B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


YOSH GRAMMATIKACHILAR, MOSKVA, QOZON VA PETERBURG LINGVISTIK MAKTABLARI


Download 0.92 Mb.
bet24/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

YOSH GRAMMATIKACHILAR, MOSKVA, QOZON VA PETERBURG LINGVISTIK MAKTABLARI
XIX asrning oxirlarida tilshunoslikda yangi yoʻnalish maydonga keldi. Ular eski tilshunoslik yoʻnalishlariga hujum qila boshladilar. Nemis filologi F.Sarnke ularga kulguli tarzda yosh grammatikachilar deb nom berdi. Yosh grammatikchilar oqimining boshlovchisi K. Brugman bu nomni maktabning nomi qilib oldi.
Yosh grammatikachilar maktabining asosiy namoyondalari sifatida A. Leskin (1840-1916), K.Brugman (1849-1919),G. Ostgof (1842-1907), G. Paul (1846-1921), B. Delbryuk (1842-1922) kabilarni koʻrsatish mumkin. Yosh grammatikachilar oqimiga u yoki bu tomondan F. de Sossyur (1857-1913), F.F. Fortunatov (1848-1914), M. Breal’, G. Askoli, U. Uitney, I. A. Boden de Kurtene, V. Tomsen (1842-1927) lar ham qoʻshiladi.
Yosh grammatikachilarning asosiy qarashlari G. Ostgof va K.Brugmanning "Morfologik tadqiqotlar" nomli kitobining soʻz boshisida, G.Paulning "Til tarixining tamoyillari" kitobida, B. Delbryukning "Tilni oʻrganishga kirish" nomli asarlarida oʻz ifodasini topgandir. Ular oʻz asarlarida uch konsepsiyani himoya qildilar:
1. Taraqqiyotda fonetik qonuniyatlar chetda qolmaydi.
2. Til hodisalarining oʻzgarishida fonetik, morfologik oʻxshashlik (analogiya) asosiy rol’ oʻynaydi.
3.Jonli dialektal nutq tilshunoslikning asosiy obyekti deb hisoblanishi kerak.
Yosh grammatikachilar tilni individual psixo-fiziologik faoliyat deb baholanadilar. Tildagi hamma oʻzgarishlar individning nutqiy faoliyatida yuz beradi. Til doim oʻzgarib turuvchi hodisa deb, ular tilni tarixiy nuqtayi nazardangina oʻrganishni tan oladilar. Agar A. Shleyxer tarixiylikni oʻzboshimchaliklar kurashi deb qarasa, yosh grammatikachilar tarixiylik ilmiylikdir, deb uqtiradilar. Ular tarixiy nuqtayi nazardan oʻrganishda umumiy hodisalarni emas, balki aniq hodisalarni oʻrganishni tavsiya etadilar. Lekin yosh grammatikachilarda tarixgacha boʻlgan tilning oʻsish davri va davr tilning rivojlanmagan davri, degan konsepsiya yoʻq. Yosh grammatikachilarning asosiy maqsadi B. Del’bryuk fikri bilan aytganda, tilshunoslikni falsafiy davridan tarixiy davrga oʻtkazishdir (1: 148). K. Brugman oʻz yoʻnalishlarining vazifa va maqsadini belgilab shunday yozadi: "Kimki, tilni ilmiy jihatdan oʻrganar ekan, unga birgina metod bor, u ham boʻlsa tarixiylikdir" (2: 64).
Yosh grammatikachilar tarixiylik tamoyilini olgʻa sursalar ham oʻlik tillarni oʻrganishni inkor qilib, oʻz davrlarida mavjud boʻlgan til hodisalarini tekshirganlar. Ular Hind-Yevropa asos tilini rekonstruksiya qilishga butunlay ishonchsizlik bilan qaraganlar. Yosh grammatikachilar til fonetikasi sohasida katta ish qilganlar va koʻproq fonetika qonunlarini analogiya yoʻli bilan oʻrganganlar. Tarixiylik tamoyili va tarixiy jarayon nazariyasi G. Paulda har tomonlama ishlangandir.
Har qanday inson madaniyatining shakllari kabi til ham tarixan tekshirilishi kerak boʻlgan fandir, deydi G. Paul.
G. Paul’ tarixiy fanlarni ikki guruhga ajratadi (3: 62). 1. Tarixiy tabiiy fanlar. 2. Madaniyat haqidagi tarixiy fanlar.
Tilshunoslik madaniyat haqidagi fanlardan biri boʻlib, u tilni kishilik madaniyati yaratuvchisi sifatida oʻrganishi kerak. Tarixiylik G. Paulni psixologizmga olib keldi. U tarixiylik tamoyili asosida til mohiyatini psixologik nuqtayi nazardan hal qildi. G. Paul konsepsiyasining mohiyati shundaki, u tarixiylikdan psixologizmga, psixologizmdan individualizmga tomon boradi.
Xullas, yosh grammatikachilar maktabi vakillarining qarashlarida quyidagilar yaqqol koʻzga tashlanadi:
1. Yosh grammatikachilar tilni individual psixo-fiziologik faoliyat deb bildilar.
2. Tildagi oʻzgarishlar ayrim shaxsning odatdagi nutq faoliyatida yuzaga keladi.
3. Bobo tilni tiklashga qarshi chiqib, jonli tillarni oʻrganishga chaqirdilar.
4. Tilning ikki xil faoliyati (individual psixologik, fiziologik) borligini koʻrsatadi.
5. Til doimiy oʻzgarib turuvchi hodisa sifatida tarixiy yondoshishni talab qilganlar.
6. Yosh grammatiklar ta’limotida atomizm asosiy rol oʻynaydi. Bunda til hodisalarini boshqa hodisalardan ajratgan holda tekshirishni tavsiya etadilar.
7. Yosh grammatikachilar Hind-Yevropa tillari fonetikasi sohasida arzirli ish qildilar.
Umuman, Yosh grammatikachilar oqimining katta kamchiliklari boʻlishiga qaramay, qiyosiy-tarixiy metodning rivojida asosiy rol’ oʻynaydi.
XIX asrning oxirida Rossiyada ham lingvistik maktablar shakllanadi. Uning an’analari hozirgi tilshunoslikda ham davom etmoqda.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling