B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


STRUKTURALIZM VA UNING YOʻNALISHLARI


Download 0.92 Mb.
bet32/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

STRUKTURALIZM VA UNING YOʻNALISHLARI.
Tilshunoslikda til komponentlarining ichki munosabatlarini, oʻzaro bogʻliqligini, tilning struktura tomonini yoritish asosiy maqsad qilib qoʻyilgan yoʻnalish strukturalizm hisoblanadi. Tilning yoki ayrim til birliklari (morfema, soʻz, gaplar) ning qurilish arxitektonikasi struktura hisoblanadi: gap strukturasi, semantik struktura, soʻz yasalish strukturasi kabilar.
Tilning asosiy struktura birliklari: fonema, leksema, morfema va konstruksiya.
Til strukturasi birliklarini xuddi sim orqali yetkazilayotgan telefon signallariga oʻxshatish mumkin. Kishining telefon orqali aytayotgan soʻzlari elektr signallari orqali boshqa kishiga yetkaziladi. Bu jarayon tildagi fonema, morfema va konstruksiya yetkazadigan fikrga oʻxshaydi. Tildagi birliklarning har biri boshqasi bilan aloqador va shartlangandir.
Bir boʻlinmadagi askarlar yigʻindisi boʻlim strukturasini tashkil qiladi. Komandir ulardan birini almashtirsa ham shu struktura saqlanadi.
Til strukturasi- bu uning fonemasi, morfemasi va konstruksiyasi hamda ular oʻrtasidagi munosabat.
Til strukturasi - bu uning yashirin asosi.
Til haqiqiy mavjudligining xususiyatlariga asoslangan holda katta abstraksiya negizida oʻrganiladi. Strukturani tavsiflashda yetkaziladigan axborot mazmuniga asoslanadi.
Til birligiga fonema, morfema, leksema, konstruktsiya (model’) kirsa nutq birliklari: tovush, fon, boʻgʻin; affiks (qoʻshimcha), morf, soʻz (leks); soʻz shakli, soʻz birikmasi, gap, matn sanaladi.
Tilning struktura tomonini til sistemasidagi ichki munosabatlar va aloqalar bilan chegaralovchi birliklarni struktural lingvistika oʻrganadi.
Tilning tovush tizimi, morfologik qurilishi, lugʻat tarkibi, sintaktik tuzilmasi bir butun struktura sanaladi.
Ferdinand de Sossyur, I. A. Boden de Kurtene, F. Fortunatov til strukturasiga katta e’tibor berganlar.
F. de Sossyur forma (shakl) atamasini qoʻllagan oʻrinlarda golland filosofi X. I.Pos, tilshunos V. Brendal 1939 yilda e’lon qilgan maqolalarida struktura atamasini ishlatadilar.
Struktural lingvistika tilni ishoralar tizimi sifatida oʻrganadi va uning shartli belgilik xususiyati bilan qiziqadi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling