B. M. Mamatqulov tmi annotatsiya


Download 289.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.04.2023
Hajmi289.17 Kb.
#1329746
  1   2
Bog'liq
o-zbekistonda-qimmatli-qog-ozlar-bozorini-rivojlantirish-masalalari



O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish 
masalalari 
 
A.R.Jurabekov 
N.O.Kushbakova 
F.T.Orziyeva 
B.M.Mamatqulov 
TMI 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozorini 
amaldagi holatai va uni takomillashtirish yo’nalishlari tadqiq etilgan. 
Kalit so’zlar: qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bozori, institutsional 
investorlar, fond birjasi. 
 
Issues of security market development in Uzbekistan 
 
A.R.Jurabekov 
N.O.Kushbakova 
F.T.Orziyeva 
B.M.Mamatqulov 
Tashkent Financial Institute 
 
Abstract: This article examines the current state of the stock market in our 
country and directions for its improvement. 
Keywords: securities, stock market, institutional investors, stock exchange. 
Qimmatli qog’ozlar bozorida institutsional investor boʻlib, investitsiya fondlari, 
sug’urta kompaniyalari va tijorat banklari hisoblanadi. Kapitalni koʻpaytirishni va uni 
likvidli shaklda saqlanishini ta’minlash, institutsional investorlarning asosiy maqsadi 
hisoblanadi. 
Qimmatli qog’ozlarga faol ravishda pul mablag’larini qoʻyish, institutsional 
investorlarning asosiy funktsiyasi hisoblanadi. 
Institutsional investorlar moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida oʻz 
aktivlarini ishonchlilik, diversifikatsiyalash, qaytarishlilik, foydalilik va likvidlilik 
tamoyillari asosida qimmatli qog’ozlarga investitsiya qiladilar. Institutsional 
investorlar qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiyalarni amalga oshirishda quyidagi 
asosiy tamoyillarga rioya qilishlari lozim: 
- investitsiyalarni professional boshqarish; 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1045


- manfaatlardagi ziddiyatlar toʻg’risida ogohlantirish; 
- axborotlarning shaffofligini ta’minlash. 
Investitsiyalarni professional boshqarish institutsional investorlar tomonidan 
quyidagi yoʻllar bilan ta’minlanadi: 
- zarurat tug’ilganda, qimmatli qog’ozlari investitsiya ob’ekti boʻlishi mumkin 
boʻlgan emitentning affillangan shaxsi hisoblanmagan investitsiya maslahatchilarini 
investitsiya jarayoniga va tegishli malakaga ega boʻlgan (investitsiya aktivlarini 
ishonchli boshqaruvchi) tashkilot mutaxassislarini investitsiya aktivlarini boshqarish 
jarayoniga jalb qilish; 

investitsiya qilishning asosiy yoʻnalishlari (siyosati) koʻrsatilgan yillik 
biznes-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash; 

qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya faoliyatini tashkil qilish 
(investitsiyalash ob’ektlarini tahlil qilish, investitsiya qilinadigan mablag’larni 
investitsiyalash ob’ektlari oʻrtasida taqsimlash nisbatini aniqlash, daromadlilikni 
davriy baholash). 
Manfaatlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ziddiyatlarni oldini olish 
maqsadida, institutsional investorning ta’sischilari va mansabdor shaxslari investitsiya 
qilish toʻg’risidagi qaror qabul qiluvchi organ tomonidan tegishli qaror qabul 
qilingunga qadar, oʻzining investitsiya ob’ekti bilan affillanganligi toʻg’risida axborot 
berishi kerak. 
Institutsional investorlar qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiyalarni amalga 
oshirishda quyidagilarni bajarishlari shart: 
a) qimmatli qog’ozlar bozori toʻg’risidagi qonunchilik va monopoliyaga qarshi 
qaratilgan qonun hujjatlari, shuningdek, mazkur Nizom talablariga rioya qilish; 
b) investitsiya tavakkalchiligi toʻg’ri (adekvat) baholashni amalga oshirish va 
samarali investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun zarur boʻlgan moliyaviy, texnik, 
axborot resurslari va malakali xodimlarning mavjudligini ta’minlash; 
v) oʻzlik mablag’lari (kapitallari)ning va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlarning 
etarliligi va qonunchilikda oʻrnatilgan majburiy me’yorlarga muvofiqligini ta’minlash; 
g) oʻz xodimlarining qonunchilikda oʻrnatilgan malakaviy talablarga 
muvofiqligini ta’minlash. 
Institutsional investor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini 
bajarishda oʻz mijozlarining manfaatlariga rioya etishi lozim.Institutsional investor oʻz 
huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda oʻz mijozlarining 
manfaatlariga rioya etishi lozim.Investitsiya aktivlari boʻyicha zarar koʻrish xavfini 
kamaytirish maqsadida institutsional investorlar qonunchilikda oʻrnatilgan me’yoriy 
talablarga rioya qilgan holda ushbu aktivlarni diversifikatsiyasini ta’minlaydilar. 
Institutsional investorlar axborotlarining shaffofligi qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda axborotlarni oshkor etish orqali ta’minlanadi. Institutsional 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1046


investorning ijroiya organi institutsional investorning ta’sischilari oldida, har yili 
qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar toʻg’risida hisobot berishga majbur. 
Institutsional investorning xodimlari va boshqaruv organi a’zolari tomonidan xizmat 
va maxfiy axborotlardan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. 
Institutsional investor tomonidan qimmatli qog’ozlar bilan bajarilgan 
operatsiyalar boʻyicha hujjatlarning saqlanilishi qonunchilikka muvofiq amalga 
oshiriladi. Korporativ qimmatli qog’ozlarga qilinadigan investitsiyalarning sifatini 
ta’minlash maqsadida, institutsional investor uning boshqaruv organi tomonidan 
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan investitsiya siyosati toʻg’risidagi nizomni ishlab 
chiqadi. 
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida, institutsional investorlar oʻz 
aktivlarini ishonchlilik, diversifikatsiyalik, qaytarishlilik, foydalilik va likvidlilik 
tamoyillari asosida investitsiya qiladilar. 
Institutsional investorning bitta korxona ustav kapitaliga, shuningdek, ushbu 
korxonaning boshqa qimmatli qog’ozlariga qilinadigan qoʻyilmalari, qonun 
hujjatlariga hamda yuqorida keltirilgan investitsiya siyosati toʻg’risidagi nizomga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Institutsional investor korporativ qimmatli qog’ozlarning xillari va turlarini 
hamda ularga rejalashtirayotgan investitsiyalarning minimal darajasi miqdorini 
mustaqil belgilaydi. Bunda, korporativ qimmatli qog’ozlarga investitsiyalarning 
minimal darajasi miqdori institutsional investorning vakolatli organi tomonidan uning 
investitsiya siyosati toʻg’risidagi nizomiga muvofiq amalga oshiriladi. 
Yagona dasturiy-majmua imkoniyatlari asosida Oʻzbekiston fond bozori eng 
ilg’or elektron texnologiyalar bilan jihozlanib, «Toshkent» RFB a’zolari oʻrtasida 
elektron aloqalarni va xujjatlar aylanishini yagona texnik dastur bazasi asosida yangi 
tizimni joriy qilib, modernizatsiya qilinadi.” Bu dasturiy-majmua yordamida birja 
bitimlarin rivojlantirish, broker va mijoz oʻrtasidagi yagona va uzoqmuddatli 
shartnomalarni joriy qilish, birja savdo natijalarini oʻzvaqtida elektron shaklida 
elektron tizimga yozish, birja savdolarini oʻtkazish uchun depozitariy va hisob-kitob-
kliring palatasi oʻrtasidagi ma’lumotlar almashuvini tezlashtirish, listinga kirgan 
korxonalarning aksiyalarini bozor mexanizmi yordamida baholashni joriy qilish, 
aholining keng qatlamini fond bozoriga jalb qilish uchun yuqori likvidlili aksiyalarni 
savdoga chiqarishni shakllantirish va boshqa chora - tadbirlarni amalga oshirish 
rejalashtirilmoqda.
Fond bozorida xalqaro standartlar talabi asosida faoliyat yuritish, qimmatli 
qog’ozlar savdosini “on-layn”, ya’ni internet vositasida amalga oshirish tizimi 
shakllanadi, xoʻjalik yurituvchi sub’ektlar, investorlar, holaversa, aholi uchun fond 
birjasi orqali oʻz faoliyatini rivojlantirish va daromadini oshirish borasida qulay sharoit 
yaratiladi. Koreya fond birjasi esa Davlat raqobat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston tashqi 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1047


iqtisodiy 
faoliyat 
Milliy 
banki, 
“Xalq 
banki”, 
“Asaka 
bank” 
va 
“Oʻzsanoatqurilishbank” kabi yirik banklar qatorida “Toshkent” Respublika fond 
birjasining aksiyadorlaridan biriga aylanadi. 
Xalqaro fond bozoriga integratsiyalashuv va xalqaro tajribani oʻzlashtirish 
maqsadida Koreya fond birjasi bilan boshlangan Oʻzbekiston Respublikasining fond 
bozorini modernizatsiya qilish ishlari davom ettiriladi. Ushbu ishlarning asosiy 
maqsadi ikki mamlakat fond birjalari bozorining har bir jabhasida oʻzaro sheriklik 
aloqalarini kengaytirish, mamlakatimiz fond bozorining rivojlangan infrastrukturasini 
yaratish uchun zamonaviy axborot - texnologiyalariga ega boʻlishlikni ta’minlashdan 
iboratdir.Bu esa oʻz navbatida biznes vakillari uchun on-layn rejimida IPO oʻtkazish 
orqali salohiyatli investorlarni topish ishlarini engillashtiradi. 
Jahon amaliyotidagi mavjud tamoyil — birja listingiga kirgan xoʻjalik 
sub’ektlarining aksiyalarini sotish jarayonining tatbiq etilishi, savdolarda xalqaro 
talablarga mos boʻlgan standartlarning qabul qilinishi, aksiyalarni xorijiy investorlarga 
chet el valyutasida sotish boʻyicha maydonchaning ishga tushirilgani, birja indeksi 
joriy qilinib, fond bozori holati aks ettirilgan ma’lumotlarning ommaviy axborot 
vositalari orqali muntazam e’lon qilinishining boshlanishi va birja veb-saytining ishlab 
chiqilgani “Toshkent” respublika fond birjasi faoliyatidagi muhim voqelar sirasiga 
kiradi.
Shu oʻrinda salohiyatli investorlar hamda qimmatli qog’ozlar bozori 
ishtirokchilarini toʻliq ma’lumotlar bilan doimiy ravishda xabardor qilib borishda fond 
birjasi veb-saytining alohida rolini ta’kidlash joiz. Zero, mazkur sayt harkuni 
oʻzaksiyalarini birlamchi va ikkilamchi bozorda joylashtiradigan listing korxonalari 
toʻg’risidagi ma’lumotlar bilan hamda, ular aksiyalarining joriy kotirovkalari bilan 
tanishtirib boradi. Bundan tashqari fond bozori indeksining kunlik sur’atlari e’lon 
qilinadi. Shuningdek, saytdan sohaga oid qonunchilik haqidagi boshka ma’lumotlarni 
ham olish mumkin.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi boʻlgan qimmatli qog’ozlar 
bozorining hozirgi rivojlanish bosqichida jadal odimlayotgani dalolati sifatida ayrim 
raqamlarni keltirib oʻtish joizdir. Bular asosan, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, 
energetika, metallurgiya, qurilish va agrosanoat tizimidagi xoʻjalik sub’ektlari, 
shuningdek, sug’urta kompaniyalari hamda tijorat banklaridir. 
Shu kabi koʻrsatkichlar miqyosini yanada oshirish maqsadida fond birjasida 
mavjud imkoniyatlar ishga solinmoqda. Ayniqsa, joylarda qimmatli qog’ozlar 
bozorining professional ishtirokchilari mavqeini kengaytirish, hududlarda brokerlik 
idoralari sonini koʻpaytirish, qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoʻli bilan 
mamlakatimizda muhim strategik axamiyatga ega boʻlgan va likvidlilik darajasi yuqori 
boʻlgan kompaniyalar aksiyalarining fond bozoridagi koʻlamini oshirish masalalariga 
asosiy e’tibor haratilmoqda. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1048


Bunga qaramasdan, Respublikamiz fond bozoridagi investitsiya vositachilari 
faoliyati xalqaro talablar darajasida emas. Investitsiya vositachilari faoliyatidagi 
muammolarni hal etish uchun quyidagilarga e’tibor haratish zarur:
- fond birjasidagi amalga oshirilayotgan bitimlarni sonini koʻpligi mamlakat 
iqtisodiy axvoli bilan bog’liq, shundan kelib chiqqan holda qimmatli qog’ozlarni 
birlamchi bozoridan tashqari ikkilamchi bozorini rivojlantirish va undagi investitsiya 
vositachilarini rolini oshirish zarur;
- qimmatli qog’ozlar bozori koʻrsatkichlari boʻyicha yagona axborotlar bazasini 
shakllantirish uchun sharoitlar yaratish. 
- fond bozorini yaxshi rivojlangan mexanizm sifatida shakllantirish va mamlakat 
iqtisodiyotidagi rolini oshirish;
- brokerlik idoralariga oʻz filiallari orqali bitimlar tuzish jarayonida ishtirok etish 
imkoniyatlarini kengaytirish;
- investitsiya vositachilaridan tashqari moliyaviy institutlar faoliyatidagi 
imtiyozlarini chegaralash, chunki depozitariy va banklar investitsiya vositachilariga 
haraganda emitentlar va investorlar toʻg’risidagi ma’lumotlarga egalik qilishda ustun 
mavqeyiga ega. 
- derivativlarning me’yoriy-huquqny bazasini takomillashtirish; 
- xorijiy bozorlarda muomalada boʻlishi uchun erkin aylantiriladigan valyutada 
emissiya qilinadigan mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalariga 
depozitar tilxatlarni chiqarish va joylashtirishni amalga oshirish; 
- moliyaviy fyucherslarni chiqarish va ularni mamlakat fond bozorida muomalada 
boʻladigan muddatlarini belgilash; 
- qimmatli qog’ozlar bozorini informatsion shaffofligiga erishish jarayonini 
huquqiy va me’yoriy ta’minlash, hamda mikro va makro darajada informatsion 
shaffoflikni ta’minlash tartibini takomillashtirish. 
- birjaviy bozorda ishtirokchilari savdolarda qatnashish jarayonini tezlashtirish
sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida «fond doʻkonlari» ni joriy etish. 
Mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozori barcha rivojlanayotgan fond 
bozorlari kabi katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ulardan birinchisi qimmatli 
qog’ozlarning likvidligidir. Shuning uchun bozorning likvidligini oshirishni tashkil 
etishni takomillashtirish, birja va birjadan tashqari bozorlar tuzilmasini rivojlantirish, 
qimmatli qog’ozlar muomalasi va ularning xarajatlarini kamaytirish, axborot olish 
imkoniyatlarini oshirish zarur. Birinchi navbatda fond birjasi ishlarini Jahon 
standartlari darajasiga koʻtarish, qimmatli qog’ozlar listingi va kotirovkasi tartibini 
joriy etish, fond bozorini asosiy tuzilmalari: birjalari, depozitariylar va hisob - kitob 
kliring tashkilotlarining avtomatlashtirilgan aloqa tizimlarini yaratish zarur. 
Bugungi 
kunda 
respublikamizda 
amalga 
oshirilayotgan 
iqtisodiyotni 
erkinlashtirish 
jarayoni 
koʻp 
jixatdan 
fond 
bozorini 
rivojlanishiga 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1049


bog’liqboʻlibqolmoqda. Moliyaviy vositachilar aktivligini oshirish, ular xarakatining 
samarali mexanizmlarini ishga solmasdan turib, ikkilamchi bozorni shakllantirish 
mumkin emas. Bu oʻz navbatida fond bozorida investitsiya vositachilari faoliyati bilan 
uzviy bog’liqdir. Respublikamizda investitsiya vositachilari faoliyatining huquqiy 
asoslari va ular faoliyatining kafolatlari yaratilgan boʻlsada, bu sohada bir qator 
muammolar mavjud. Ma’lumki, mazkur faoliyatning rivojlanishi mamlakat 
iqtisodiyotini yuksalishiga, fond bozorini erkinlashtirish sohasida olib borilayotgan 
islohotlarning izchil amalga oshishiga, mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsiya 
siyosati samaradorligini oshishiga, ichki va tashqi sarmoyalarini iqtisodiyotning eng 
muhimsohalariga jalb etgan holda, shu sohalarni taraqqiy etishiga olib keladi. 
Oʻzbekiston fond bozori infratuzilmasi shakllanganiga hali koʻp vaqtboʻlmasa ham 
rivojlanish dinamikasiga ega. Bu esa Oʻzbekiston fond bozorini integratsiyalashuvi 
jarayoni kechayotgan xozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekiston qimmatli qog’ozlar bozorini mustahkamlash va rivojlantirishning 
asosiy bosqichlari va yoʻnalishlari, jumladan, me’yoriy-huquqiy bazani 
takomillashtirish, qimmatli qog’ozlar bozorini muassasaviy rivojlantirish, qimmatli 
qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini takomillashtirish, fond 
vositalarining turlarini kengaytirish masalalari koʻrib chikilishi lozim. Chunonchi, 
quyidagilarni nazarda tutuvchi me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish va amaldagilarini 
takomillashtirish ishlarini davom ettirish kuzda tutiladi: 
- qimmatli qog’ozlarga investitsiyalar kilish chog’idagi xatarlarni pasaytirish 
maqsadida yoʻkotishlar oʻrnini qoplashning turli xil shakllarini, qimmatli qog’ozlar 
bozorida oʻzaro kafolatlar va sug’urtalash tizimlarini yaratish; 
- qimmatli 
qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari boʻlgan 
tashkilotlarda yetakchi lavozimlarni egallab turgan shaxslarning kasb vakolatiga 
boʻlgan talablarni oshirish; 
- uyushgan bozorlarda qimmatli qog’ozlar bilan savdo qilishning bir joyga 
jamlanishini rag’atlantirish; 
- qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda "elektron imzo" 
tizimini joriy etish; 
- qimmatli qog’ozlar bozorini muassasaviy rivojlantirish, qimmatli qog’ozlarni 
raqamlash, anderrayting, transfert agentlik, kastodian, reyting va sug’urta xizmatlarini 
koʻrsatuvchi tashkilotlarni tashkil etishni, qimmatli qog’ozlar bozori professional 
ishtirokchilarining yagona milliy uyushmasini barpo etish, keyinchalik esa undan 
broker-dilerlar, depozitariylar, investitsiya fondlari va hokazolarning ajralib chiqishini 
nazarda tutiladi.

Download 289.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling