki atrofdagi boshqalarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan tan jarohatlaridan sug‘urtalash kabi sug‘urta turlaridan biriga muqarrar ravishda murojaat etasiz. Bugun sug‘urta badali 1000 sh.b.ga teng bo‘lishi mumkin. Uni to‘lagach, kutilmagan holatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash uchun bir yil muddatga sug‘urtalanasiz. 1000 sh.b. summaga teng kafolatlangan xarajat yuz minglab sh.b. ga yetishi mumkin bo‘lgan juda katta xarajatlar ehtimoli o‘rnini bosadi. Hejirlash va sug‘urta o‘rtasida fundamental tafovut mavjud. Hejirlashda siz daromad olish imkoniyatidan bosh tortgan holda, zarar ko‘rish riskini ham bartaraf etasiz. Sug‘urtalashda sug‘urta badalini to‘laysiz va bu bilan zarar ko‘rish riskini bartaraf etasiz, lekin daromad olish imkoniyatini ham saqlab qolasiz. Masalan faraz qilaylik, siz O‘zbekistonda eksport-import operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan kompaniyaga egasiz. Siz bir oydan so‘ng 1000000 sh.b. olishingizni bilasiz. Hozir bir sh.b. 8000 so‘mni tashkil qiladi, ammo bir oydan keyin kurs qanday bo‘lishini bilmaysiz. O‘z navbatida, siz uchun kurs riski mavjud. Ushbu riskni bartaraf etish uchun siz hejirlash va sug‘urtadan foydalanishingiz mumkin. Hejirlash siz hozir fiksirlangan narx bo‘yicha, aytaylik, oy oxirida 8000 so‘mga 1,0 mln sh.b.ni sotish uchun shartnoma tuzishingizni taqozo qiladi. So‘m kursi pasayib ketishidan himoya qiladigan shartnomani tuzish bilan siz hech narsa 208 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling