B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.92 Mb.
bet39/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

QAYUM RAMAZON (1900-1938)
Oʻzbek tilshunosligi, adabiyotshunosligi va pedagogikasining koʻzga koʻringan yetuk vakillaridan va istiqdol yoʻlida jon fido qilganlardan biri Qayum Ramazon edi. U oʻzbek tilshunosligi, uning tarixi va 20-30 yillardagi ahvolini ilmiy-metodik jihatdan tahlil hamda tadqiq etish sohasida professor Rozi Olim Yunusov, Ye.D.Polivanov darajasiga tenshasha oladigan nazariyotchi va amaliyotchi olim edi.
Qayum Ramazon 1900-yil Toshkentda Kallaxona mahallasida tugʻildi. Yoshligi Podaxona, Obnazar, Langar mahallalarida oʻtdi.
Endigina 8 yoshga qadam qoʻygan Qayum birinchi bosqich eski maktabning 3 yillik toʻla kursini bitirdi. 1908-yil iyulida otasi Ramazon domla uni Koʻkaldosh madrasasi qoshidagi arab-fors tillarida taʼlim beruvchi ikkinchi bosqich maktabga beradi. Maktab til oʻrganish orqali arifmetika, jugrofiya va islomshunoslik bilimlarini ham beradi.
Til oʻrganishga boʻlgan eʼtiqod Qayumda juda kuchli edi, albatta. Otasi arab, fors-tojik tillarida soʻzlasha oladigan mudarris edi. Ramazon domla oʻz oʻgʻlining eskicha savodini, fikrlash qobiliyatini u besh yasharligidayoq chiqarib qoʻygan edi. Qayumning akasi Samad va ukasi Absalomlar ham tanilgan oʻqituvchilar edi.
1918-yili Qayum Buxoro oliy madrasasiga oʻqishga kiradi. U yerda ikki yil oʻqigach, Toshkentga qaytib, oliy pedagogika institutida taʼlim oladi, til ilmi boʻyicha aspiranturada oʻqidi. U 1923 yildan boshlab turli maktab va texnikumlarda, ilmiy tashkilot va oliy oʻquv yurtlarida tilshunoslik qiyosiy grammatika, fonologiya va leksikologiya, turkiy filologiya ilmlaridan namunali darslar berib, oʻz shogirdlari orasida shuhrat topdi.
Yosh olim oʻzbek tilshunosligi, turkologiya muammolari yuzasidan tinmay izlandi. U Moskva, Sankt-Peterburg ilmiy-tadqiqot institutlariga borib jahon tilshunosligi va turkologiyasining tan olingan Ye.D.Polivanov, K.K.Yudaxin, Ye.E.Bertels kabilar bilan muloqotda boʻldi.
Qayum Ramazondagi tilshunoslikning chigal muammolarini tadqiq etish va toʻgʻri ilgʻab olish qobiliyati Toshkent pedagogika oliy oʻquv yurti jamoatchiligining eʼtiborini oʻziga tortdi. Institut ilmiy kengashi unga 1930 yilda dotsentlik ilmiy unvonini berdi.
Qayum Ramazon jumxuriyat pedagogika va oliy maktab uyushmasi, atamalar qoʻmitasi kengashining aʼzosi edi. U Boku, Samarqand, Buxoro shaharlarida tashkil etilgan til haqidagi anjumanlarda qatnashib nutq soʻzlagan.
Qayum Ramazon oʻzbek tilining soʻz tuzilishi, morfologiyasiga bagʻishlangan “Oʻzbek tili” darsligani yozdi. Bunda muallif oʻzbek tilida singarmonizm prindisini saqlagan. 1919 yilda u Munavvar qori Abdurashidov hamda Shorasul Zunnun bilan xamkorlikda “Til saboqlari” darsligani yaratdi. Bu haqda mohir pedagog, adabiyotshunos olim Shorasul Zunnun shunday eslaydi: “Til saboqlari” kitobining vujudga kelishida ham soʻz tuzilishi, tarkibi - morfologiya va tovushlar tarkibidek ogʻir boʻlimlarni Qayumjon yozgan”.
Kitob turli xil munozaralardan soʻng 1923-yilda chop etildi. Shundan soʻng ushbu darslik toʻrt marta qayta nashr etildi.
Qayum Ramazon tafakkurida barq urgan til ilmining chigal muammolarini tadqiq qilish uning diqqat markazida boʻldi. U oʻzbek imlosi va uning kelajak taqdiri boʻyicha qator izlanishlar olib bordi. 1923-yilda Buxoroda boʻlib oʻtgan imlo anjumanida arab imlosidan rus imlosiga oʻtishdagi xarakatlarga oʻzining jiddiy munosabatini bildirgan edi. Bu anjumanda Gʻozi Olim Yunusov, Munavvar qori Abdurashidov, Elbek, Musajon Saidjonov, Sanjar Siddiqov, Komil Alimov kabi iqtidorli tilshunos olim, pedagog va tarjimonlar ham ishtirok etadi. Shundan soʻng u “Islomdaga birlik” (1923), “Lugʻatning boyishi” (1924) kabi maqolalarni eʼlon qiladi, 1930 yilda professor Ye.D.Polivanov bilan xamkorlikda “Tillarning oʻzgarishidaga iqtisodiy omillar” deb nomlangan turkum maqolalarini “Alanga” oynomasida chop etdi. Ilmiy jihatdan puxta, lingvistik tomondan baquvvat bu maqola orqali oʻzbek tilshunosligidagina emas, balki umumiy tilshunoslikda ham shuhrat qozondi. Chunki ushbu maqolada tillarning oʻzgarishida asosiy omil - iqtisodiy borliq yashash tarzi mehnat jarayoni ekanligi aniq dalillar bilan asoslab berilgan. Bu qonuniyat yer yuzidagi barcha tillar uchun umumiy boʻlgan va oʻz yechimini kutayotgan muammodir. Qayum Ramazon oʻzbek tili va turkiy tillardagi singarmonizm hodisasi toʻgʻrisida oʻz maʼruzalari va eʼlon qilingan maqolalarida fikr bildirgan: “Barcha turkiy tillarning oʻzagi bir oiladan, qadimgi obidalar oʻrxun-enisey va uygʻur yozuvlarning hammasi bir oʻzak til va birikmadir. Tarixan qon-qonimizga singib ketgan nutqimiz goʻzalligi talaffuzda tovushlar moslashuvi, xarakatlanuvchi turkiy tillarning oʻziga yarashiqliq, jozibadorlik kasb etgan xodisadir. Shu tomondan qarasak oʻzbek tili hozirda oʻz ruhidan bu hodisani kuvgʻinlikka solmoqda. Agar, singarmonizm butun turkiy tillar uchun buzilmas temir qonun boʻlmogi lozim emasmi, tilimiz husnini buzmaylik”.
Olimning singarmonizm haqidagi bu nazariyasi shoʻro hokimiyati yalovbardorlariga, ichki ishlar xodimlariga yoqmadi. Faqat talaffuzning buzilishi va imlo islohotidagi moneliklar emas, balki oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida oʻzbek tilidan olib borgan nazariy, amaliy mashgʻulotlarida milliy istiqlol va uning mohiyati haqida suhbatlar olib borardi. Bular kuzatuvchilar eʼtiboridan chetda qolmadi. Natijada NKVD tergovchisi Trigulov 1937 yil 20 iyulida quyidagi qoralov maʼlumotnomasini yozdi:
“Qayum Ramazon “Milliy ittihod” aksilinkilobiy millatchilik tashkilotining faol aʼzosi. U “Chigʻatoy gurungi” aksilinqilobiy jamiyatni boshqargan, shaxsan besh kishini shu tashkilotga yoʻllagan. 1933 yilda millatchilik tashkiloti tuzib, u orqali Angliya bilan bogʻlangan, soʻngra Shoʻro hukumatiga qarshi kurashmoqchi boʻlgan, keyinchalik bu tashkilot tugatilgan.
Qayum Ramazon Oʻzbekistonni Shoʻro Ittifoqidan ajratib olish uchun qurol-yarogʻ toʻplashda qatnashgan; oxirigacha Ozarbayjon va Turkmanistondagi aksilinqilobiy millatchilik tashkilotlari bilan uzluksiz aloqada boʻlgan. U gʻoyaviy chalkash, xavfli kishilar bilan bogʻlanib til qurilishi sohasida ansilinqilobiy qoʻporuvchilik qilgan; bular uning darslik va maʼruzalarida bayon etilgan.
Vatan xoini - shpionlar: Fitrat, Bozi Olim Yunusov, Choʻlpon va Shahid Eson Musaevlar bilan yaqin aloqada boʻlib kelgan...”.
Ushbu qoralov maʼlumotnomasi asosida Trigulov oʻzining tuhmat aralash tergovini boshlab yuboradi.
Qiynoqlar, kamsitishlar, haqoratlar iskanjasida rost gapirib ham, yolgon gapirib ham oʻz shaxsiga bir manfaat topa olmagan; mashxur pedagog, atoqli olim Qayum Ramazon oxir oqibat choponni teskari kiyib, tuzum bedodliklari va qotilliklarini ochiq-oydin aytadi: “Yigirma yildirki, Shoʻro uchun xizmat qilib, minglab-millionlab begunoh siyosatdan uzoq boʻlgan insonlarning yoʻqolib ketishiga oʻzimiz sababchi boʻldik. Oʻylab qarasam, barcha mahbuslarni bir-birlariga qarama-qarshi qoʻyib, birivi ikkinchisiga qayrab, ularni “qutqarib yuborish” aldoqchiligi bilan ish koʻrgan ikkiyoʻzlamachilar qoʻlida ekanman. Endi tushundim. Bir mirilik aybi yoʻq. Majid-Qodiriydan ming pora aldoqchilik bilan, kuch ishlatib koʻrgazma olgan, bu nopok tergovchilar qiyofalarini endi bildim. Qarang, shunday buyuklar otilib ketibdi, agar rost boʻlsa, endi men sotsializm kurish uchun emas, balki hali biz uchun yoʻrgakda turgan kapitalizm qurish va uni oʻstirish uchun kurashaman! Soʻzim bitta!”.
Oʻylab qarasangiz, bu gaplar ruhiyatida oʻta isyonkorlik yotadi. Bunday adolatsizlik aftiga tupurgan Qayum Ramazon taqdiri taroziga solindi va bu tuxmatchar yigʻindisi 4269 - ishda jamlandi. Ana shu isbotlanmagan tuhmatlar asosida 1938 yil 4 oktyabrda otuvga hukm etildi. Lekin vaqt oʻtgach, Qayum Ramazon 1957 yil 1 avgustda SSSR Oliy Sudi tomonidan oqlandi.
Istiqlol yoʻlida jon fido qilganlardan biri Qayum Ramazon merosi buyuk mustaqil davlatchiligimiz yoʻlida qadriyatlarimiz, oʻzligimizni anglab olishda xizmat qiladi, degan umiddaman.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling