B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
Peterburg maktabi. Bu maktabning shakllanishida A.X.Vostokov, I. I. Sreznevskiy, A. I. Sobolevskiy, I. V. Yagich, A. A. Shaxmatov, L. V. Shcherba, B. A. Larin, V. V. Radlov kabilarning xizmati kattadir.
I. A. Boden de Kurtenening Peterburgdagi faoliyati davrida L. V. Shcherba kabi shogirdlar yetishtirdi. Akademik L.V.Shcherbaning ilmiy merosi tilshunoslikning turli sohalariga doir koʻp sonli asarlardan iborat. U yirik fonetist sifatida mashhur boʻldi. U Boden nazariyasidan farqli oʻzining fonema nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga koʻra, fonema soʻz va uning shakllarini differensiatsiya qilish qobilyatiga ega boʻlgan tovush tipidir. Bu tovush, ya’ni fonema umumiylikni hosil qilish bilan birga nutqda juz’iylik, xususiylik hosil qilib reallashadi. Uningcha, fonemani soʻz va uning shakllarini farqlovchi tovush tiplari deb emas, balki morfemalarning tovush qobigʻini farqlovchi tovush tiplari deb atash toʻgʻriroq boʻladi. Akademik L.V.Shcherba fonetika sohasida koʻp ish qilgan olimdir. Bu sohada uning "Fransuz tili fonetikasi" kitobi xarakterlidir. Uning "Til hodisalarini uch aspektda oʻrganish va tilshunoslikdagi eksperiment haqida" kitobi mashhurdir. U birinchi boʻlib tovushlarni eksperiment tarzida oʻrganadi va Peterburgda eksperimental fonetika kabineti ochadi. Uning shogirdlari prof. Matusyevich va Zimmerdir. F. F. Frotunatovning shogirdi A. A. Shaxmatov Peterburgda filologiyaning rivojlanishi uchun katta hissa qoʻshdi. A. A. Shaxmatovning ilmiy merosi juda katta boʻlib, u 150 dan ortiq asar e’lon qilgan. Uning asarlari tilshunoslik, adabiyotshunoslik, manbashunoslik, paleografiya, fol’klor, etimologiya, tarix fanlari sohasiga oiddir. A. A. Saxmatov soʻz turkumi tasnifini berib, ularni toʻrt guruhga ajratadi: 1. Mustaqil ma’noli soʻzlar: ot, fe’l, sifat, ravish. 2. Mustaqil ma’nosi boʻlmagan soʻzlar: olmosh, son, olmoshdan tugʻilgan ravishlar. 3. Yordamchi soʻzlar: old koʻmakchi, bogʻlovchi, prefiks, yuklama. 4. Soʻzlarning ekvivalenti boʻlgan undovlar. A. A. Shaxmatov soʻzning grammatik shakliga quyidagilarni kiritadi: 1)otlarning songa koʻra oʻzgarishi va kelishiklar bilan turlanishi; 2)sifatlarning grammatik jinsi, soni, kelishiklar bilan turlanishi, sifat darajalari; 3)olmoshlardagi shaxs-son va grammatik jinsga koʻra oʻzgarish; 4)fe’llardagi shaxs-son, zamon, mayl, nisbat, vid, infinitiv, sifatdosh, ravishdoshga koʻra oʻzgarishlar. A. A. Shaxmatov tilni oʻrganish sintaksisga asoslanib olib borilishi kerak degan fikrda edi. Bu fikrlarni "Rus tili sintaksisi" nomli mashhur asarida bayon qilgan. U soʻz turkumlarini sintaksisga koʻchirib, morfologiyaga soʻz shakllarinigina qoldiradi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling