B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
SOTSIOLOGIZM OQIMI. Sotsiologizm oqimi- chet el tilshunosligida eng ta’sirli yoʻnalishlaridan biridir. Sotsiologizm oqimining koʻzga koʻringan nazariyotchilari sifatida F. de. Sossyur (1857-1913), A Meye (1866-1936), J. Vandriyes, A.Seshye, Sh. Balli, E. Benviyenistlarni koʻrsatish mumkin.
F. de. Sossyur - sotsiologizm oqimining asoschisi sanaladi. U oʻzining sotsiologik qarashlarini "Umumiy tilshunoslik kursi"da bayon etgandir. F. de Sossyurning lingvistik qarashlari Dyurkgeym sotsiologik qarashlariga asoslanadi. F. de Sossyur tilning ijtimoiy hodisa ekanligin tushunadi. Tilning ijtimoiy mohiyatini tushuntirishda tilning tarixiy taraqqiyotini tahlil qilmasdan balki til sistemasini tahlil qiladi. F.de Sossyurning lingvistik qarashlari tubandagi muhim tamoyillarni oʻz ichiga oladi: 1. Til koʻp tomonlama: avvalo, u vazifasi jihatidan aloqa vositasi, ikkinchidan, ichki qurilishiga koʻra xabarni shartli belgilar yigʻindisiga aylantiruvchi belgilar tizimidir. Bunda tilning ijtimoiy mohiyatini tan olgan holda uning ichki qurilishiga e’tibor bermaydi. 2. U tashqi va ichki lingvistikani qarama- qarshi qoʻyadi. Uningcha, tashqi lingvistika tilning xalq tarixi, madaniyat, siyosiy qarash, adabiyot, geografik joylanishi bilan bogʻlab tekshirishi kerak. Ichki lingvistika tilning qurilishini oʻrganadi. Tashqi va ichki lingvistika oʻrtasida aloqa yoʻq. 3. Tilni ichki jihatdan oʻrganish sinxronik (bir vaqtli) va diaxronik (ketma-ket yuz berish) jihatdan oʻrganish. Lekin ularni bir-biriga qarama - qarshi qoʻyadi. 4. U til va nutqni ajratadi. Til ijtimoiy hodisa shu bilan birga koʻp qatorli va psixik xarakterlidir. Nutq tilni qoʻllash natijasi boʻlib, u individual bir qatorli va tabiiy xarakterdadir. 5. Tilning oʻz tizimi bor. Til oʻzaro shartlangan belgi tizimidir. Tildagi belgilar: - ifodalovchi belgilar (fonemalar yigʻindisi)dan va ifodalanuvchi belgilar (tushunchalar) dan iborat. Masalan, stol, table (ing), tabl (fr), tisch (nem) kabilar ifodalovchi boʻlsa, ular anglatadigan stol tushunchasi ifodalanuvchidir. 6. Tildagi birliklar orasidagi munosabatlar haqida yozar ekan, ular paradigmatik va sintagmatik munosabatdir. Paradigmatik munosabatda soʻzlarning soʻz oʻzgartirish tizimi asosidagi munosabat. Sintagmatik munosabat ikki elementning nutqda birikishidan kelib chiqadi. 7. Til oʻz ichki tuzulishiga koʻra sof belgilar tizimi (yoki semiotik tizim) boʻlgan uchun u haqidagi fan semantika yoki semasiologiya deb atalishi lozim. Lingvistika semiotika tarkibiga kiradi. Semiotika matematikaga oʻxshaydi. F. de Sossyurning xizmati shundaki, u tilning ijtimoiyligini, tilning sistemaligini, tildagi belgi sistemaning elementi ekanligi, til sistemaning elementi ekanligi, til sistemasini tasviriy aspektda oʻrganishni alohida ta’kidlaydi. Bu nazariyalarning ba’zilari hozirgi tilshunoslikda samarali qoʻllanmoqda. F. de Sossyur qarashlarida ba’zi notoʻgʻri momentlar mavjuddir. U til va nutqning farqli tomonini bersada, til ijtimoiy hodisa, nutqni shaxsiy hodisa sanab bir-biriga qarama-qarshi qoʻyadi. Tilda betayin belgilar hukmronlik qiladi, deb, belgilardagi psixologik holatdan tashqari boʻlgan hodisalarni inkor etadi. Belgilar psixik xarakterda, deydi. Tilni sinxronik va diaxronik aspektda oʻrganish bir-biriga bogʻliqdir. Lekin F. de Sossyur ularni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyadi. Umuman, F. de Sossyur sotsiologizmni tarixiylikka qarshi qoʻyib tilshunoslikni psixologizmga bogʻlaydi. Sotsiologizm oqimining vakillaridan A. Meye ham tilni ijtimoiy hodisa hisoblaydi. Tilning ijtimoiy mohiyati statik tilning mohiyatini sistemali tahlil jarayonida va dinamik (tilning tarixiy taraqqiyot tomondan aniqlash) metodi orqali tekshiradi. Tildagi oʻzgarishlar fonetika, analogiya va chetdan soʻz qabul qilish sohasida boʻladi, deydi A. Meye. Ana shu uch oʻzgarish asosida umumiy qonuniyatlarni belgilash tilshunoslikning vazifasidir. Lekin bu qonuniyatlar empirik yoʻl bilan aniqlanishi kerak, deydi u. "Til aloqa vositasi sifatida ijtimoiy hodisadir va u jamoaning yutugʻidir. Tildagi oʻzgarish aloqada shaxsga bogʻliq emas. Til aloqa vazifasini bajaruvchi vosita sifatida murakkkab ifoda vositasiga egadir. " Bu fikrlar tilni ijtimoiy hodisa deb tushunuvchi A. Meye asarlarida bayon etilgandir. A. Meye XIX asrda vujudga kelgan qiyosiy- tarixiy metodning bir qancha kamchiliklari borligini koʻrsatdi va uni mukammallashtirish kerakligini ta’kidladi. Bu metodni mukammallashtirish uchun hozirgi nutqiy faoliyat ustida kuzatish olib borish kerakligini uqtirdi. Chunki ana shu nutqiy faoliyatda ba’zi tarixiy formalarni ham uchratish mumkin . Tildagi ijtimoiy oʻzgarishlarni, asosan, tovushlarning oʻzgarishida koʻradi. A. Meye tilni ijtimoiy hodisa deb tushunsa-da, u tilning taraqqiyot qonunlarini belgilashda notoʻgʻri xulosa chiqaradi. U jamiyat tuzilishining oʻzgarishi bilan til qurilishi ham oʻzgaradi, deb qaraydi. Agar G. Paulda tarixiylik psixologizmning shakllanishiga olib kelgan boʻlsa, A. Meyeda tarixiylik yoʻli sotsiologizmga, ya’ni tilni ijtimoiy hodisa deb tan olishga olib keldi. J. Vandriesning sotsiologik qarashlari uning "Til tarixiga lingvistik kirish" nomli asarida bayon etilgan. Til ijtimoiy fikrlash sifatida uning paydo boʻlishi aloqa ehtiyojini qondirishidir. Lingvistik belgi oʻzboshimchalikdir. Fonetik qayta yasalish xususiy xarakterdadir. Agar til jamoaning ehtiyojini qondirish darajasiga yetsagina hukmron boʻlib qoladi. Ma’lumki, xalqning madaniy taraqqiyoti bilan grammatik kategoriyalari oʻrtasida aloqa boʻlmaganidek, til bilan irq oʻrtasida ham aloqa yoʻqdir. Grammatik kategoriyalarning chiqib kelishi ijtimoiy boʻlib, kishining jamiyatdagi sharoitlari bilan belgilanadi. Analogiya notoʻgʻri grammatik shakllarni yoʻqotadi va morfologiyaning takomillashishiga olib keladi. Fonetik faktorga koʻp ahamiyat bermaslik kerak. Har bir soʻzda boʻladigan oʻzgarish ijtimoiy talablar natijasida kelib chiqqandir. Tillarning taraqqiyotida ikki kuch kurashini koʻramiz. Biri differensiatsiya tomon olib borsa, boshqasi unifikatsiya tomon olib boradi. Natijada tillarning bir - biri bilan chatishishi paydo boʻladi. Chatishish tillarning hayotida asosiy rol’ oʻynaydi. Bu fikrlar J. Vandriyesning sotsiologik qarashlari nuqtayi nazaridan hal qilingandir. Bundan tashqari, J. Vandriesning emotsional, effektiv nutq, til va tafakkurning munosabati, dialektlar, tilning yozma va adabiy shakllari, lingvistik geografiya, yozuv va tillarning tasnifi haqida original fikrlar bayon etgandir. Umuman, sotsiologizm oqimi tillarning umumiy va xususiy belgilarini yoritishda katta ishlar qildi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling