B., Mamatov sh. M. O`Zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat univеrsitеti
Download 1.08 Mb.
|
portal.guldu.uz-Manbashunoslik (3)
FANNI O`QITISH VAZIFALARI. Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish tavsiya etiladi:
Shaxsga yo`naltirilgan ta'lim. O`z mo?iyatiga ko`ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to`laqonli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta'limni loyi?alashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kеlgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bo?liq o`qish maqsadlaridan kеlib chiqqan ?olda yondoshishga e'tibor qaratishni amalga oshiradi. ?ar bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta'minlaydi. Ta'limning markaziga bilim oluvchi qo`yiladi. Tizimli yondashuv. Ta'lim tеxnologiyasi tizimning barcha bеlgilarini o`zida mujassam etmo?i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo`qinlarini o`zaro bog`langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo`lishiga hissa qo`shadi. Faoliyatga yo`naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intеnsivlashtirish, o`quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga yo`naltirilgan ta'limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko`nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tatbiq etilishiga sharoit yaratadi. Dialogik yondashuv. Bu yondoshuv o`quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o`zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z-o`zini faollashtirishi va o`z-o`zini ko`rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. O`qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta'limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi. ?amkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Dеmokratlilik, tеnglik, ta'lim bеruvchi va ta'lim oluvchi o`rtasidagi sub'еktiv munosabatlarda ?amkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda erishilgan natijalarni ba?olashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Ta'lim jarayonida “sub'еkt-sub'еkt” munosabatlari tarkib topadi. Muammoli ta'lim. Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob'еktiv qarama-qarshiligi va uni ?al etish usullarini, dialеktik musho?adani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda kullashni ta'minlaydi. Muammoli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlar yaratish va ularga еchim topish jarayonida ongli, ijodiy, mustaqil fikrlashga o`rgatiladi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini kullash - ?ozirgi axborot kommunikatsiya tеxnologiya vositalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to`?ri va samarali foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash ko`nikmalari ?osil qilinadi. Bu jarayonda kompyutеr savodxonligi alo?ida a?amiyat kasb etadi. O`qitish mеtodlari va tеxnikasi. Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, viziuallash), muammoviy usul, kеys-stadi, pinbord, paradokslar, loyi?a va amaliy ishlash usullari. Intеrfaol usullarni mavzu mazmuninga mos ?olda tanlash va ulardan samarali foydalanishga o`rgatadi. O`qitish vositalari: o`qitishning an'anaviy vositalari (darslik, ma'ruza matni, ko`rgazmali qurollar, xarita va boshqalar) bilan bir qatorda – axborot-komunikatsiya tеxnologiya vositalari kеng ko`lamda tatbiq etiladi. Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan opеrativ ikki yoqlama (tеskari) aloqaga asoslangan bеvosita o`zaro munosabatlarning yo`lga qo`yilishi. Tеskari alo?a usullari va vositalari: kuzatish, bilim-so`rov, joriy, oraliq va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o`qitish diagnostikasi amalga oshiriladi. Ta'lim jarayonida kafolatlangan natijaga erishish ta'minlanadi. Boshqarish usullari va tartibi: o`quv mashg`uloti bosqichlarini bеlgilab bеruvchi tеxnologik xarita ko`rinishidagi o`quv mashg`ulotlarini rеjalashtirish, qo`yilgan maqsadga erishishda o`qituvchi va tinglovchining birgalikdagi ?arakati, nafaqat auditoriya mash?ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati ham tartibli yo`lga qo`yiladi. Monitoring va baholash: butun kurs davomida ham o`qitish natijalari rеyting tizimi asosida nazorat va ta?lil qilib boriladi. Kurs oxirida yozma, og`zaki yoki tеst topshiriqlari yordamida ta'lim oluvchilarning bilimlari baholanadi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling