B. M. Mamatqulov tmi annotatsiya
Download 289.17 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqo-zbekistonda-qimmatli-qog-ozlar-bozorini-rivojlantirish-masalalari
O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish masalalari A.R.Jurabekov N.O.Kushbakova F.T.Orziyeva B.M.Mamatqulov TMI Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozorini amaldagi holatai va uni takomillashtirish yo’nalishlari tadqiq etilgan. Kalit so’zlar: qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bozori, institutsional investorlar, fond birjasi. Issues of security market development in Uzbekistan A.R.Jurabekov N.O.Kushbakova F.T.Orziyeva B.M.Mamatqulov Tashkent Financial Institute Abstract: This article examines the current state of the stock market in our country and directions for its improvement. Keywords: securities, stock market, institutional investors, stock exchange. Qimmatli qog’ozlar bozorida institutsional investor boʻlib, investitsiya fondlari, sug’urta kompaniyalari va tijorat banklari hisoblanadi. Kapitalni koʻpaytirishni va uni likvidli shaklda saqlanishini ta’minlash, institutsional investorlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlarga faol ravishda pul mablag’larini qoʻyish, institutsional investorlarning asosiy funktsiyasi hisoblanadi. Institutsional investorlar moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida oʻz aktivlarini ishonchlilik, diversifikatsiyalash, qaytarishlilik, foydalilik va likvidlilik tamoyillari asosida qimmatli qog’ozlarga investitsiya qiladilar. Institutsional investorlar qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiyalarni amalga oshirishda quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilishlari lozim: - investitsiyalarni professional boshqarish; "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1045 - manfaatlardagi ziddiyatlar toʻg’risida ogohlantirish; - axborotlarning shaffofligini ta’minlash. Investitsiyalarni professional boshqarish institutsional investorlar tomonidan quyidagi yoʻllar bilan ta’minlanadi: - zarurat tug’ilganda, qimmatli qog’ozlari investitsiya ob’ekti boʻlishi mumkin boʻlgan emitentning affillangan shaxsi hisoblanmagan investitsiya maslahatchilarini investitsiya jarayoniga va tegishli malakaga ega boʻlgan (investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi) tashkilot mutaxassislarini investitsiya aktivlarini boshqarish jarayoniga jalb qilish; - investitsiya qilishning asosiy yoʻnalishlari (siyosati) koʻrsatilgan yillik biznes-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash; - qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya faoliyatini tashkil qilish (investitsiyalash ob’ektlarini tahlil qilish, investitsiya qilinadigan mablag’larni investitsiyalash ob’ektlari oʻrtasida taqsimlash nisbatini aniqlash, daromadlilikni davriy baholash). Manfaatlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ziddiyatlarni oldini olish maqsadida, institutsional investorning ta’sischilari va mansabdor shaxslari investitsiya qilish toʻg’risidagi qaror qabul qiluvchi organ tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga qadar, oʻzining investitsiya ob’ekti bilan affillanganligi toʻg’risida axborot berishi kerak. Institutsional investorlar qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiyalarni amalga oshirishda quyidagilarni bajarishlari shart: a) qimmatli qog’ozlar bozori toʻg’risidagi qonunchilik va monopoliyaga qarshi qaratilgan qonun hujjatlari, shuningdek, mazkur Nizom talablariga rioya qilish; b) investitsiya tavakkalchiligi toʻg’ri (adekvat) baholashni amalga oshirish va samarali investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun zarur boʻlgan moliyaviy, texnik, axborot resurslari va malakali xodimlarning mavjudligini ta’minlash; v) oʻzlik mablag’lari (kapitallari)ning va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlarning etarliligi va qonunchilikda oʻrnatilgan majburiy me’yorlarga muvofiqligini ta’minlash; g) oʻz xodimlarining qonunchilikda oʻrnatilgan malakaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash. Institutsional investor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda oʻz mijozlarining manfaatlariga rioya etishi lozim.Institutsional investor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda oʻz mijozlarining manfaatlariga rioya etishi lozim.Investitsiya aktivlari boʻyicha zarar koʻrish xavfini kamaytirish maqsadida institutsional investorlar qonunchilikda oʻrnatilgan me’yoriy talablarga rioya qilgan holda ushbu aktivlarni diversifikatsiyasini ta’minlaydilar. Institutsional investorlar axborotlarining shaffofligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborotlarni oshkor etish orqali ta’minlanadi. Institutsional "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1046 investorning ijroiya organi institutsional investorning ta’sischilari oldida, har yili qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar toʻg’risida hisobot berishga majbur. Institutsional investorning xodimlari va boshqaruv organi a’zolari tomonidan xizmat va maxfiy axborotlardan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Institutsional investor tomonidan qimmatli qog’ozlar bilan bajarilgan operatsiyalar boʻyicha hujjatlarning saqlanilishi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Korporativ qimmatli qog’ozlarga qilinadigan investitsiyalarning sifatini ta’minlash maqsadida, institutsional investor uning boshqaruv organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan investitsiya siyosati toʻg’risidagi nizomni ishlab chiqadi. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida, institutsional investorlar oʻz aktivlarini ishonchlilik, diversifikatsiyalik, qaytarishlilik, foydalilik va likvidlilik tamoyillari asosida investitsiya qiladilar. Institutsional investorning bitta korxona ustav kapitaliga, shuningdek, ushbu korxonaning boshqa qimmatli qog’ozlariga qilinadigan qoʻyilmalari, qonun hujjatlariga hamda yuqorida keltirilgan investitsiya siyosati toʻg’risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Institutsional investor korporativ qimmatli qog’ozlarning xillari va turlarini hamda ularga rejalashtirayotgan investitsiyalarning minimal darajasi miqdorini mustaqil belgilaydi. Bunda, korporativ qimmatli qog’ozlarga investitsiyalarning minimal darajasi miqdori institutsional investorning vakolatli organi tomonidan uning investitsiya siyosati toʻg’risidagi nizomiga muvofiq amalga oshiriladi. Yagona dasturiy-majmua imkoniyatlari asosida Oʻzbekiston fond bozori eng ilg’or elektron texnologiyalar bilan jihozlanib, «Toshkent» RFB a’zolari oʻrtasida elektron aloqalarni va xujjatlar aylanishini yagona texnik dastur bazasi asosida yangi tizimni joriy qilib, modernizatsiya qilinadi.” Bu dasturiy-majmua yordamida birja bitimlarin rivojlantirish, broker va mijoz oʻrtasidagi yagona va uzoqmuddatli shartnomalarni joriy qilish, birja savdo natijalarini oʻzvaqtida elektron shaklida elektron tizimga yozish, birja savdolarini oʻtkazish uchun depozitariy va hisob-kitob- kliring palatasi oʻrtasidagi ma’lumotlar almashuvini tezlashtirish, listinga kirgan korxonalarning aksiyalarini bozor mexanizmi yordamida baholashni joriy qilish, aholining keng qatlamini fond bozoriga jalb qilish uchun yuqori likvidlili aksiyalarni savdoga chiqarishni shakllantirish va boshqa chora - tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Fond bozorida xalqaro standartlar talabi asosida faoliyat yuritish, qimmatli qog’ozlar savdosini “on-layn”, ya’ni internet vositasida amalga oshirish tizimi shakllanadi, xoʻjalik yurituvchi sub’ektlar, investorlar, holaversa, aholi uchun fond birjasi orqali oʻz faoliyatini rivojlantirish va daromadini oshirish borasida qulay sharoit yaratiladi. Koreya fond birjasi esa Davlat raqobat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston tashqi "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1047 iqtisodiy faoliyat Milliy banki, “Xalq banki”, “Asaka bank” va “Oʻzsanoatqurilishbank” kabi yirik banklar qatorida “Toshkent” Respublika fond birjasining aksiyadorlaridan biriga aylanadi. Xalqaro fond bozoriga integratsiyalashuv va xalqaro tajribani oʻzlashtirish maqsadida Koreya fond birjasi bilan boshlangan Oʻzbekiston Respublikasining fond bozorini modernizatsiya qilish ishlari davom ettiriladi. Ushbu ishlarning asosiy maqsadi ikki mamlakat fond birjalari bozorining har bir jabhasida oʻzaro sheriklik aloqalarini kengaytirish, mamlakatimiz fond bozorining rivojlangan infrastrukturasini yaratish uchun zamonaviy axborot - texnologiyalariga ega boʻlishlikni ta’minlashdan iboratdir.Bu esa oʻz navbatida biznes vakillari uchun on-layn rejimida IPO oʻtkazish orqali salohiyatli investorlarni topish ishlarini engillashtiradi. Jahon amaliyotidagi mavjud tamoyil — birja listingiga kirgan xoʻjalik sub’ektlarining aksiyalarini sotish jarayonining tatbiq etilishi, savdolarda xalqaro talablarga mos boʻlgan standartlarning qabul qilinishi, aksiyalarni xorijiy investorlarga chet el valyutasida sotish boʻyicha maydonchaning ishga tushirilgani, birja indeksi joriy qilinib, fond bozori holati aks ettirilgan ma’lumotlarning ommaviy axborot vositalari orqali muntazam e’lon qilinishining boshlanishi va birja veb-saytining ishlab chiqilgani “Toshkent” respublika fond birjasi faoliyatidagi muhim voqelar sirasiga kiradi. Shu oʻrinda salohiyatli investorlar hamda qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilarini toʻliq ma’lumotlar bilan doimiy ravishda xabardor qilib borishda fond birjasi veb-saytining alohida rolini ta’kidlash joiz. Zero, mazkur sayt harkuni oʻzaksiyalarini birlamchi va ikkilamchi bozorda joylashtiradigan listing korxonalari toʻg’risidagi ma’lumotlar bilan hamda, ular aksiyalarining joriy kotirovkalari bilan tanishtirib boradi. Bundan tashqari fond bozori indeksining kunlik sur’atlari e’lon qilinadi. Shuningdek, saytdan sohaga oid qonunchilik haqidagi boshka ma’lumotlarni ham olish mumkin. Mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi boʻlgan qimmatli qog’ozlar bozorining hozirgi rivojlanish bosqichida jadal odimlayotgani dalolati sifatida ayrim raqamlarni keltirib oʻtish joizdir. Bular asosan, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, energetika, metallurgiya, qurilish va agrosanoat tizimidagi xoʻjalik sub’ektlari, shuningdek, sug’urta kompaniyalari hamda tijorat banklaridir. Shu kabi koʻrsatkichlar miqyosini yanada oshirish maqsadida fond birjasida mavjud imkoniyatlar ishga solinmoqda. Ayniqsa, joylarda qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari mavqeini kengaytirish, hududlarda brokerlik idoralari sonini koʻpaytirish, qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoʻli bilan mamlakatimizda muhim strategik axamiyatga ega boʻlgan va likvidlilik darajasi yuqori boʻlgan kompaniyalar aksiyalarining fond bozoridagi koʻlamini oshirish masalalariga asosiy e’tibor haratilmoqda. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1048 Bunga qaramasdan, Respublikamiz fond bozoridagi investitsiya vositachilari faoliyati xalqaro talablar darajasida emas. Investitsiya vositachilari faoliyatidagi muammolarni hal etish uchun quyidagilarga e’tibor haratish zarur: - fond birjasidagi amalga oshirilayotgan bitimlarni sonini koʻpligi mamlakat iqtisodiy axvoli bilan bog’liq, shundan kelib chiqqan holda qimmatli qog’ozlarni birlamchi bozoridan tashqari ikkilamchi bozorini rivojlantirish va undagi investitsiya vositachilarini rolini oshirish zarur; - qimmatli qog’ozlar bozori koʻrsatkichlari boʻyicha yagona axborotlar bazasini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish. - fond bozorini yaxshi rivojlangan mexanizm sifatida shakllantirish va mamlakat iqtisodiyotidagi rolini oshirish; - brokerlik idoralariga oʻz filiallari orqali bitimlar tuzish jarayonida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish; - investitsiya vositachilaridan tashqari moliyaviy institutlar faoliyatidagi imtiyozlarini chegaralash, chunki depozitariy va banklar investitsiya vositachilariga haraganda emitentlar va investorlar toʻg’risidagi ma’lumotlarga egalik qilishda ustun mavqeyiga ega. - derivativlarning me’yoriy-huquqny bazasini takomillashtirish; - xorijiy bozorlarda muomalada boʻlishi uchun erkin aylantiriladigan valyutada emissiya qilinadigan mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalariga depozitar tilxatlarni chiqarish va joylashtirishni amalga oshirish; - moliyaviy fyucherslarni chiqarish va ularni mamlakat fond bozorida muomalada boʻladigan muddatlarini belgilash; - qimmatli qog’ozlar bozorini informatsion shaffofligiga erishish jarayonini huquqiy va me’yoriy ta’minlash, hamda mikro va makro darajada informatsion shaffoflikni ta’minlash tartibini takomillashtirish. - birjaviy bozorda ishtirokchilari savdolarda qatnashish jarayonini tezlashtirish, sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida «fond doʻkonlari» ni joriy etish. Mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozori barcha rivojlanayotgan fond bozorlari kabi katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ulardan birinchisi qimmatli qog’ozlarning likvidligidir. Shuning uchun bozorning likvidligini oshirishni tashkil etishni takomillashtirish, birja va birjadan tashqari bozorlar tuzilmasini rivojlantirish, qimmatli qog’ozlar muomalasi va ularning xarajatlarini kamaytirish, axborot olish imkoniyatlarini oshirish zarur. Birinchi navbatda fond birjasi ishlarini Jahon standartlari darajasiga koʻtarish, qimmatli qog’ozlar listingi va kotirovkasi tartibini joriy etish, fond bozorini asosiy tuzilmalari: birjalari, depozitariylar va hisob - kitob kliring tashkilotlarining avtomatlashtirilgan aloqa tizimlarini yaratish zarur. Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni koʻp jixatdan fond bozorini rivojlanishiga "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1049 bog’liqboʻlibqolmoqda. Moliyaviy vositachilar aktivligini oshirish, ular xarakatining samarali mexanizmlarini ishga solmasdan turib, ikkilamchi bozorni shakllantirish mumkin emas. Bu oʻz navbatida fond bozorida investitsiya vositachilari faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. Respublikamizda investitsiya vositachilari faoliyatining huquqiy asoslari va ular faoliyatining kafolatlari yaratilgan boʻlsada, bu sohada bir qator muammolar mavjud. Ma’lumki, mazkur faoliyatning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotini yuksalishiga, fond bozorini erkinlashtirish sohasida olib borilayotgan islohotlarning izchil amalga oshishiga, mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati samaradorligini oshishiga, ichki va tashqi sarmoyalarini iqtisodiyotning eng muhimsohalariga jalb etgan holda, shu sohalarni taraqqiy etishiga olib keladi. Oʻzbekiston fond bozori infratuzilmasi shakllanganiga hali koʻp vaqtboʻlmasa ham rivojlanish dinamikasiga ega. Bu esa Oʻzbekiston fond bozorini integratsiyalashuvi jarayoni kechayotgan xozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston qimmatli qog’ozlar bozorini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy bosqichlari va yoʻnalishlari, jumladan, me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, qimmatli qog’ozlar bozorini muassasaviy rivojlantirish, qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini takomillashtirish, fond vositalarining turlarini kengaytirish masalalari koʻrib chikilishi lozim. Chunonchi, quyidagilarni nazarda tutuvchi me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish va amaldagilarini takomillashtirish ishlarini davom ettirish kuzda tutiladi: - qimmatli qog’ozlarga investitsiyalar kilish chog’idagi xatarlarni pasaytirish maqsadida yoʻkotishlar oʻrnini qoplashning turli xil shakllarini, qimmatli qog’ozlar bozorida oʻzaro kafolatlar va sug’urtalash tizimlarini yaratish; - qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari boʻlgan tashkilotlarda yetakchi lavozimlarni egallab turgan shaxslarning kasb vakolatiga boʻlgan talablarni oshirish; - uyushgan bozorlarda qimmatli qog’ozlar bilan savdo qilishning bir joyga jamlanishini rag’atlantirish; - qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda "elektron imzo" tizimini joriy etish; - qimmatli qog’ozlar bozorini muassasaviy rivojlantirish, qimmatli qog’ozlarni raqamlash, anderrayting, transfert agentlik, kastodian, reyting va sug’urta xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarni tashkil etishni, qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilarining yagona milliy uyushmasini barpo etish, keyinchalik esa undan broker-dilerlar, depozitariylar, investitsiya fondlari va hokazolarning ajralib chiqishini nazarda tutiladi. Download 289.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling