B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


TILSHUNOSLIK FANINING PAYDO BOʻLISHI


Download 0.92 Mb.
bet5/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

TILSHUNOSLIK FANINING PAYDO BOʻLISHI
Tilshunoslik tarixi tilning jamiyatdagi oʻrni, uning jamiyatga nima bilan xizmat qilish, tilning kelib chiqish taraqqiyoti shaklidagi turli xil qarashlar nazariyalarni tekshiradi.
Tilshunoslik nazariyalari koʻproq umumiy tilshunoslikka asoslanganligi uchun ayrim bir til haqidagi nazariyalar toʻgʻrisida toʻxtalmasdan, balki umumiy tilshunoslik hajmidagi nazariyalarni koʻzdan kechiradi.
Tilshunoslik nazariyalari haqida umumiy va toʻgʻri xulosalarga kelish uchun materialistik falsafani har tomonlama bilish kerak boʻladi. Tilning ijtimoiy xarakteri, kelib chiqishi va taraqqiyoti haqida hamda tillarning qarindoshligi toʻgʻrisidagi eng qadimgi tilshunoslik nazariyalari bilan va oʻrta asr lingvistik qarashlari bilan hamda qiyosiy - tarixiy metodning vujudga kelish taraqqiyoti bilan tanishib chiqishga toʻgʻri keladi. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida har bir davrdagi til muammolariga ham turlicha qarashlarning vujudga kelishiga sababchi boʻlgan. Masalan, materialistik tilshunoslikning idealistik tilshunoslikdan ustunligi shundaki, bu tilshunoslik obektiv nazariyaga asoslanadi. Idealistik tilshunoslik esa, notoʻgʻri nazariyaga asoslanganligi tufayli tilning xarakterini obektiv tushuntira olmaydi.
Materializm bilan idealizm oʻrtasidagi kurash til toʻgʻrisidagi fanga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Natijada til va uning mohiyatini izohlash asosida tilshunoslarning turli xil maktablari vujudga keladi. Bu maktablar bilan bogʻliq ravishda til muommolarini tahlil etuvchi turli xil nazariyalar paydo boʻladi. Til toʻgʻrisidagi nazariyalar tarixini umumiy tarzda ikki katta davrga boʻlish mumkin:
1.Qadimgi tilshunoslik maktablarida mavjud boʻlgan nazariyalar.
2.Qiyosiy-tarixiy metod vujudga kelgandan keyingi tilshunoslik nazariyalar.
Umumiy tilshunoslik va tillarni qiyosiy - tarixiy nuqtayi nazardan oʻrganish fan sifatida XIX asrning boshlarida shakllanadi, shuning uchun qadimgi tilshunoslik Yevropa olimlari orasida ilmiy tilshunoslikka qadar boʻlgan tilshunoslik deb atalib kelinadi.
Qadimgi tilshunoslikning bu nom bilan yuritilishi va umuman fan taraqqiyotini ilmiy yoki ilmiy boʻlmagan deb ikkiga boʻlish masala mohiyatiga mos kelmaydi. Shuning uchun ham V. A. Zveginsyev oʻzining "Tilshunoslik tarixi" xrestomatiyasida bunday boʻlinishni quyidagicha tushuntiradi: "Agar biz ilmiy va ilmiy boʻlmagan fan deb atalgan atamani tilshunoslikka ham tadbiq etsak, bu notoʻgʻri xulosa chiqarishga olib keladi. Agar biz bu ta’rifni qiyosiy-tarixiy metodga nisbatan ishlatsak bu masalaning mohiyatiga biroz mos tushadi",-deydi [2].
Qadimgi tilshunoslikni umuman tilshunoslikdan ajratmaslik kerak. Uni fanga qadar tilshunoslik deb emas, balki tilshunoslik deb, agar hozirgi tilshunoslikdan ajratish lozim boʻlib qolsa, uni qadimgi tilshunoslik deb atash maqsadga muvofiqdir.
Qadimgi tilshunoslik hozirgi tilshunoslikning paydo boʻlishiga va uning shakllanishiga oʻz hissasini qoʻshgandir.
Qadimgi tilshunoslikni koʻzdan kechirsak unda ham qiyosiy-tarixiy metodning ba’zi elementlari mavjud ekanligini uchratamiz. Masalan: M. Qoshgʻariyning "Devonu lugʻotut turk " asarida 20 dan ortiq turkiy tillar keltirilib, bir-biri bilan chogʻishtirilib ular toʻrt guruhga ajratiladi. Shunday ekan, hozirgi tilshunoslikning yoki qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning kelib chiqishiga uch qadimgi tilshunoslik asos boʻlgandir:
1. Qadimgi hind tilshunosligi.
2. Klassik tilshunoslik.
3. Arab tilshunosligi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling