B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
Moskva lingvistik maktabi F. F. Fortunatov (1848-1914) tomonidan boshqariladi. Fortunatov yosh grammatikachilar bilan bir qatorda tovush evolyutsiyasi muammosi bilan shugʻullanadi. Individual-psixologik pozitsiyada turuvchi Yosh grammatikachilarga qarshi F. Fortunatov tilning ijtimoiy xarakterini va til tarixining jamiyat tarixi bilan bogʻliqligini koʻrsatadi.
F. F. Fortunatov til va tafakkur birligiga katta e’tibor berib shu asosda tilni oʻrganishning aniq masalalarini yechadi. F. F. Fortunatov soʻz strukturasi muammosini, grammatik nazariya talqinini Berib katta xizmat qildi. Bundan tashqari, tildagi shakl haqida original ta’limot yaratdi. F. Fortunatov Moskva universitetida oʻqituvchilik qilib yurgan davrida oʻz maktabini tashkil etdi. F. F. Fortunatovning e’lon qilingan asarlari koʻp emas. Uning qarashlari "Hind-Yevropa tillarining qiyosiy grammatikasidan bir necha sahifa", "Qiyosiy tilshunoslik", "Hind-Yevropa tillarining qiyosiy morfologiyasi (turlanish va tuslanish) " kabi asarlarida oʻz ifodasini topgan. F. F. Fortunatovning til va til hodisalari haqidagi qarashlari quyidagilardan iborat: 1. Yosh grammatikachilar ta’siri ostida tilning tashqi va ichki tarixi haqida ta’limotini yaratdi. U, bir tomondan, tilni ijtimoiy hodisa deb qaraydi va uning taraqqiyotini jamiyat taraqqiyotida koʻrsa, ikkinchidan, har bir shaxsning individual faoliyatiga bogʻlaydi. 2. Soʻzning ma’no tomoni haqida gap borganda, u soʻzning real va formal ma’nosi haqida yozadi. Real ma’no, uningcha, faktning oʻziga, obyektiv borliqqa aloqador boʻlsa, formal ma’no tilning oʻziga aloqadordir. Soʻzning ongda formal va leksik ma’noli qismlari mavjud. 3. F. Fortunatov oʻzining shakl (forma) haqidagi ta’limotida izchil emas. Uning soʻz shakli haqidagi fikri ikki xil: 1) soʻzlarning negiz va affikslarga boʻlinish qobiliyati shakldir; 2) soʻzlarning affikslarga koʻra farqlanishi shakl haqidagi birinchi fikriga asoslanib ish koʻrdilar. 4. Soʻz turkumi atamasiga qarshi chiqib, uning oʻrniga soʻzlarning grammatik turkumi deb nomlash kerak, deydi. U grammatik jihatdan soʻzlarni uchga boʻladi: A. Ayrim toʻla soʻzlar. Uni oʻz navbatida: a) soʻz oʻzgartirishga ega boʻlgan soʻzlar va b) oʻzgarmaydigan soʻzlarga boʻladi. B. Toʻla boʻlmagan soʻzlar. V. Undovlar. Toʻla soʻzlarning shaklga ega boʻlganlariga ot, fe’l, sifat, olmoshlarni kiritadi. 5. Rus tilshunosligida etimologiya atamasi bilan atalib kelgan boʻlimni morfologiya deb atadi. Morfologiya ayrim soʻzning shakllari haqidagi ta’limot boʻlsa, sintaksis soʻz birikmalari shakli haqidagi ta’limotdir. Leksikologiya soʻzlarning real ma’nolarini oʻrgansa, grammatika formal ma’nolarini oʻrganadi va u tilning shakli haqidagi ta’limotdir. Tilning tovush tomoni haqidagi ta’limot esa, oʻzicha mustaqil boʻlimni tashkil qiladi. Soʻzning grammatik shakli, soʻz shakllarining tuzilishiga koʻra, sintetik, analitik, aralash shakllari; soʻz birikmasi shakli, gap boʻlagi va gap shakllari mavjud. 6. Soʻz oʻzgartirish paradigmalarida shakllardan ba’zilarining formal qismi, ya’ni affiksi boʻlmasligi mumkin. Paradigmadagi bunday soʻz shakli yuqorida keltirilgan birinchi qarashga sigʻmay qoladi. Masalan, otning bosh kelishik shakli. Affikssiz holatni shakl deyish bilan amalda asos qilib olingan mezondan chekinib, soʻzning nutqdagi umumiy koʻrinishini butunicha shakl deb hisoblash kerak degan mezonga asoslanadi. Soʻzning negiz va affikslarga boʻlinish imkoniyatini haqiqatdan ham, uning qiyofasi, yaxlitligi, bir butunligi bilan qanday qilib tenglashtirish mumkin? Shakl tushunchasi goh bir butunlikni inkor qilishga asoslansa, goh beixtiyor ravishda bir butun soʻzni e’tirof qilishga asoslanadi. F.F.Fortunatov ajoyib tilshunos, shogirdlar yetishtirdi. Ular qatorida A.A.Shaxmatov, M. M. Pokrovskiy, V. K. Porjyezinskiy, A. Tomson, A.M.Pyeshkovskiy, D. N. Pyetersonlarni koʻrsatish mumkin. Moskva lingvistik maktabini oʻrganishning ahamiyati shundaki, u chet ellarga ham mashhur edi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling