B o t a n I k a 5-6 mavzulashtirilgan testlar


-sinf botanika:                                                                                             Davron Sultonov – Farg’ona davlat univeristeti


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/54
Sana08.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#244323
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
5-6 BOTANIKA Test Sultonov 2

-sinf botanika:                                                                                             Davron Sultonov – Farg’ona davlat univeristeti 

31 


 

O’tgan kun haqidagi: «Men uni qanday o‘tkazdim, nimalar 

qildim-u, nimalarga ulgurolmadim?» — degan savollarga javob 

topilmaguncha ko‘zlaring uyquga ketmasin. 

 

Tinglash va sukut saqlash seni donolikka yetaklaydi. Sukut — 



donolikning boshlanishi. 

 

                                                 PIFAGOR 



 

Loladoshlar. Piyozdoshlar. Bug’doydoshlar 

 

1. Loladoshlar (L), piyozdoshlar (P) oilasining Yer yuzida, 



bug’doydoshlar (B) oilasining Yer yuzida (I) va O’zbekistonda 

(II) nechta turkum va turi uchraydi? 

A) L=32-400; P=250-750; B=I-910:10000*II-60:271 

B) L=32-750; P=250-400; B=I-600:1000*II-91:271 

C) L=250-750; P=32-400; B=I-910:1000*II-60:271 

D) L=250-400; P=32-750; B=I-600:10000*II-91:271 

 

2. Loladoshlar oilasi vakillari qayerlarda o’sadi? 



1) cho’l; 2) dasht; 3) adir; 4) tog’; 5) to’qay; 6) hovuzlar bo’yida. 

A) 1,3,4      B) 3,4,5     C) 2,3,4,6      D) 2,3,4 

 

3. Loladoshlar (L) va piyozdoshlar (P), bug’doydoshlar (B) 



oilasining hayotiy shakllari qanday? 

a) ildizpoyali ko’p yillik o’t; b) tugunakli ko’p yillik o’t;  

c) bir yillik o’t; d) ikki yillik o’t; e) tropikda daraxt;  

f) piyozboshli ko’p yillik o’t; g) qisman butasimonlar;  

h) yarim buta; i) qisman daraxtsimonlar 

A) L-a,d,e,g; P-b,c,h; B-a,c,d,i         

B) L-f; P-a,b,f,g; B-a,b,c,d,f,i 

C) L-a,b,f,g; P-f; B-a,c,d,f,i    

D) L-a,b,e; P-a,b,d,g; B-a,c,d,i 

 

4. Bosh piyoz (1) va qizil lola (2) qachon gullaydi? 



A) 1-may-iyun; 2-aprelning oxiri-mayning boshi            

B) 1-aprel-may; 2-mayning boshi-iyulning boshi 

C) 1-may-iyul; 2-aprelning boshi-mayning oxiri 

D) 1-aprel-iyun; 2-aprelning oxiri-iyunning boshi 

 

5. Loladoshlar (L) va piyozdoshlar (P) oilasining to’pguli 



qanday? 

a) yoshligida qobiq bilan o’ralgan; b) soyabonsimon;  

c) asosan sharsimon; d) asosan yarimsharsimon;  

e) ba’zan sharsimon; f) ba’zan yarimsharsimon; g) ba’zan kam 

gulli; h) ko’p gulli; s) yetilgach qobiq bilan o’raladi. 

A) L-a,g; P-a,b,c,f,h,s      B) L-to’pgulsiz; P-a,b,d,e,h 

C) L-a,b,g; P-a,b,c,d,h     D) L-to’pgulsiz; P-a,b,c,d,h 

 

6. Loladoshlar (L) va piyozdoshlar (P) oilasining gullari 



qanday? 

1) to’g’ri; 2) qiyshiq; 3) bir jinsli; 4) ikki jinsli;  

5) yakka-yakka; 6) to’pgulda o’rnashgan; 7) gulqo’rg’oni oddiy 

gultojsimon; 8) gulqo’rg’oni gultojsimon;  

9) gulqo’rg’oni ba’zan gultojsimon; 10) gulqo’rg’on bargchalari 

erkin; 11) gulqo’rg’on-bargchalari qo’shilgan; 12) gultojlari 

qo’shilmagan; 13) gultojbarglari ikki doirada joylashgan;  

14) urug’chisi 3 ta; 15) urug’chisi 1 ta; 16) changchilari 6 ta.  

A) L-1,4,5,6,7,8,10,11,13,15,16; P-1,4,6,7,8,12,13,15,16. 

B) L-1,4,5,6,7,8,9,11,14,15,16; P-1,4,6,7,10,12,13,15,16 

C) L-1,4,6,7,8,9,10,11,13,16; P-1,2,4,5,6,7,8,12,13,15,16 

D) L-1,4,5,6,7,8,10,11,13,15,16; P-1,5,6,7,8,12,13,15,16 

 

7. Loladoshlar (L) va bug’doydoshlar (B) oilasining mevasi 



qanday? 

A) L-ko’sak, ziravor; B-bir urug’li don              

B) L-ko’sakcha, rezavor; B-bir urug’li don  

C) L-ko’sak, rezavor; B-ko’p urug’li don  

D) ko’sakcha, ziravor; B-bir urug’li don 

 

8. Bug’doydoshlarning poyasi qanday tuzilgan? 



1) silindrsimon; 2) yassi; 3) ilashib o’sadi; 4) tik;  

5) bo’g’imlarga bo’linmagan; 6) 100-150 (200) sm;  

7) 150-200 sm; 8) poxol; 9) somon; 10) xashak. 

A) 1,4,6,7,8,9                      B) 1,3,4,5,6,8,9 

C) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10        D) 1,4,5,6,8,9 

 

9. Qizil lola qayerlarda ochiladi? 



A) adir va tog’larning yuqori qismidagi yonbag’irda 

B) adir va tog’larning quyi qismidagi yonbag’irda 

C) adir va tog’larning o’rta qismidagi yonbag’irda 

D) adir va tog’larning o’rta va quyi yonbag’irlarida 

 

10. Bosh piyozning gulqo’rg’oni qanday shaklda? 



A) nursimon               B) soyabonsimon 

C) yulduzsimon         D) yuraksimon 

 

11. O’zbekistonda lolalarning nechta turi bor va nechta turi 



O’zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan? 

A) 23/23     B) 25/23    C) 30/30     D) 30/23 

 

12. Boychechaklar qachon unib chiqadi? 



A) martning o’rtasi             B) martning boshi 

C) martning oxiri                D) aprelning boshi 

 

13. Boychechakka xos xususiyatlarni belgilang. 



a) 10-15 sm; b) 5-15 sm; c) martning o’rtalarida unib chiqadi; 

d) poyasi ingichka; e) poyasi kalta; f) bargi kalta va ingichka; 

g) bargi ingichka; h) guli sariq; k) guli och sariq; s) guli va 

mevasi lolanikiga o’xshaydi; v) guli va mevasi lolanikidan farq 

qiladi 

A) a,c,d,g,h,k,s    B) b,c,d,f,h,k,v    C) b,d,f,h,k,v    D) a,d,g,h,k,s 

 

14. Bug’doydoshlarning gullari qanday tuzilgan? 



1) mayda; 2) ba’zan yirik; 3) rangsiz; 4) ba’zan ko’kimtir;  

5) ko’kimtir; 6) pastki qismi ko’kimtir, yuqorisi rangsiz;  

7) boshoqchalarda joylashgan; 8) boshoqlarda joylashgan;  

9) shamol yordamida changlanadi; 10) hasharotlar yordamida 

changlanadi; 11) sun’iy changlantiriladi. 

A) 1,2,3,5,8,9            B) 1,3,6,7,10,11 

C) 1,2,3,4,8,9,11       D) 1,3,5,7,9,11 

 

15. Loladoshlarning yovvoyi holda o’sadigan turkumlari 



qaysilar? 

A) olg’i, jumagul              B) olga, xolmon 

C) olg’i, xrizantema         D) oloyi, xolmon 

 

16. Javdar qayerlarda o’sadi? 



A) adirning yuqori va tog’ning o’rta qismida joylashgan 

yalangliklarda 

B) adirning o’rta va tog’ning yuqori qismida joylashgan 

yalangliklarda 

C) adirning o’rta va tog’ning pastki qismida joylashgan 

yalangliklarda 

D) adirning yuqori va tog’ va yaylovlarning o’rta qismida 

joylashgan yalangliklarda 

 

17. Bir urug’pallali o’simliklar sinfiga Yer yuzida nechta 



turkum-tur (a), O’zbekistonda nechta tur (b) kiradi? 

A) a-68-5700; b-700       B) a-68-57000; b-680 

C) a-t.j.y.; b-700             D) a-67-58000; b-750 

 

18. Bug’doyning boshoqcha o’qidan (1) va gul banddan chiqqan 



(2) gul qipig’ini bir-biridan farqini aniqlang? 

a) etli; b) kattaroq; c) ostki; d) kichikroq; e) nozik va mayin; f) 

ustki.     

A) 1-a,d,f; 2-b,c,e         B) 1-b,c,e; 2-a,d,f 

C) 1-a,b,c; 2-d,e,f         D) 1-d,e,f; 2-a,b,c 



5-6


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling