Ul kishi soʻz bahrida gʻavvosdir,
Kim goʻhari ma’ni anga xosdur.
Fayz harimida tajalli anga,
Kim yoribon mash’ali ma’ni anga.
Soʻz mayini ul kishi osham etib,
Kim duri ma’ni sadafin jom etib.
Soʻz soʻzlashdan maqsad ma’no ifodalashdir. Binobarin, "ma’ni adosida alfoz tilga kelur va alfozdin ma’ni fahm boʻlur". U ma’noni birlamchi soʻzga, ikkilamchi deb qaraydi va ma’noga soʻzning joni deb baho beradi. Alisher Navoiy til va tafakkurni bir-biridan ajratmaydi, balki ularni uzviy birlikda oladi.
3. Oʻzbek tilini fors-tojik tili bilan chogʻishtirib, uning fors tilidan qolishmasligini koʻrsatib, oʻzbek tilida asarlar yozishga ragʻbatlantirdi. A.Navoiy ikki tilni chogʻishtirganda 100 fe’lni keltirib, ularni tahlil qiladi va oʻzbek tilini xazina deb biladi.
Masalan, fors-tojik tilida "girya kardan" birikmasi oʻzbek tilida yigʻlamoq, ingramoq, singramoq, yigʻlamsinmoq, sixtamoq, oʻkurmoq, inchkiramoq fe’llari bilan, "nushidan"soʻzi oʻzbek tilidagi ichmoq, sipqormoq, tamshimoq soʻzlari bilan berilishini izohlaydi.
Zohid ishqin desaki, qilgay fosh,
Yigʻlamsinuru koʻziga kelmas yosh.
Istamas davr ahlidin ishqingni pinxon aylamak,
Kechalari gah ingramakdur, odatim gah singramak.
4. Ikki tilni qiyoslar ekan, ot yasovchi -chi, -vul; fe’l yasovchi -sh, -t, -l affikslari haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Oʻzbek tilining yangi soʻz yasash imkoniyati va usullarini misollar asosida izohlaydi. Masalan, oʻzbek tilida shin (sh) harfi bilan chopishmoq, topishmoq kabi soʻzlar, -chi vositasida qurchi, suvchi, kuchli kabi soʻzlar, lom (l) qoʻshish bilan yasol, qabol kabi soʻzlar vujudga keladi, deydi.
5. Oʻzbek tilining tarixiy fonetikasiga doir qimmatli fikrlar mavjud. Navoiy vov (u, v) va yoy (y, yo) tovushlari talaffuzi haqida gapiradi va bu haqida shunday yozadi: "Va koʻk lafzin ham necha ma’ni bilan iste’mol qilurlar. Biri koʻk-osmonni derlar. yana koʻk ohangdur. Yana koʻk tegrada koʻklamdur. Yana koʻk qa-dogʻni ham derlar.Yana koʻk sabza va ulangni dagʻi derlar» (4: 18).
6. A. Navoiy oʻzbek va fors-tojik tillarini chogʻishtirish jarayonida oʻzbek tili tarixiy stilistikasiga xos xususiyatlarni ham bayon etadi. U tilshunoslikka doir fikr-mulohazalarini adabiyot faktlari bilan yoritadi. Shoirning har bir asarini koʻzdan kechirsak, unda soʻzlardan ustalik bilan foydalanganligi yaqqol koʻzga tashlanib turadi. Masalan, Alisher Navoiy quyidagi ruboiysini oʻqisak, unda may, mayxona, soqiy, paymona soʻzlari bor. Ularni ruboiyda istiora sifatida qoʻllanganini koʻramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |