B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.92 Mb.
bet41/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

AYUB GʻULOMOV
Ayub Gʻulomov (1914-1986) oʻzbek tilshunosligining atoqli vakili boʻlib, fanimizning qator sohalari – fonetika, morfologiya, soʻz yasalishi, sintaksis va leksikografiya boʻyicha asarlar yaratgan, tilshunosligimiz taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan ustoz olimdir.
Ayub Gʻulomov Toshkentda tugʻuldi. 1936 yilda kechki pedagogika institutining til va adabiyot fakultetini tugatdi. 1940 yilda prof. A.K.Borovkov rahbarligida “Oʻzbek tilida aniqlovchilar” mavzusida nomzodlik 1957 yilda Moskvada “Oʻzbek tilida tarixiy soʻz yasalish masalalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
Ayub Gʻulomovning lisoniy qarashlari, asosan, quyidagi asarlarda oʻz ifodasini topgan: 1.”Oʻzbek tilida aniqlovchilar”(1940). 2. “Oʻzbek tilda kelishiklar”(1941). 3. “Oʻzbek tilida urgʻu”(1947). 4. “Sodda gap sintaksisi” (1948). 5. “Oʻzbek tilida koʻplik kategoriyasi” (1947). 6. “Oʻzbek tilida soʻz yasash usullari” (1949). 7. “Fe’l” (1945). 8. “Sodda gap” (1955). 9. “Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Sintaksis” (hamkor, 1965, 2-nashri). 10. “Oʻzbek tili grammatikasi” (1-tom. Morfologiya, hamkor, 1975). 11. “Oʻzbek tili morfem lugʻati” (hamkor, 1973) va boshqalar.
Ayub Gʻulomov oʻtkir xotira egasi va yetuk notiq – ma’ruzachi sifatida tinglovchilarga, talabalarga lisoniy hodisalar haqida aniq, mantiqli, faktlarga boy ma’lumotlar, ilmiy – amaliy asoslangan fikrlarni bera oladi. U nazariy jihatdan ham moʻqammal boʻlib, til hodisalarni chuqur va puxta tahlil qila olishi va ulardan ishonarli, asosli xulosalar chiqara olishi bilan ajralib turardi. Albatta bularning asosida, birinchi navbatda, uning til nazariyasidan keng va har tomonlama bilimga egaligi hamda nazariy yoʻnalishda katta tayyorgarlik maktabini oʻtaganligi koʻrinib turardi. Jumladan, olim “Oʻzbek tilida urgʻu” asarida akad. V.V.Radlovning turkiy tillarda urgʻuning semantik va grammatik funksiyaga ega emasligi haqidagi fikriga e’tiroz bildirib, urgʻuning soʻz ma’nolarini, grammatik holatlarni differensiatsiya qilishdagi rolini koʻrsatadi”. Tilimizdagi urgʻuning soʻz va mantiq urgʻusi kabi turlarga boʻlinishi, ularda nutqning oʻrni, vazifasi va boshqalar puxta yoritib beriladi.
Ayub Gʻulomov morfemika masalalariga ham alohida e’tibor berib, oʻzbek tilshunosligiga soʻzning kichik ma’noli qismlarini anglatish uchun xizmat qiladigan morfemika terminini olib kirdi va u haqda ma’lumot berdi. Masalan, “Morfemika soʻzning eng kichik ma’noli qismlari haqidagi ta’limotdir. Bu kichik qismlar morfemalardir. Bu morfemalar turli koʻrinishlarga ham ega boʻladi. Masalan, ishla soʻzidagi –la elementi hayda soʻzida –da morfemasida kelgan (lekin hay-hayla fe’lida yana –la tusida qoʻllangan), hozir ajralmaydigan unda soʻzida ham aslida shu –da affiksi bor (un - ovoz). Bu –la va –da koʻrinishlari umumiy tarzda morfema deyiladi. Buning har bir koʻrinishi esa morf sanaladi. Demak morfema morflarning yigʻindisidir. Bu turli koʻrinishdagi qismlar, morflar, bir-biriga nisbatan al-lomorflar sanaladi”.
Oʻzbek tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri soʻz yasalishi masalasidir.
Olim ishlarida ushbu masalaga ham alohida e’tibor beradi va shu yoʻnalishda salmoqli monografik tadqiqotlar yaratadi. U oʻzbek tilshunosligida birinchi boʻlib, soʻz yasalish masalasini jiddiy muammo sifatida “koʻtarib”, uni fonetika, morfologiya va boshqa sohalar kabi alohida boʻlim sifatida ajratadi va yoritadi. Boshqacha aytganda, “Oʻzbek tilshunosligida soʻz yasalishi boʻlimining shakllanishi, bu boʻlimga doir atamalar tizimining izga solinishida prof.Ayub Gʻulomovning xizmati katta boʻldi”.
Muallif oʻzbek tilidagi soʻz yasalishining beshta turini qayd etadi. Bular: 1.Morfologiya, 2. Sintaktik 3.Leksik 4. Semantik 5. Fonetik usullaridir. Demaq ushbu usullardan – aytilganlardan soʻz yasalishi haqiqatdan ham alohida, oʻziga xos soha ekanligi kelib chiqadi.
Ayub Gʻulomov oʻzbek tili sintaksisiga oid hodisalarni ham ilmiy asosda atroflicha oʻrganish masalasiga jiddiy yondashdi. Aniqrogʻi, sintaktik sath birliklarini Ovrupo tilshunosligining yutuqlari asosida chuqur oʻrganish ham ushbu olimning nomi bilan bogʻliqdir. U “Oʻzbek tilida aniqlovchilar” mavzusidagi dissertatsiyasi hamda bu dissertatsiya asosida maydonga kelgan xuddi shu nomdagi risolasi, “Oʻzbek tilida soʻz tartibi”, “Sodda gap” kabi ishlari bilan oʻzbek ilmiy sintaksisining poydevorini yaratdi.
Ayniqsa, olimning hamkorlikda yaratgan “Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Sintaksis” asari shu sohadagi dastlabki darslik boʻlib, shu kungacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan fundamental tadqiqot hisoblanadi. Asarda sintaksis hamda soʻz birikmasi, gap, gaplarning toʻz ilishi va maqsadga koʻra turlari, sodda gap, gap boʻlaklari, qoʻshma gap, ularning turlari va boshqalar haqida mukammal ma’lumot beriladi. “Kitobning vazifasi, -deydi muallif, oʻzbek adabiy tili sintaksisining hozirgi holotini hamda shu hodisalarning oʻsish jarayonini koʻrsatishidir”. Haqiqatan, ishda oʻzbek adabiy tili sintksisining oʻz davridagi holati, “qiyofasi” ilk bor ilmiy – nazariy, amaliy asosida chuqur yoritib beriladi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling