B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.92 Mb.
bet1/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri




B.OʻRINBOYEV, A.MUSAYEV
UMUMIY TILSHUNOSLIK
JIZZAX- 2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


B.OʻRINBOYEV, A.MUSAYEV


UMUMIY TILSHUNOSLIK
(OʻQUV QOʻLLANMA)
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti oʻquv-uslubiy Kengashi tomonidan tavsiya etilgan.


JIZZAX-2022

B .Oʻrinboyev, A.Musayev. Umumiy tilshunoslik. Oʻquv qoʻllanma. Jizzax, 2021. 113 bet


Ma’sul muharrir: Filologiya fanlari doktori, professor S.Karimov


Filologiya fanlari doktori, professor A.Mamatov
Taqrizchi: dotsent. Almamatova Sh

Mazkur kitobdan umumiy tilshunoslik kursi boʻyicha yangi dastur asosida yozilgan ma’ruzalarning qisqa matnlari oʻrin olgan. Ushbu qoʻllanma matnida tilshunoslikning asosiy masalalari, bahs mavzulari, tilshunoslik maktablar, atoqli tilshunoslarning ta’limotlari, hozirgi zamon tilshunosligining oqimlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar milliy gʻoya va istiqlol mafkurasi talablari asosida bayon qilingan.


Oʻquv qoʻllanma umumiy tilshunoslikni oʻrganishga kirishayotgan talabalar uchun moʻljallangan.

O’zbek tili va adabiyoti fakulteti ilmiy kengashining 2021-yil 26-iyun 12-sonli yig’ilishida tasdiqlangan.


O’zbek tilini o’qitish metodikasi kafedrasining 2021-yil 22-iyun 12-sonli yig’ilishida tasdiqlangan.


Abdulla Qodiriy nomli JDPU uslubiy Kengashining 2021-yil _____ sentabr oyining yigʻilishida tasdiqlangan.




Jizzax-2022
Soʻz boshi
Mana, siz umumiy tilshunoslik fanini oʻrganishga kirishdingiz. «Bu qanday fan?», «Uni nima uchun oʻrganish lozim?» degan savollar bilan kitobni ochdingiz. Haqiqatan ham, umumiy tilshunoslik qanday fan? Keling, birgalikda bu savolga javob topishga harakat qilaylik.
Inson bor ekan, til va nutq nima, ular qanday paydo boʻlgan, til va nutq qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, oʻzgaradi va taraqqiy etadi, tilning mazmuni va shakli nimadan iborat, til va jamiyat oʻrtasidagi munosabat, tilning jamiyatdagi oʻrni, tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullarida qanday ma’no bor kabi masalalar barchani oʻylantiradi. Ehtimol, oʻzingiz ham shu singari bir-biridan murakkab savollarga javob topa olmay qiynalgandirsiz?
Bu masalalar haqida kim bilandir fikr almashib, bahslashgingiz ham kelar? Umumiy tilshunoslik ana shunday masalalar bilan shugʻullanadi. Tilshunoslik nihoyatda qadimiy fan. Til asrlar davomida jamiyatga xizmat qiladi, ularning ehtiyojlarini toʻla – toʻkis bajaradi, oʻzining ichki obyektiv qonunlari asosida rivojlanadi.
Biz yashayotgan dunyo soʻnggi yillarda nihoyatda oʻzgarib ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90 – yillarida olamshumul voqealar yuz berdi: mamlakatimiz mustaqillikka erishib, oʻziga xos taraqqiyot yoʻlini tanladi, rivojlanishning oʻzbek modelini amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy demokratik jamiyat barpo etish zarurati dunyoqarashni tubdan oʻzgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, istiqlol mafkurasini shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksaltirishni taqozo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar rivoji ulkan ahamiyat kasb etadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov toʻgʻri ta’kidlaganlari kabi: «Koʻp asrlik tariximiz shuni koʻrsatadiki, inson dunyoqarashi shakllanishida ma’rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning oʻrni beqiyos. Bu jamiyatshunoslik boʻladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik boʻladimi, psixologiya yoki iqtisod boʻladimi – ularning barchasi odamning intellektual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega».1
Umumiy tilshunoslik esa – barcha tilshunoslik fanlari rivojlanishiga asos boʻladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning rivojlanish yoʻllarini belgilab beradigan universal fan.
Millat ozod boʻlsa, oʻz turmush tarziga mos fikrlasa, tilning tarziga mos fikrlasa, tilni, uning muammolarini dunyoqarashiga xos holda idrok eta olsa, uning oʻz ma’naviyati shakllanadi. Bunday ma’naviyat xalq manfaatlarini aql – idrok, mafkura yoʻli bilan himoya qilishga, uning ongi, dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Shu bois Vatanimiz mustaqillikka erishganidan soʻng til va tilshunoslikni rivojlantirish gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu kunga qadar mamlakatimizda mustaqillik davri talablariga toʻla javob beradigan darslik yoki qoʻllanma «Umumiy tilshunoslik» kursidan yaratilgan emas.
Hozirgi paytda «Umumiy tilshunoslik» kursi oʻz ichiga quyidagi muammolarni qamrab olishi lozim:
1) tilshunoslik tarixi masalalari;
2) til bilimining nazariy muammolari;
3) tillarni ilmiy tadqiq etish metodlari.
«Umumiy tilshunoslik» kursi xususiy tilshunoslik bilan uzviy bogʻliqdir. Agar umumiy tilshunoslik xususiy tilshunoslik uchun nazariy material bersa, xususiy tilshunoslik esa umumiy tilshunoslikka faktik material beradi. Ular bir – birining ta’siri, oʻzaro aloqasi tufayli taraqqiy qiladi.
Ana shularni hisobga olgan holda, mazkur ma’ruza matnlarida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
- umumiy tilshunoslikni jahon madaniyati va sivilizatsiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida oʻrganish;
- tilshunoslik gʻoyalar, muammolar, oqim, maktab va yoʻnalishlarni tavsiflashda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning uygʻunligi tamoyiliga amal qilish;
- xilma– xil tilshunoslik ta’limoti va turli qarashlarni bir butun jarayonning ifodasi boʻlgan ilmiy bilimlar tizimi sifatida talqin etish;
- mavzularni aniq sharoit va jarayonlar bilan bogʻlab tavsiflash, ularni izohlashda umumbashariy va milliy miqyosdagi dalil va misollarga tayanish;
- har bir mavzuni istiqlol va Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlar bilan uzviy bogʻliq holda tushuntirish.
Biz bu jarayonda biror bir gʻoya, oqim, yoʻnalish yoki tilshunoslik ta’limotini mutloqlashtirib, boshqalarining ahamiyatini kamsitish fikridan yiroqmiz. Aksincha, bizning maqsadimiz ularning barchasini xolis talqin etish, talabalarda umumiy tilshunoslik fani, xilma – xil tilshunoslik maktablar, ularga mansub tilshunoslar va ularning ta’limotlari haqida toʻgʻri va xolisona tasavvurni shakllantirishdan iborat. Samarqand davlat universiteti va Jizzax davlat pedagogika universiteti xodimlari tomonidan tayyorlangan ushbu ma’ruza matnlari tilshunoslikni yangi tamoyillar asosida tavsiflash borasidagi ilk tajribalardan biridir. Shu sababli unda ayrim xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Ushbu ma’ruza matnlari turlicha fikr uygʻotishi shubhasiz. Bu boradagi taklif va mulohazalar uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling