B o t a n I k a 5-6 mavzulashtirilgan testlar


-sinf botanika:                                                                                             Davron Sultonov – Farg’ona davlat univeristeti


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/54
Sana08.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#244323
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
Bog'liq
5-6 BOTANIKA Test Sultonov 2

-sinf botanika:                                                                                             Davron Sultonov – Farg’ona davlat univeristeti 

22 


 

7. Oddiy qarag’ay (a) va archa (b) uchun xos bo’lgan 

xususiyatlarni belgilang. 

1) tez o’sadi; 2) sekin o’sadi; 3) tanasi, bargining tuzilishi bilan 

sharq sauriga o’xshaydi; 4) 1 uyli; 5) ikki uyli;  

6) O’zbekistonda tabiiy holda o’sadi; 7) O’zbekistonda tabiiy 

holda o’smaydi; 8) toshloq yerda o’sadi; 9) urug’idan yaxshi 

o’sadi; 10) tangachalari qubbada halqa hosil qilib o’rnashgan. 

A) a-2,3,5; b-2,5,7             B) a-1,7,9; b-3,5,6,8 

C) a-1,3,5,9; b-2,3,5,6       D) a-3,4,10; b-5,6,8 

 

8. Yopiq urug’lilarga xos xususiyatlarni belgilang. 



1) chang hujayrasi mavjud; 2) tuxum hujayra arxegoniyda 

yetiladi; 3) tuxum hujayra murtak haltada yetiladi; 4) urug’i 

qubbada yetiladi; 5) urug’i meva ichida yetiladi; 6) qo’sh 

urug’lanish kuzatiladi; 7) gul hosil qiladi; 8) bennetit 

turkumini o’z ichiga oladi. 

A) 2,5,7,8    B) 1,2,4,8    C) 1,3,5,6,7     D) 1,3,4,6 

 

9. Ikki urug’pallali o’simliklar gulqo’rg’oni bir urug’ pallali 



o’simliklar gulqo’rgonidan qaysi jihatlardan farq qiladi? 

A) ko’pincha gulqo’rg’oni murakkab, gulqo’rg’on bo’laklari 

halqada 4-5 tadan o’rnashgan bo’ladi                                     

B) gulqo’rg’oni murakkab va gul bo’lakchalari halqada 3 tadan 

o’rnashgan bo’ladi                                                           

C) gulqo’rg’oni oddiy va gul bo’lakchalari halqada 3 tadan 

o’rnashgan bo’ladi                                              

D) ko’pincha gulqo’rg’oni oddiy va gul bo’lakchalari bir 

halqada o’rnashgan bo’ladi 

 

10. Suv qirqqulog’ining ikki tomonida o’rnashgan barglari …, 



suv ichidagi barglari ….tuzilgan. 

A) yassi, lentasimon         B) yaxlit, yassi 

C) patsimon, ipsimon       D) yassi, ipsimon 

 

11. Ochiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining hayotiy 



shakli? 

A) daraxt va buta           B) daraxt      

C) yarim buta                 D) barchasi 

 

12. Yopiq urug’li o’simliklarning boshqa o’simlik guruhlariga 



nisbatan yaxshiroq moslashishi va hukmron bo’lishi 

sabablarni ko’rsating.                                                                          

1) urug’idan ko’payishi; 2) turli yo’llar bilan changlanishi; 3) 

qo’sh urug’lanishi; 4) urug’ining meva ichida yopiq bo’lishi; 5) 

ko’pchili-gida urug’ining meva orqali tarqalishi; 6) 

urug’lanishning suvga bog’liqligi;                                            

A) 1,2,3,4     B) 2,3,4,5    C) 1,3,5,6    D) 1,4,5,6 

 

13. Qarag’ay murtagidan nima hosil bo’ladi? 



A) endosperm     B) urug’     C) meva    D) nish 

 

14. Qarag’aylar qaysi mintaqalarda tarqalgan? 



A) tropik mintaqada          B) subtropik yarimsharda    

C) shimoliy yarimsharda    D) shimoliy qutbda 

 

15. Manzarali “sharq sauri” qaysi jihatdan archaga o’xshaydi? 



A) qubbalari va shoxlanishi bilan 

B) poyasi va pishgan qubbarini notekis choklar orqali ochilishi 

C) tana va boshoq tuzilishi bilan 

D) t.j.y 

 

16. Qarag’ayning changchili qubbalari qanday shakldagi 



to’pgul hosil qiladi? 

A) boshoqsimon         B) spiralsimon     

C) tangachasimon     D) qalqonsimon 

 

17. Qarag’ayning urug’chi tangachalari qayerga birlashadi? 



A) qubba bandiga  

B) tangachalar uchi o’zaro birlashadi  

C) qubbaning o’rtasidagi o’qqa  

D) t.j.y. 

 

18. Qarag’ayning urug’chi tangachalarida nima joylashadi? 



A) 2 ta urug’kurtak      B) murtak  

C) urug’hujayra            D) spiralsimon hujayra 

 

19. Qarag’ayning qubbalar o’rtasidan o’tadigan o’qda 



tangachalar qanday shaklda joylashgan? 

A) spiral     B) aylana     C) halqa      D) parallel 

 

20. Sharq saurini oddiy archadan farqi nima? 



A) yosh novdalarning o’ziga xos shoxlanganligi 

B) pishgan qubbalarning notekis choklar orqali ochilishi 

C) manzarali o’simlik sifatida ekilishi 

D) barchasi 

 

21. Qiqquloqlarning sporasi o’sib.,. hosil qiladi. 



A) sporafit             B) gametofit 

C) sporangiya       D) qisqabandli sporangiyband 

 

22. Qirqquloqning gametofitiga xos xususiyatni aniqlang. 



1) bir jinsli; 2) ikki jinsli; 3) rizoidli; 4) yuraksimon; 5) yashil 

plastinkaga o’xshaydi; 6) ildiz, poya va bargi bor. 

A) 1,3,4     B) 3,4,5      C) 3,4,6      D) 2,5,6 

 

23. Archaning urug’chi qubbasi pishib yetilganda qanday 



mevaga o’xshab qoladi? 

A)  rezavor   B) qo’zoq    C) dukkak    D) soxta meva 

 

24. Qiqquloqlarning ko’payish va rivojlanish tartibini 



ko’rsating;  

1) qirqquloq o’simligi; 2) yuraksimon yashil plastinka;  

3) soruslar; 4) spora; 5) jinsiy hujayralar; 6) murtak; 7) zigota 

A) 1,3,4,2,5,7             B) 1,2,3,4,5,6,7 

C) 1,3,4,2,5,6             D) 3,4,5,6,7,1,2 

 

25. Qaysi o’simlikning bargi keng nashtarsimon, ikki-uch 



karra patsimon bo’ladi? 

A) zuxrasoch              B) suv qirqqulog’i 

C) beshyaproqli partenotsissus     D) shoyi akatsiya 

 

26. Suv qirqqulog’ining sporalari qaysi oyda yetiladi? 



A) iyun-iyul                B) avgust sentabr 

C) sentabr-oktabr        D) iyul-avgust 

27. Urug’lanishdan keyin archaning urug’chi qubbalarida 

qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi? 

a) qubba, tangachalari tez o’sadi, yo’g’onlashadi, smola 

ajratadi; b) tangachalar bir-biri bilan qo’shilib, qubbani o’rab 

turuvchi etdor po’stga aylanadi; c) qubbalarning bir nechtasi 

qo’shilib, yiriklashadi; d) qubbalar smola ajratib, choklar 

orqali ochiladi va chang qubba ichiga kiradi.  

A) a,c     B) a, b     C) c, d     D) a, d 

 

28. Qirqquloqlarning gametalari, ya’ni jinsiy hujayralari nima 



yordamida tuproqqa yopishib turadi?   

A) rizoid bilan                       B) tuproqqa yopishmaydi     

C) qo’shimcha ildiz bilan      D) asosiy ildiz bilan 

 

29. Yopiq urug’lilarning hukmron bo’lishiga sabab? 



1) urug’ining yaxshi, sog’lom, rivojlanishi; 2) urug’ini tez va 

oson tarqalishi; 3) mevasi ochiq holda tarqalishi; 

4) o’sishi xususiyatini tez yo’qotmasligi tufayli;  

5) o’sish xususiyatini tez yo’qotishi 

A) 1, 3, 5     C) 2, 3, 5     C) 3, 4, 5     D) 1, 2, 4 

 

30. Yopiq urug’li o’simliklarning gulkosachabarg va 



gultojbarglari halqada nechtadan joylashgan?  


5-6


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling