B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Samarqand tilshunoslik maktabi vakillarining lingvistik qarashlari
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
Samarqand tilshunoslik maktabi vakillarining lingvistik qarashlari.
Samarqand tilshunoslik maktabini Abdurauf Abdarahim oʻgʻli Fitrat (1896-1938) boshlab bergan. Fitrat Buxoro shahrida tugʻildi. Buxoro maktab va madrasalarida oʻqib, soʻng Turkiyada Istanbul universitetida tahsil oladi. Fitrat oʻqishni tugatib, 1914 yili Buxoroga qaytib keladi. Shundan soʻng jadidchilik harakatiga qoʻshiladi. 1917-yil Fevral inqilobidan soʻng jadidchilar harakati Buxoro amirini yon berishga majbur etdi. 1918-1920 yillarda Turkiston respublikasi Xalq Komissarligining ijozati bilan tuzilgan “Chigatoy gurungi” imlo toʻdasiga Fitrat aʼzo boʻlib kiradi va 1919 yili kommunistlar safiga kiradi. Buxoro revolyutsiyasi gʻalabasidan keyin Fitrat Buxoro Xalq Sovet respublikasining maorif va tashqi ishlar noziri (1922), Buxoro respublikasi Markaziy Ijroiya qoʻmitasi va Xalq noshirlari Kengashi raisining muovini (1922) vazifalarini ado etdi. Fitrat 1923-24 yillarda Moskvada Sharq tillari institutida, 1927 yildan boshlab Samarqand pedakademiyasi, Buxoro va Toshkent institutlari, Oʻzbekiston davlat ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekistan Madaniy qurilish ilmiy-tadqiqot instituti, Til va adabiyot instituti hamda Fanlar komitetida ishladi. U oʻzbek alifbosini lotinlashtirish jarayonida yaqindan ishtirok etdi. Fitrat - shoir, dramaturg, adib, tarixchi, maʼrifatparvar, pedagog, tilshunos, adabiyotshunos, musiqashunos sifatida madaniyatimiz, maʼnaviyatimiz tarixida munosib iz soldirgan shaxsdir. Fitrat hayolining tez oʻzgarishiga sababchi boʻlgan hayotiy voqealar uning “Qiyomat” hayoliy hikoyasida aks ettirilgan. Hikoyada tasvirlangan “jannatga sayohat”ning ortida maʼnaviy ijtimoiy, siyosiy muammolar koʻzga tashlanadi. Bu yerda asosiy fikr inson haqida, muallif tasvirlagan tarixiy davr kishilari haqidadir. Imperiya quladi, lekin bolshovoylar xokimiyatni bosqinchilik yoʻli bilan egallab oladilar va bu hokimiyatni birovlar gʻoyasini uyalmay-netmay oʻzlashtirish (yeserlarning “Er - dehqonlarga!” shiori), zoʻravonlik (kontslagerlar), dehqonlarni xonavayron qilish (kambagʻallarga tayanish) va boylarni qatagʻon kilish (quloq, qilish), munofiqlik (demokratik sentralizm), yolgʻon (axborot tarqatishda), qoʻrquv (terror), qonundan yoʻz oʻgirish (inqilobiy ong), anʼanaviy milliy maʼnaviyatni, qadriyatlarni toptash (har qanday koʻrinishdagi diniy eʼtiqotga qarshi keskin kurashish) kabi vositalar bilan tutib turdilar. Natijada 1938-yil 4-oktyabrda hukm chiqarilmay Fitrat otilgan, soʻng ertasiga sud qilingan. Fitrat tom maʼnoda adabiyotshunos va tilshunos sifatida koʻzga tashlanadi. Fitrat Oʻzbek klassik va sovet adabiyotining tarixi hamda nazariyasiga oid bir qancha tadqiqotlar yaratdi. U “Adabiyot qoidalari” (1926), “Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi” (1927), “Eng qadimgi turk adabiyoti” (1927), “Oʻzbek klassik adabiyotidan namunalar” (1928), “Aroʻz ” (1936) kabi kitoblarning muallifi hamdir. Fitrat “Oʻzbek klassik adabiyotidan namunalar” nomidagi kitobida Alisher Navoiy, Ahmad Yassaviy, Bobur, Muhammad Solih, Turdi, Mashrab, Furqat, Muqimiy, Nodira va boshqa koʻpgina yirik shoirlarning ijodini yangicha idrok etadi. Abdurauf Fitrat Oʻzbek tilshunosligining rivojlanishida yetakchi roʻl oʻynagan Samarqand tilshunoslik maktabining asoschilaridan biri boʻlgan olimlardandir. Fitrat tilshunos sifatida Oʻzbek tilshunosligining shakllanishiga munosib hissa qoʻshib “Oʻzbek tili grammatikasi” (sarv 1-kitob, nahv 2-kitob), “Ona tili”, “Tojik tili grammatikasi” kabi darsliklar, “Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir tajriba”, “Adabiyot qoidalari”, “Tilimiz” kabi asarlar va lugʻatlar yaratgan. Abdurauf Fitrat oʻzining darsliklarida grammatika atamasi ikki maʼnoda qoʻllanishini taʼkidlaydi. Birinchidan, til qurilishining tarkibiy qismi boʻlgan grammatik toʻz ilishini; ikkinchidan, shu grammatik qurilishga xos qonuniyatlarni oʻrganadigan fanni bildirishini koʻrsatadi. Grammatika morfologiya (sahv), sintaksis (nahv) tarkib topishini taʻkidlab, ularning oʻzaro zich bogʻlanganini koʻrsatadi. Darsliklarda atamalar, asosan, arabchadir. Fitrat oʻzining “Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir tajriba” nomli asarida punktuatsiyaning tekshirish obʼekti, oʻziga hos xususiyatlari, semantik va funksional taraqqiyoti haqida maʼlumot beradi. Oʻzbek tilida tinish belgilarining miqdori va qoʻllanish usuli, tinish belgilarining qoʻllanish oʻrniga, usuliga, tuzilishiga, vazifasiga koʻra tasnifini berishga harakat qiladi. Xullas, olimning tinish belgilari xususidagi fikri bugun ham oʻz kuchida turganligi, hattoki zamonaviy tilshunoslik oʻzbekcha istilohlarni qoʻllashda Fitratdan namuna olsa arziydi. Uslubiyat - tilda mavjud boʻlgan barcha vositalar - leksil grammatik fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish zarurligini, maʼlum bir tipdagi shakl, soʻz va toʻz ilmalardan qaysi birini qoʻllash muvofiq ekanini oʻrgatuvchi bir ilmdir. Fitrat uslublarning umumiy, xususiy belgilarini farqlab shunday yozadi: “Uslubning sinfga, zamonga, millatga, shaxsga, xatto bir shaxsning sochim, tizimiga koʻra oʻzgarib turgani koʻrildi. Shuncha oʻzgarishgan, bir xolda turmagʻur boʻlgan uslubning xususiy, umumiy hollarini ajratib, aniqlab qoida shaklida koʻrsatmak mumkin boʻlmagan bir ishdir. Ogʻirdir”. Uslubshunoslik ham, adabiyot ham tilshunoslikning ajralmas bir boʻlagidir. Tilshunoslikning uslubiyat qismi maʼlum nutqiy aloqa muhitiga mos keluvchi til birliklarini tanlash normasiga ega. Shunga koʻra, badiiy, soʻzlashuv, ilmiy, publitsistik rasmiy-ish uslublari farqlanadi. Faqat badiiy va ilmiy uslublarni farqlab shuday yozadi: “Umuman, jugʻrofiya, hisob, xandasa kabi ilmiy, fanniy masalalar toʻgʻrisida yozilgan asarlarning uslubi bilan adabiy, sheʼriy parchalarning uslubi orasida koʻzga koʻrinarlik ayirma bor. Fanniy, ilmiy asarlardan maqsad tuygʻularimizni oʻquvchilarga oʻtkarib, ularda bir turli xayajon (ruhiy toʻlqin) qoʻzgʻatmak emas, ilmiy bir haqiqatni onglatishdir. Mana shu ayirmani koʻzda tutub, adabiyot kitoblarida uslubni “sodda uslub”, “bezalgan yo tasviriy uslub” deb ikkiga ajratadilar”. Olim tilga olgan bu masalalar tilshunoslik yoʻnalishida borsa ham, adabiyotshunoslik yoʻnalishida oʻrganilsa ham Fitrat davri darajasida oʻrganilgan emas. Xozirgi filologiyamiz badiiy til vositalari yoki tasviriy vositalar deb oʻrganilayotgan hodisalarini Fitrat “uslubning xususiy hollari” tarzida bayon etadi. Uslubning xususiy hollari sifatida sifatlash, oʻxshatish, istiora, kinoya, majoz, jonlantirish, soʻrash, mubolagʻa, undash, qarshiliq qaytish, kesish kabi unsurlar tahliliga kirishibgina qolmay, ularga zamonaviy adabiyotdan misollar beradi va ularni mumtoz adabiyotdai olgan misollar bilan qiyoslab, munosib bahosini beradi. Fitrat oʻz ining “Tilimiz” maqolasida har bir tilning boyligi, mukammalligi va ishlatilish doirasining kengligi bilan belpshanishi harshda fikr yuritadi. Oʻzbek tili ana shu mezonlarga javob beruvchi ekanligini oʻz vaqtida Alisher Navoiy oʻz ining “Muhokamatul lugʻatayn” asarida taʼkidlaganiga qaramay Fitrat: “Dunyoning eng boy tili turkchadir, eng baxtsiz tili yana xud turkchadir”, - degan xulosaga keladi. Shundan soʻng turkcha (Oʻzbek) tilning boyligini kursatuvchi omillarni birma bir sanab oʻtadi. Bu boylik tilimiz leksikasi va grammatikasida mavjudligini alohida taʼkidlaydi. Soʻngra turkcha (Oʻzbek) tilining baxtsizligini koʻrsatuvchi omillarga toʻxtaladi. “Turkchaning baxtsizligi arab bosquni bilan bogʻlangandir. Dunyoning eng boy tili boʻlgʻon turkchamiz yolgʻoʻz arabcha kimruqlari bilan emas, forsiycha tepkilar bilan dahi ezilmishdir. Turk dunyosining ulugʻ hakimlari boʻlgʻon Farobiy bilan Abu Ali oʻz asarlarini arabcha yozarga qoʻl qoʻygan edilar”. Ilmiy istilohlarning turkchasi yoʻq - degan gʻoya asosida 20 - yillarning oxiridan boshlab rus-baynalminal atamalar bilan almashtirildi. Bunga javoban Fitrat shunday yozadi: “Kim dedi buni? Shamsning turkchasi quyoshdir. Kavokibning turkchasi yulduzlardir. Moyenorning turkchasi suyux oʻtdir. Saxobi maʼni – yorugʻ bulut. Handasa – oʻlchov, xat, chizik. Zoviya – burchak, puchmoqdir. Kavkabi sobita - turguvchi yulduzlar. Kavkabi zuzayib - quyruqli yulduzlardir”. Bu fikrlar Fitratning Oʻzbek tilining sofligi uchun kurashi, atamashunoslikdagi faoliyati, tilni ham nazariy, ham amaliy jihatdan teran bilishini namoyon etadi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling