B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Toshkent tilshunoslik maktabi vakillarining lingvistik qarashlari
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- YEVGENIY DMITRIEVICh POLIVANOV (1891-1938)
Toshkent tilshunoslik maktabi vakillarining lingvistik qarashlari.
1920-yil 7-sentyabrda Toshkent shahrida Davlat universitetining ochilishi bilan yirik ilmiy markaz vujudga keldi. Keyinchalik Oʻzbekiston Madaniy qurilish ilmiy-tekshirish instituti Samarqanddan Toshkentga koʻchirilishi natijasida Toshkent tilshunoslk maktabi ham shakllandi va rivojlandi. Bunda Toshkent davlat universiteti, Til va adabiyot instituti yetakchi roʻl oʻynadi. Ilmiy maktabning shakllanishida S.E.Malov, Ye.D.Polivanov, A.K.Borovkov, Kayum Ramazon, V.V.Reshetov, K.K.Yudaxin, Bozi Olim Yunusov, F.Kamolov, A.Gʻulomov kabilarning oʻz oʻrni mavjud. Toshkent tilshunoslik maktabining asoschilaridan biri Ye.Polivanovdir. YEVGENIY DMITRIEVICh POLIVANOV (1891-1938) • Mashhur turkiyshunos olim, oʻzbek tilshunosligi Toshkent maktabi asoschilaridan biri Ye.D.Polivanovdir. U Peterburg universiteti (1912) va ayni vaqtda Amaliy sharq akademiyasining yapon boʻlimini tamomlagan. 1914-1916 yillarda ilmiy safar bilan Yaponiya, Koreya va Xitoyda boʻlgan. Bu davrda yapon, koreys, xitoy tillari boʻyicha 20 dan ortiq ilmiy ishlar nashr qildirgan. Soʻngra universitetning qiyosiy tilshunoslik kafedrasida ishlagan. Peterburg universiteti professori (1919). 1921 yili Komintern apparatida ishlagan va shu yili Komitet yoʻllanmasi bilan Toshkentga keladi. Shu davrdan boshlab 1934 yilgacha uning taqdiri Oʻzbekistan bilan bogʻlangan. Ye.D.Polivanov 1921-24 yillar Turkiston Maorif xalq komissarligining darsliklar, dasturlar va metodik qoʻllanmalar tayyorlaydigan Davlat ilmiy kengashi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlab, oʻzbek maktablari uchun rus tili, rus maktablari uchun oʻzbek tili darsliklari yozdi. 1923 yili Markaziy Osiyo xududidagi barcha til va shevalarni oʻrganish dasturini toʻz ib, uni amalga oshirishga kirishdi. Natijada oʻzbek tilining barcha shevalarini, Buxoro yaxudiylarining tilini, Samarqand, Xoʻjand singari tojik shevalarini tadqiq qildi. U 1925 yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti professori sifatida faoliyat koʻrsatdi. Olim Oʻzbekiston Davlat ilmiy tekshirish institutining tilshunoslik sektoriga rahbar (1929-31), Oʻzbekiston Madaniy qurilishi ilmiy tekshirish instituti tilshunoslik seksiyasi professori, aspirantura orqali kadrlar tayyorlash guruhi muallimi (1931-34) boʻlib ishladi. Bu davrda U.Tursunov, F.Kamolov, A.Bulomov, V.V.Reshetov, S.Zufarov, Z.Maʼrufov, H.Gʻoziev, S.Mutallibov kabi olimlarimiz Ye.D.Polivanovning oʻsha vaqtdagi maʼruzalaridan bahramand boʻlishgan edi. Ye.D.Polivanov 1934 yildan to umrining oxirigacha Qirgʻiziston Madaniy qurilish instituti professori sifatida faoliyat koʻrsatgan. Ye.D.Polivanov N.Ya.Marrning “Yangi nazariyasi”ga qarshi chiqqan va bu nazariyaning koʻpgina qoidalari noilmiy ekanini isbotlagan. Shuning uchun marrchilar Ye.D.Polivanovni “burjuaziya olimi”, “qoraguruhchi idealist-lingvist”, - deb qoralaganlar. U universitetlarda ma’ruza oʻqishdan chetlashtirilgan, ishlab turgan barcha lavozimlaridan boʻshatilgan, asarlarini nashr etish toʻxtatib qoʻyilgan. Shunday boʻlsada ijod qilishdan toʻxtamagan. Ye.D.Polivanov Oʻzbekistonga kelgan kundan boshlab oʻzbek tilini, bu tilning Toshkent shevasini, Toshkent tarixini oʻrganishga kirishdi. Natijada uning “Toshkent dialektining tovushlar tarkibi” (1922), “Toshkent dialekti boʻyicha fonetik yozuv namunalari” (1924), “Toshkent tarixidan ocherklar” (1925), “Toshkent nomining kelib chiqishi” (1927) kabi ishlarini nashr qildirdi. U oʻzbek tili va shevalarini oʻrganishni Toshkent lahjasidan boshladi. Buning sababini koʻrsatib olim “...adabiy til boʻlish mavqei Toshkent dialektiga nasib etgan”, - deb qatʼiy ishongan. Uning “Oʻzbek tilini oʻrganishga kirishish”, “Oʻzbek tilining qisqacha grammatikasi” (I, II, III) asarlari ham Toshkent lahjasi materiallari asosida yozilgan. Ye.D.Polivanov oʻzining “Oʻzbek tilining qisqacha grammatikasi” asari I qismida Oʻzbek adabiy tiliga xos faktlar keltiradi. Qadimgi turkiy soʻzlar boshida y undoshi qoʻllanilganmi yoki j, yoinki ch, yo boshqa bir undosh ishlatilganmi, degan masalani ham uzil-kesil hal etilmagan. Holbuki, Ye.D.Polivanov oʻsha paytdayoq, y>dj >j deb aniq, koʻrsatgan edi. Hozirgi alifbomizda oʻz oʻrnini topmagan, yozuvimizda ikkita n va g xarflari bilan ifodalangan ng xarfiy belgisi n+g dan iborat tovush birikmasi emas, balki n va g undoshlari qoʻshilib birgalikda, yahlit talaffuz etiladigan bitta sagʻir nun (n) tovushidir, degan edi Ye.D.Polivanov. “Oʻzbek tilining qisqacha grammatikasi” asarining 2-qismida ham oʻz qiymatini yoʻqotmagan fikrlar mavjud. Ular quyidagilardan iborat, deb oʻylaymiz: Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling