Urdu filologiya fakulteti o’zbek tili ta’lim yo’nalishi 171-guruh talabasi Ro’zmetova Ilmiraning Navoiyshunoslik fanidan taqdimoti


Download 1.31 Mb.
Sana07.06.2020
Hajmi1.31 Mb.
#115867
Bog'liq
Navoiy. mus ta`lim

UrDU Filologiya fakulteti o’zbek tili ta’lim yo’nalishi 171-guruh talabasi Ro’zmetova Ilmiraning Navoiyshunoslik fanidan taqdimoti

Mavzu: “Nasoyim ul-muhabbat” asaridagi hikoyatlarni sharhlash Reja:




1.


2.

3.

Alisher Navoiyning “Nasoyimu-l-muhabbat” (to’liq nomi “Nasoyimu-l-muhabbat min shamoyilu-l-futuvvat” – “Mardlik xushbo’yliklarini taratuvchi muhabbat shabadalari”) asari 1495-96 yillarda yaratilgan bo’lib, Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns min hazarotu-l-quds” (“Do’stlik tarovati”) asarining ijodiy tarjimasidir. Asarning tanqidiy matni muallif yashagan davrda ko’chirilgan nusxa asosida 1996 yil Turkiya (Anqara)da Kamol Eraslon tomonidan yaratilgan. 2011 yil navoiyshunos olim H.Islomov ham mazkur asarning ilmiy-tanqidiy matnini yaratib, chop qildirdi.

  • Alisher Navoiyning “Nasoyimu-l-muhabbat” (to’liq nomi “Nasoyimu-l-muhabbat min shamoyilu-l-futuvvat” – “Mardlik xushbo’yliklarini taratuvchi muhabbat shabadalari”) asari 1495-96 yillarda yaratilgan bo’lib, Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns min hazarotu-l-quds” (“Do’stlik tarovati”) asarining ijodiy tarjimasidir. Asarning tanqidiy matni muallif yashagan davrda ko’chirilgan nusxa asosida 1996 yil Turkiya (Anqara)da Kamol Eraslon tomonidan yaratilgan. 2011 yil navoiyshunos olim H.Islomov ham mazkur asarning ilmiy-tanqidiy matnini yaratib, chop qildirdi.


Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns” asarida 616 ta shayx haqida ma’lumot keltirilgan. Hazrat Navoiy bu ma’lumotlarni qayta ishlab, to’ldirib, shayxlar sonini 770 taga yetkazadi, ulardan 35 tasini avliyo ayollar tashkil etadi. Adabiyotshunos olim N.Ramazonov “Nasoyim”ning o’ziga xos xususiyatlariga doir” maqolasida [5] “Nasoyimu-l-muhabbat” va “Nafohatu-l-uns”ni qiyoslar ekan, hazrat Navoiy tazkiraning kirish qismini tarjima qilmasdan o’zi yozganini ma’lum qiladi.

“Nasoyimu-l-muhabbat” muqaddima (hamd, na’t va asar yozilish sababi, “Bu toifa muqaddima tamhidi”, “Bu toifa a’molu af’oli va muomilatu riyozotidin ba’zini zikr qilmoq”), 770 shayx zikrini o’z ichiga olgan asosiy qism va xotimadan iborat. Hazrat Navoiy asarning yozilish sabablari haqida to’xtalar ekan, Jomiy va o’z tazkirasi o’rtasidagi farqlarni aytib o’tadi.Unga ko’ra:

— “Nafohatu-l-uns”da Farididdin Attorning “Tazkiratu-l-avliyo” asaridagi ba’zi avliyolar tushirib qoldirilgan, Navoiy esa ularni o’z tazkirasida zikr qilgan;

— Jomiyda hind va turk mashoyix (shayx)lariga keng o’rin ajratilmagan, lekin hazrat Navoiy mumkin qadar ularning barchasini o’z asarida aks ettiradi;

Shuningdek, shoir “Nasoyimu-l-muhabbat”da Abdurahmon Jomiy va uning zamondoshi bo’lgan valiy zotlar hayoti va faoliyatini ham yoritganini ma’lum qiladi.

Asarda avliyolarga doir ma’lumotlar turli hajmda bo’lib, ba’zilari haqida bir jumla bilan kifoyalanilsa, ba’zi shayxlar ta’rifiga keng o’rin ajratiladi. Avliyolarning tarjimai holidagi ma’lumotlar muayyan mezonlarga ega emas: ayrim shayxlarning yashagan yillari, joylari, kasbi korlari va hokazolar bilan bog’liq ma’lumotlar batafsilroq keltirilsa, ba’zilarining faqat karomat yoki o’gitlaridan parcha beriladi. Tazkirada asosiy e’tibor valiy zotning amaliga qaratilgan. Har bir avliyo shariat hukmlarini so’zsiz va itoat bilan ado etib, Haq vasli talabida mol-dunyo tashvishidan, o’z borligidan mutlaqo voz kechadi. Bu dunyoga zarracha muhabbat qo’yish Haq ishqiga soya soladi, deb e’tiqod qilinadi. Har bir avliyo haqidagi ma’lumotlar tarkibida arab tilidagi baytlar, hikmatli fikrlar berib boriladi.

“Nasoyimu-l-muhabbat” tarkibida tilga olingan avliyolar orasida islomdagi to’rt mazhab boshliqlari – imom A’zam, imom Molik, imom Shofe’iy, imom Ahmad ibn Xanbaldan tortib Muhammad G’azzoliy, Bahouddin Valad, o’g’li Jaloliddin Rumiy, Rumiyning o’g’li Sulton Valad kabi buyuk zotlar haqidagi turli qiziqarli, ibratli hikoyalarga duch kelamiz. Ushbu avliyolar haqidagi ma’lumotlar ilmiy asosga ega bo’lib, tasavvuf tarixini o’rganishda alohida ahamiyat kasb etadi (Masalan, Jaloliddin Rumiyga bolaligida Fariddin Attor o’zining “Asrornoma” asarini hadya qilishi yoki Shamsiddin Tabriziy va Rumiy uchrashuvi bilan bog’liq ma’lumotlar).

Umuman olganda, hazrati Alisher Navoiyning avliyolar tarjimai holiga bag’ishlangan mazkur “Nasoyimu-l-muhabbat min shamoyilu-l-futuvvat” asari shoirning yetuk mutasavvif olim sifatidagi faoliyatini ko’rsatuvchi muhim manbadir. Alisher Navoiyning mazkur diniy yo’nalishdagi asarlarini o’rganish orqali uning dinga bo’lgan munosabati, e’tiqodi bilan bog’liq muayyan ma’lumotlar olish bilan birgalikda, uning islom ilmlarining yetuk bilimdoni ekanligi to’g’risida tasavvur hosil qilamiz. Bu ulug’ shoirning o’z davri ijtimoiy hayotida tutgan o’rni nechog’lik muhim bo’lganligini belgilab beruvchi o’ziga xos omil ekanligi bilan ahamiyatli sanaladi.


Molik Dinor va Shayx Muhammad Vosi’ Bir ulug’ zot uni va Shayx Muhammad Vosi’(q.r.)ni mahshargohda ko’ribdi. Ikkalasi jannatga borardilar. Molik Dinor Muhammad Vosi’dan ilgariroq edi. So’rabdi: -Muhammad Vosi’ Molikdan olimroq va komilroq edi, ne sababdan bu undan oldinroq jannatga boradir? Debdurlarki, dunyoda Muhammad Vosi’da ikkita ko’ylak bor edi, Molikda bir ko’ylak.


Adabiyotlar:

1. Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent.: Movarounnahr – O’zbekiston NMIU, 2009.

2. Qayumov A. Dilkusho takrorlar va ruhafzo ash’orlar. – T.: MUMTOZ SO’Z, 2011.

3. Ramazonov N. “Nasoyim”ning o’ziga xos xususiyatlariga doir / Navoiyning ijod olami (maqolalar to’plami). – T.: Fan, 2001.

4. Rajabova M. “Nazm ul- javohir” tarixiga oid muhim manba / Alisher Navoiy ijodiy va ma’naviy merosining olamshumul ahamiyati (xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari). – T.: O’zbekiston, 2011.

5. O’zbek adabiyoti tarixi. Besh jildlik. 2-jild (XV asrning ikkinchi yarmi). – T.: Fan, 1977.



6. Islamov X. I. “Nasoyimul muhabbat” Alishera Navoi i yego nauch-no-krtiicheskiy tekst: Diss. na soiskanie kand filol. nauk . – T., 1990.
Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling