B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Mahmud Zamaxshariy - arablar va gʻayri arablar ustodi


Download 0.92 Mb.
bet14/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

Mahmud Zamaxshariy - arablar va gʻayri arablar ustodi.
Ilmu fan xazinasiga bebaho durdonalar qoʻshgan Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy (1075-1144) Xorazm viloyatining Zamahshar qishlogʻida dunyoga keldi va voyaga yetdi.
Zamaxshariyning fan olamidagi ulkan xizmatini hisobga olib, unga Sharq olimlari tomonidan "Ustoz-ul-arab va-l-ajam" (arab va gʻayri arablar ustozi), "Faxr-i Xorazm", "Jorullox" kabi unvonlar berilgan. U arab tilida nazm va nasrda yozilgan badiiy asarlardan tashqari tilshunoslik, adabiyotshunoslik, falsafa, tarix kabi fanlarga oid ellikdan ortiq asar yozgan.
M. Zamaxshariy arab tilshunosligi an’analarini davom ettirgan yetuk tilshunoslardandir. U arab leksikografiyasining mavzuviy tamoyilidan mohirlik bilan foydalanib, mavzuviy guruh ichida soʻzlarni alfavit tartibida joylashtirishni joriy qildi.
Zamaxshariy yirik tilshunos sifatida arab tilshunosligining rivojiga katta hissa qoʻshdi (7). U oʻzining "Asos-ul-baloga" ("Cnechanlik poydevori") deb atalgan lugʻati bilan arab lugʻatchiligini bir necha pogʻona yuqori koʻtardi. U lugʻatida soʻzlarning birinchi harfini va undan keyingi harflarini nazarga olgan holda alifbo tartibida berdi. Bu usul sal oʻzgargan shaklda hozirgi zamon leksikografiyasida ham qoʻllanilmoqda. Soʻzlarni izohlashda ham Zamaxshariyning yutugʻi katta. U soʻzlarning asl ma’nolarini berib, shu ma’noni tasdiqlovchi misollar keltiriladi. Olim soʻzning qaysi iborada qanday ma’noda qoʻllanilishiga e’tibor beradi, soʻz koʻchma ma’nolarining paydo boʻlish sabablarini koʻrsatib oʻtadi. Zamaxshariyning "Al-foiq fi gʻarib-il-hadis" ("Hadisdagi notanish soʻzlarni oʻzlashtiruvchi") asari ham lugʻat boʻlib, hadis va adabiy asarlarda uchraydigan, ma’nosini anglash qiyin boʻlgan soʻzlarni izohlashga bagʻishlangan. Bunda ham soʻzlar alifbo tartibida Berilib, uning ma’nosi izohlanadi va ma’noni ochuvchi she’riy yoki nasriy misollar keltiriladi. Zamaxshariy "Al-jibol va-l-amkina va -miyoh" ("Togʻ, manzil va suvlar") degan ajoyib toponimik asar ham yaratgan. Bu kitobda geografik atamalar alifbo tartibida berilib, avval shu atama qaysi yer, togʻ yoki suvning nomi ekanligi aytiladi, soʻngra shu nomning qoʻyilishi sababi va u bilan bogʻliq rivoyat va she’rlar keltiriladi. Zamaxshariyning "Muqaddimat-ul-adab" ("Nafis soʻzlarga muqqaddima") asarida arab tili leksikasi va grammatikasiga oid fikrlari oʻz ifodasini topgan. Lekin bu asar arab tili tarixini oʻrganishdagina emas, balki turkiy, forsiy, moʻgʻul xalqlari tillari tarixini oʻrganishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. "Muqaddimat-ul-adab" asari besh qismdan iborat boʻlib, birinchisida ism turkumiga kiruvchi soʻzlar, ikkinchisidan fe’llar, uchinchisida koʻmakchilar, toʻrtinchisidan ismlarning turlanishi, beshinchisida fe’l tuslanishi berilgan. Arabcha soʻzlarning ostida forscha, ba’zilarida turkiy, hatto moʻgʻulcha tarjimalari ham berilgan. Bu asar xorazmiy tiliga ham tarjima qilingan.
Xullas, M. Zamaxshariy lugʻatining turkiycha qismida XII-XIII asrlar Markaziy Osiyo turkiy adabiy tilining leksikasi oʻz aksini topgan.
Zamaxshariy arab maqollarini yigʻib oʻrganish borasida ham katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, "Al-mustasqo fi amsol-al-arab" (Arab maqollarini nihoyasiga yetkazuvchi") asarida uch yarim mingga yaqin arab maqola alifbo tartibida berilgan.
Zamaxshariy oʻtkir olim boʻlish bilan birga, iste’dodli yozuvchi va shoir ham edi. Olimning arab tili, adabiyoti va uslubi sohasidagi bilimlari uning badiiy asarlarida oʻz aksini topgan. Zamaxshariyning "Navobigʻ ul-qalim" ("Hikmatli soʻzlar"), "Maqomat az-Zamaxshariy" ("Zamaxshariy maqollari"), Atvoq uz-zahab fi-l-mavoʻiz va-l xutab" ("Oʻgit va nasihatlarning oltin munchoqlari") kabi asarlari badiiy nasrning yuksak namunalari hisoblanadi. Uning "Navobigʻ ul-qalim" asari aforizmlardan iborat. Undagi hikmatli iboralar gʻoyaviy va badiiy jihatdan yuksak. Masalan, Zamaxshariy molu mulkka mukkasidan kelganlarga nisbatan: "Ey, molu mulk talabgori, sening koʻkrak emuving muddati choʻzilib ketdi, bas, yetarli, qachon koʻkrakdan ajralasan. Tagʻin bu foyda seni jahannamga solmasin?" (8: 79).
Mahmud Zamaxshariyning arabcha devoni ham boʻlib, unga lirik va falsafiy she’rlari, qasidalari, faxriya, marsiya va maktublari kiritilgan.
Xullas, Mahmud Zamaxshariy ma’rifat dunyosida diniy ilmlar, lugʻatshunoslik, grammatika, aruz, adabiyotga va mantiqqa oid ellikka yaqin asari, Qur’oni karim tafsiriga bagʻishlangan "Al-kashshof" kitobi bilan ma’lum va mashhurdir.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling