1.2. Iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida risklar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk bu – tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi eng asosiy elementlardan biri hisoblanadi. Riskning o‘ziga xos xususiyatlari bu - noaniqlik, kutilmagan holat, ishonch-sizlik va taxmin. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi.
Riskning ikkita funksiyasi bor: rag‘batlantiruvchi va himoya-lovchi (1.2.1-rasm).
Risk funksiyalari
Rag‘batlantiruvchi Himoyalovchi
1.2.1-rasm. Risk funksiyalari
Riskning rag‘batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor:
11
birinchi jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni hal qilishda asosiy rolini o‘ynaydi, ayniqsa inno-vatsion, investitsion qarorlarni qabul qilishda ko‘rinadi;
ikkinchi jihati esa asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorlar natijasida yuzaga keladi.
Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va ijtimoiy-huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo kutilmagan noxush voqealardan o‘zlarini asrash shakllari va vositalarini izlaydilar. Amaliyotda bu sug‘urtalangan rezerv fondlarini tashkil etish, tadbirkorlik risklarini sug‘urtalash kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, xo‘jalik, mehnat, jinoiy qonun hujjatlari to‘plamida risk kategoriya-larini joriy qilishda namoyon bo‘ladi.
Bulardan tashqari riskning quyidagi xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, ular qarama- qarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir (1.2.2-rasm).
Riskning asosiy xususiyatlari
Qarama- qarshilik Noaniqlik Alternativlilik
1.2.2-rasm. Riskning asosiy xususiyatlari
Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo‘ladilar: risk bir tomonlama muhim iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya’ni ijtimoiy, texnik rivojlanishni tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma’naviy muhitiga ijobiy ta’sir qiladi. Ikkinchi tomonlama esa, aksincha ta’sir qilishi mumkin, ya’ni risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Alternativlilik, bu bir yoki bir qancha ko‘rinishdagi qarorlarni tezlik bilan tanlashda namoyon bo‘ladi. Tanlash lozim bo‘lmagan joyda riskli jarayonlar ham vujudga kelmaydi va risk bo‘lmaydi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |