B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Samarqand va toshkent tilshunoslik maktabi vakillarining izdoshlari
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
Samarqand va toshkent tilshunoslik maktabi vakillarining izdoshlari.
Samarqand tilshunoslik maktabining sanab oʻtilgan toliblari oʻz ustozlari izidan borib, tilshunoslikning barcha sohalarida qalam tebratib keldi va kelmoqdalar. Oʻzbek tili tarixi. oʻzbek tili tarixini oʻrganishda Samarqand tilshunoslik maktabining yirik vakillari U.Tursunov, J.Muxtorov, B.Abduraxmonov, B.Oʻrinboev, J.Hamdamov, N.Abduraxmonov, U.Sanaqulov, Q.Usmonov kabilarning xizmatlari kattadir. Ular tomonidan Oʻzbek adabiy tili tarixini aks ettiruvchi asarlar (U.Tursunov, J.Muxtorov, B.Urinboev, U.Sanakulov), Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasiga doir darsliklar (B.Abduraxmonov, Sh.Shukurov), Oʻzbek tilidagi sifatdoshlarning tarixiy taraqqiyoti (J.Muxtorov), eski Oʻzbek tilida ot shakllari va ravishdosh (J.Hamdamov), Alisher Navoiyning adabiy tili haqida (X.Doniyorov, U.Sanaqulov) kabi ishlar maydonga keldi. Til tarixini o’rganishda katta muvaffaqiyatlarni kulga kiritdilar, qator yozma yodgorliklarning tillaridagi fonetik grammatik va leksik xususiyatlarni aniqlashda kup ishlar bajarildi. Yozma manbalarning til xususiyatlarini ilmiy - tekshirishda davom etish bilan birga, mavjud materiallar asosida “Oʻzbek adabiy tili tarixi”dan kullayama (18), dastur (53), darslik (37), “Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi”dan darslik (3) maydonga keldi. Fonetika. Oʻzbek tili fonetikasini o’rganishda A.Fitrat, F.O.Yunusov, U.Tursunov, X.Doniyorov kabi Samarqand tilshunoslik maktabi vakillarining urni bor. Ular unli tovushlar, s, j, p, f undoshlarining qo’llanishi va farqli tomonlari haqida qimmatli fikrlar bildirgan. U.Tursunov va X.Doniyorovshshg “Oʻzbek tvlidagi singarmonizm xakida” (1959), mualliflar jamoasining Hozirgi Oʻzbek adabiy tili” (1980) kabi ishlar fikrimizning dalilidir. Ularda fonetika, grafika, orfografiya, orfoepiya, singarmonizm- muammolari oʻz ifodasini topgan (46:33-103). Grammatika. Samarqand tilshunoslari Oʻzbek dialekt va shevalarini keng doirada o’rganish, Oʻzbek yozuvini yanada mustaxkamlash, Oʻzbek tili grammatikasining masalalarini ishlab chikish, Oʻzbek adabiy tili tarixini chukurrok o’rganish kabi soxalar buyicha katta ishlar kildilar. Oʻzbek tili grammatik kurilishi masalalari A.Fitratning “Oʻzbek tili grammatikasi” (sarf va naxv), Ye.D.Pshivanovning “Oʻzbek tilining kiska grammatikasi” (I, II, III), A. Saʼdiyning “Turkiy tillarning qonunlarini tuzilishiga asoslar haqida”, U.Tursunovning “Oʻzbek chada feʼllarning yasalishi”, “Oʻzbek tilida soʻz turkumlarining yasalishi”, “Oʻzbek tilida kumakchilar” kabi ishlarda oʻz aksini topdi. Samarqand tilshunoslari asrimizning 50-yillaridan soʻng juda samarali mexnat kildilar. Bu davrda morfologiya va sintaksisning teng munosabatda bulishi, soʻz ning tub va yasama bulishi, soʻz yasalish usullari, soʻz turkumlari, ran va soʻz birikmasi taxdiliga doyr fikrlar oʻz aksini topgan ishlar maydonga keldi. Jumladan, “Xozirgi Oʻzbek adabiy tilida feʼlning utgan zamon ketegoriyasi”, “Xozirgi Oʻzbek adabiy tilida koʻmakchilar” “Hozirgi oʻzbek adabiy tilida substantivatsiya” (Abduraxmonov F.), “Hozirga oʻzbek tilida bogʻlovchilar” (Muxtorov J.), “Xozirgi oʻzbek adabiy tilida uyushgan bosh boʻlaklar” (Ubaeva F.), “Yozuvchi Oydin prozasida frazeologizmlar” (Xusainov M.), “Xozirgi Oʻzbek tilida feʼl birikmalari” (Abdullaev A.), Hozirgi Oʻzbek tilida infinitivlar” (Istokov F.), “Hozirgi oʻzbek adabiy tilida undalma” (Sayfullaev R.), “Hozirgi Oʻzbek adabiy tilida tasviriy soʻzlar” (Qungurov R.), “Oʻzbek tilida feʼlning buyruq mayli” (Xujaev T.), “Hozirgi oʻzbek tilida vokativ kategoriya” (Oʻrinboev B.), “Oʻzbek xalq shevalarining sintaktik xususiyatlari” (Abdurahmonov X. “Oʻzbek tilida ravish xoli” (Muminova M.), “Xozirgi oʻzbek adabiy tilida olmoshlar” (Suyarov I.), “Oʻzbek tilida joʻnalish kelishigi” (Ziyoeva I.), “Hozirgi oʻzbek adabiy tilida dialogik nutq” (Xazratkulov A.), “Hozirga oʻzbek adabiy tilida maqsad va sabab xoli” (Amirova O.), “Hozirgi oʻzbek adabiy tilida harakat feʼllari” (Xolikov Q.), “Hozirgi oʻzbek adabiy tilida bogʻlangan qoʻshma gap qurilishi” (Ravshanova S.), “Hozirgi Oʻzbek adabiy tilida oʻzga gaplar” (Isroilov O.) kabi dissertatsiyalar himoya qilindi va ularning ilmiy maqolalari, monografiyalari, oʻquv qullanmalari yaratildi. Jumladan, U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Raxmatudlaevlarning “Xozirgi Oʻzbek adabiy tili” (1975), Abduraxmonov F., Sulaymonov, Xoliyorov X, Omonturdiev.J, “Xozirgi oʻzbek adabiy tili” (1979), Shoabduraxmonov Sh., Askarova M., Xojiev A., Rasulov I., X. Doniyorovlarning “Hozirgi Oʻzbek adabiy tili” (1980), V.Egamovning “Xozirgi Oʻzbek adabiy tili sintaksisi”dan qoʻllanma, B.Oʻrinboevning “Hozirgi Oʻzbek adabiy tili sintaksisidan leksiyalar (Soʻz birikmasi va sodda gap)” o’quv qo’llanmasii (1990), “Xozirgi Oʻzbek adabiy tili sintaksisidan maʼruzalar (koʻshma gaplar)” o’quv qo’llanmasii (1991), kabilar maydonga keldi. Bular Oʻzbek tili grammatikasini yoritishda Samarqand tilshunoslarining hissasi naqadar katta ekanligidan dalolat beradi. Leksikografiya. Samarqand tilshunoslik maktabi vakillari Oʻzbek tili leksikologiyasini o’rganish sohasida sezilarli ish kildilar. Natijada U.Tursunov rahbarligida va ishtirokida “Oʻzbek tilvda omonimlarning rivojlanish yullari” (1964), “Xozirgi Oʻzbek adabiy tilida omonimlarning yoʻz aga kelish usullari” (1966), “Navoiy omonimlar haqida” (1967), “Oʻzbek tili leksikasining baʼzi masalalari” (1971) kabi ishlar maydonga keldi. Ularda Oʻzbek tili leksikasidagi polisemiya, sinonimlar, antonimlar, terminslogi kabi masalalar haqida atroflicha maьlumot beriladi. Dialektologiya. Adabiy til barcha shevalardan, shu jumladan, oʻz iga asos bulgan shevalardan ustun turadi va u bu shevalarga nasib etmagan oʻz iga xos umumlashtiruvchi konuniyatlarga egaki, buni tilshunoslar yukotib yuborishga kodir emas, ular fakat shu konuniyatlarni yoritib berishga, adabiy til huquqlarini himoya qilishga vakil qilingan. Buning uchun ana shu vakillar Oʻzbek xalq lahjalarini atroflicha o’rganishlari darkor. Bu muxim ishning tashabbuskori Ye.D.Polivanov, B.O.Yunusov, U.Tursunovlar bulgan edilar. Ular lahjalarni o’rganish maqsadida ko’plab dialektologik ekspeditsiyalar uyushtirganlar. Natijada “Oʻzbek tilining G’allaorol shevasi” (Egamov “Oʻzbek tilining Qarnob shevasi” (Rajabov N.), “Oʻzbek tilining Jush shevasi” (Axmedov M.), “Oʻzbek tilining Nayman shevasi” (Valiev M.), “Janubiy Korakalpogiston Oʻzbek shevalari” (Urazov E.), “Oʻzbek shevalarida feʼlning xozirgi zamon shakllari” (Usmonov K.), “Oʻzbek xalq shevalarida fonetik jarayonlar” (Xamroev X-), “O’zbek tilining turk-kaltatoy shevasi” (Juraev X.), “Oʻzbek adabiy tili tarakkiyotida sharkiy-qipchoq shevalaraning ishtiroki” (Doniyorov X.), “Oʻzbek xalq shevalarida ot va feʼllarning morfologik kurilishi” (Rajabov N.), “Oʻzbek tili turk-kaltatoy shevasining grammatik xususiyatlari” (B.Oʻrinboev, X. Juraev), “Qipchok dialektlarining leksikasi” (Doniyorov X.), “Oʻzbek tilining gʻarbiy Samarqand shevalari” (Rajabov N.) singari asarlar maydonga keldi. Atamashunoslik. Oʻzbek tilshunosligida atamashunoslikka doyr fikrlar rus-baynalminal soʻz “termin”, arabcha “istilox”, Oʻzbekcha “atama” soʻzlari orqali bayon etilgan. Asrimizning 20- va 30- yillarida atama kabul kilish va uni kullash mezonlari ishlab chikdldi. Bu ishda A.Fitrat, F.O.Yunusov, U.Tursunov faol katnashgan. A. Fitrat oʻz ining “Oʻzbek tili koidalari tugrisida bir tajriba”, B.O.Yunusov “Yuridik terminlar lugati”, U.Tursunov “Til bilimvda yangi okim”, “Til va terminologiyada burjua intilishlariga karshi”, “Terminologiya masalalari” nomli asarlarida atamashunoslikning dolzarb masalalari yoritilgan. Ularda Oʻzbek tilshunoslik fanini xar kanday kosmopolitizmdan, milliy burjuachilik taʼsiridan kutkarish, uning chinakam Oʻzbek xalqi mulki ekanligi, Oʻzbek tili jaxon madaniyati xazinasining eng qulay vositalaridan biri ekanligi isbotlanadi. Keyingi yillarda “Oʻzbek terminologiyasining boyish yoʻllari” (U.Tursunov), “Oʻzbek tili terminologiyasi” (T.Oʻrinov) kabi ishlar paydo boʻldi. Ularda oʻzbek adabiy tili atamalarining boyish manbalari va xar bir manba asosida boyish usullari xilma- xilligi, Oʻzbek adabiy tiliga atama qabul qilishning umumiy hamda xususiy mezonlarini ilmiy ravishda ishlab chikish zarurligi kursatiladi. Uslubiyat. Oʻzbek milliy adabiy tilining uslubiyati soxasida xam sezilarli ishlar qilindi. Samarqand tilshunoslik maktabida uslubiyat ishini oʻz ining “Adabiyot koidalari” asari bilan A.Fitrat boshlab bergan. Ushbu muammo atrofidagi ishlar 50-yillardan sung ancha kuchaydi. Natijada “Yozuvchi Oydin prozasida frazeologizmlar” (M. Xusainov), “Kechirilmas gunohlar” pyesasining tili haqida baʼzi mulohazalar” (R.Kungurov), “Maptal” romanining til xususiyatlari xakdda” (X.Doniyorov), “Askad Muxtor “Opa singillar” asarining tili va uslubi” (U.Nosirov), “Shuxrat “Oltin zanglamas” romanining tili va uslubi” (M.To’ychiev), “Said Axmad asarlarining tili va uslubi”, “Badiiy nutq stilistikasi” (B.Yuldoshev), “Soʻz sanʼati” (S.Mirzaev, X.Doniyorov), “Oʻzbek badiiy adabiyot leksikasining stilistik differentsiatsiyasi” (JI.Abdullaeva), “Subьektiv baxo formalaraning semantik va stilistik xususiyatlari”, “Oʻzbek tili ot soʻz turkumdtsa forma yasovchi morfemalarning semantik-stilistik xususiyatlari” (R.Kungurov), “Dozirgi Oʻzbek tilining soʻz lashuv uslubi” (B.Urinboev, D.Urinboeva), “Nutq madaniyati asoslari” (R.Kun*urov, S.Karimov, T.Kurbonov), “Oʻzbek tilining badiiy uslubi” (S.Karimov), “Oʻzbek tili stilistikasi va nutq madaniyati. Bibliografik kursatkich” (R.Kungurov, S.Karimov) kabi kugshab ishlar maydonga keldi. Eng muximi yozilgan ishlar orasida “Oʻzbek tili stilistikasi” (47), “Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari” (54) nomli xullanmalar yaratildi. Bu ishlar oliy o’quv yurtlarida uslubiyat asoslarini ukitishda muxim manba bulib xizmat kdladi. Shuning uchun “uslubiyat soxasidagi Samarqand maktabining samarali xizmatlarini mamnuilik bilan tilga olgan xolda, bu soxada xam xal kilinmagan masalalar kup ekanligini qayd etmok;chimnz”, deb ukdiriladi (5:11). Oʻzbek tili frazeologik boylishni tuplash va o’rganish soxasida Xam birmuncha ishlar k.ilindi. Bu soxada X-Berdiyorov, U.Tursunov, M.Xusainov, A,Bushuy, B.Yuldoshev, A.Mamatov, A.Isaev kabilarning xizmati katta. XX asrning 20-yillarida Oʻzbek tilshunosligining muammoli masalalarini tugri xal kdshish uchun asosiy eʼtibor maxsus markaz toʻz ishga va kadrlar yetishtirishga karatildi. Natijada 1925 yil Oʻzbek iston xalq maorif komissarliga xoʻz urida ilmiy markaz toʻz ildi. Bu markaz koshida Oʻzbek larni o’rganish komiteta barpo etildi. Bunda Ye.D.Polivanov faoliyat boshladi. 1929 yili Oʻzbek iston Davlat ilmiy tadqiqot institutining tarkibiy kdsmi sifatida til va adabiyot sektori toʻz ildi. 1931 yili Oʻzbek iston madaniy kurilish instituti (Oʻz NIIKS) tashkil etildi. 1934 yili mazkur institutning til va adabiyot sektori Oʻzbek iston Fanlar Komiteti xoʻz uridagi til va adabiyot ilmiy - tekshirish instshugaga aylantirildi. Shu tarzda Oʻzbek tili masalalari A.S.Pushkin nomvdagi til va adabiyot institutida, Toshkent universitetida urgashsha boshladi. Ularda Toshkent tilshunoslik maktabi oyokda turdi. Ularda Oʻzbek tilining turli soxalariga bagishlangan yirik ilmiy ishlar, darsliklar, lugatlar, kullanmalar yaratildi. Bu asarlarda Oʻzbek tilshunosligining nazariy va amaliy muammolari oʻz yechimini topdi. Oʻz obʼekta va metodiga ega bulgan xamda bir-biridan fark kdyaadigan tilshunoslik fanining bulimlari yoʻz aga keldi. Oʻzbek tilining fonetikasi soxasida sezilarli ishlar kdlindi. Bu soxada V.V.Reshetov, A.Klimenko, A.Maxmudov, S.Otamirzaeva, V.M.Popovlarning ishlari dikkatga sazovordir. Fonetika masalalari A. Maxmudov ishlarida monografik planda urganilgan bulsa, kolgan avtorlarning ishlarida tasviriy planda oʻrganilgandir. Oʻzbek tili leksikasi boʻyicha xozirgacha ancha ishlar qilingan. A.S.Pushkin nomidagi til va adabiyot instituti tomonidan nashr etilgan “Xozirgi zamon Oʻzbek tili” (1957), “Xozirgi Oʻzbek adabiy tili” (1966), “Oʻzbek leksikologiyasi” (1981) kitoblarvda Oʻzbek tili leksikasi barcha nlmiy aspektlarda normativ - tasviriy plavda yoritilgan. Til leksik xususiyatlari shu kunga kddar A.K.Borovkov, F.Kamolov, F.Abdullaev, M.Mirzaev, O.Usmonov, I.Rasulov, ADojiev, E.Begmatov, S.Ibroxlmov, I.Ismoilov, M.Mirtojiev, T.Mullaev, G.Muxammadjonova, I.Isroilov, M.Pulatov, N.Bulomova, N.Ismatullaev, N.Mamatov, T.Dadaxonova-Tursunova, N.Bakaeva, S.Rʼoyibov, Yo.D.Pinxasov va boshka Kator tilshunoslarning ishlarida ancha atroflicha tadkik kilingan. Oʻzbek tilida baynalminal soʻz lar (I.Israilov, M.Pulatov, N.Rulomova), eskirgan soʻz lar (E.Kdlichev), kasb-xunar leksikasi (S.Ibroximov, M.Asomiddinova, N.Mamatov, T.Dadajonova, N.Bakoeva), oʻz leksik katlam va antrononimlar (E.Begmatov), toponimlar (S.Koraev, T.Nafasov, Z.Dusimov, K.Xurramov, T.Raxmatov), sinonim soʻz lar (S.ysamuxammedova), antonim soʻz lar (B.Isabekov, R.Shukurov), polisemantik soʻz lar (T.Alikulov, M.Mirtojiev, I.Abduraxmonov, R.Yunusov, S.Tuychiev), soʻz maʼnosi va uning valentligi (I.Kuchkorgoev, R.Rasulov) masalalari buyicha monofafik ishlar yaratildi. Oʻzbek tili frazeologak boyligini tuplash va o’rganish soxasvda xam birmuncha ishlar kilindi. Bu soxada Sh.Raxmatullaev, A.Shomaksudov, M.Xakimov, I.Kuchkortoevlarning xizmati kattadir. Oʻzbek tili leksikofafiyasini )fganish oʻz ok tarixga egadir. Oʻzbek tilida nashr etilgan birinchi lugat Nazir Turakulov (1922) kalamiga mansub. Keyinrok M.Xasan (1926), Rozi OLIM Yunusov (1926), Ye.D.Potivanov (1926), K.K.Yudaxin (1927), A.Zoxiriy (1927) lugatlari nashr etildi. Bu ish 30-yillarda xam davom ettirildi. Ular orasida Toshmuxammad Qori Niyoziyning riyoziyot atamalari lugati (1931), Xusaynxon Niyoziyning fizika terminlari lugati (1932), A.Askarov va P.Najmiddinovning anatomiya terminlari lugati (1933), N. Sayfulmulukovning paxtachilik terminlari lugati (1933), Amir Najibning mexanika terminlari lugati (1934), N.Kolosovskiy va Z.Saidnosirovning kimyo terminlari lugati (1935), T.Zoxidovning zoologiya terminlari lugati (1938) va boshka kupgina lugatlar bor. Oʻzbek leksikofafiyasi Ulug Vatan urushidan keyingi yillarda koʻz ga kurinarli natijalarga erishdi. Sunggi yillarda kupgina yirik terminologik lugatlar yaratildi. Ular orasida anatomiya, geologiya, ximiya, zoologiya, botanika, paxtachiliq meditsina, moʻz ika, sport, grammatik terminlar va boshka lugatlar mavjud. Oʻzbek tili soʻz boyligini tuda kamrab algan ruscha lugatlar (1941, 1954, 1950-55, 1981), Oʻzbek cha-ruscha lugatlar (1927, 1935, 1940, 1959) toʻz ildi va nashr etildi. Oʻzbek tili sinonimlar lugati (ADojiev), antonimlar lugati (N.Mamatov, R.Shukurov), omonim va paronimlar lugati (M.Mirtojiev), frazeologizmlar lugati (Sh.Raxmatullaev), ijtimoiy-siyosiy terminlar lugati (O.Usmon, R.Doniyorov) kabi maxsus lugatlar yaratildi. Oʻzbek tili leksikografiyasining ilmiy printsiplarini ishlab chikish soxasida birmuncha ishlar kilindi. Bu sohada A.K.Borovkov, K.K.Yudaxin, V.V.Reshetov, Z.Maʼrufov, O.Usmonov, S.Akobirov, G.M.Mixaylov, R.Doniyorov, K.O.Sharafutdinova, I.Xamdamova, A.Xujaxonov kabilarning xizmati katta buldi. Oʻzbek leksikografiyasi ershpgan yutukning natijasi sifatida ikki tomli “Oʻzbek tilining izoxli lugati” (1981) nashr etildi. Bu lugatda 60 ming soʻz va soʻz birikmasi jamlangan va izoxdangan. Buvdan tashqari, un turt tomdan iborat “Oʻzbek sovet entsiklopediyasi” yaratildi. Oʻzbek tili grammatikasi soxasida ancha ishlar kilindi. Maktab va aliy o’quv yurtlari uchun darsliklar yaratildi. Oʻzbek tilshunosligida grammatik tadkikotlar soʻz tarkibi, soʻz yasalishi, soʻz turkumlari va sintaksis buyicha birkancha takiqotlar bajarildi. Oʻzbek tili grammatikasini o’rganish yeoxasida Ye.D.Polivanov, A.N.Kononov, S.N.Ivanov, A.M.Shcherbak kabilarning asarlari nazariy va ilmiy- metodik asos bulib xizmat kildi. Soʻz ning morfologik tarkibini o’rganishda A.Bulomov, S.Usmonov, X-Neʼmatov, ODosimxujaeva, B.Madvaliev, A.Xujaevlarning amalga oshirgan ishlari dikdatga sazovordir. Soʻz yasalishi - Oʻzbek tilshunosligining maxsus soxasi sanaladi, bu soxaning rivojlanishida A.Rʼulomov, Z.Maʼrufov, ADojievlarning xissasi kagtadir. Keyinchalik soʻz yasovchi va forma yasovchi affikslarni xarakterlovchi ilmiy ishlar (Yo.Tojiev, M.Juraboeva, A.Berdialiev) yaratildi. Soʻz turkumlarini tadkik kilish borasida xam ancha ishlar kdgsivdi. Oʻzbek tilida otlar va unda egaliq kelishik kategoriyasi (R.Rasulov, O.Oripov, T.Inoyatov, S.Soliev), sifatlar (O.Sodikova), son (S.Nizomiddinova, PDamdamov), olmosh (I.Suyarov), ravish (S.Foʻz aylov), feʼlning zamonlari (A.Sulaymonov, J.Juraeva), feʼl darajalari (S.Ferdaus), kumakchi va tuliksiz feʼllar (ADojiev), xarakat nomlari (F.Isxodov), sifatdoshlar (S.N.Ivanov), ravishdoshlar (M.Shoxnazarova), maxsus tadkikot obʼekta buldi. Oʻzbek tili sintaksisi masalalariga bagishlangan kuplab tadqiqotlar vujudga keldi. Oʻzbek tili sintaksisining akademik nashrlari chop etildi (1966, 1976). R.Abduraxmonov, M.Askarova, A.Gʻulomov, A.Sulaymonov, X.Xoliyorov, J.Omonturdievlar tomonidan oliy o’quv yurtlari uchuy Oʻzbek tili sintaksisidan darslik va kullaimalar yaratildi. Oʻzbek tili sintaksisi masalalariga bagishlanib I.V.Batmanov, S.N.Ivanov, A.Safaev, Yu.Jumanazarov, X.Abduraxmanov monografiyalari chop etildi. Soʻz birikmasi masalalari F.Abdullaev, F.Ibroximova, X.Komilova, M.Sharipov ishlarida oʻz aksini topdi. Sodda gap muammolari A.Gʻulomov, I.Rasulov, F.Abduraxmanov, A.X.Ismatullaev, X.Bafurov, S.Boyibov, I.Rasulov, M.Mirzaev, B.Egamberdiev, J.Omonturdiev, D.Ashurova, D.Ubaeva, D.Muxammedova, X.Boltaboeva, R.Jumaniyozov, X.Komilova, R.Sayfulyaaev ishlarida bayon etilgan. Keyingi yillarda gapning aktual bulinishi masalalariga bagishlangan ishlar (K.Xayitboev) xam paydo buldi. Qushma ran sintaksisi muammshariga bagashlab R.Abduraxmonov, M.Askarova, F.Kamolov, A.Azizova, A.Maʼrufov, X.Rustamov, A.Abdullaev, E.Azlarov, A.Saitniyozov, R.Sayfullaeva kabilarning ishlari maydonga keldi. Maʼlumki, Oʻzbek tili xilma-xil shevalardan tarkib topgan. Bu esa xar bir sheva xususiyatini o’rganishga bulgan talabni kuchaytiradi. Oʻzbek shevalari xususiyatini o’rganish adabiy til normalarini belgilashda va orfografiyani stabillashga yordam beradi. Oʻzbek dialektologiyasining fan sifatida tashkil topishida Ye.D.Polivanov, K.K.Yudaxin, AK.Borovkov, F.O.Yunusov, V.V.Reshetov, Sh.Shoabduraxmonov, S.Ibroximov, F.Abdullaev, A.Shermatov, A.Aliev, X-Rulomov, B.Juraev, A.Ishaev, M.Nosirov, Yo.Bulomov, O.Madraximov, Yu.Jumanazarovlarning xizmati kattadir. Xozirgi kunda Oʻzbek dialektologiyasi buyicha unlab fan doktorlari va kirkka yakin fan nomzodlari yetishib chikdi, Oʻzbek shevalari tavsif va tasnif kilindi. Xozirgi dialektologlarning butun dikdat eʼtibori Oʻzbek xalq shevalari dialektologik atlasini toʻz ishga karatilgan. Oʻzbek dialektologiya atlasini toʻz ish soxasida kulga kiritilgan yutukdar opiy o’quv yurtlari uchun “Oʻzbek xalq shevalari lugati”, “Oʻzbek dialektologiyasidan materiallar” (Uch tomdan iborat), shuningdeq maxsus darsliklarning yoʻz aga kelishiga imkon berdi. Oʻzbek tili tarixi yetarli urganilmagan soxdlardan biridir. Xozirgi kunga kadar Oʻzbek tili tarixi buyicha R.Abduraxmonov (tarixiy sintaksis), A.K.Borovkov (mumtoz adabiyot tipi va stili), A.N.Kononov (Abdulgozi asarlari tili), A.Matgoziev (XIX-asr tili), Mutallibov S. (XI asr tili), Najip A.N. (Oʻzbek tili tarixi tarakkiyoti), Rustamov.R, (A.Navoiy tili), Shukurov R.Sh. (feʼlning tarixiy tarakkiyoti), Neʼmatov X- (tarixiy morfologiya), Fozilov E.N. (xorazm obidalari tili, Navoiy lugati), Shcherbak A.M. (tarixiy fammatika) kabilar Kimmatli asarlar yaratdilar. Bu yutukdar asosida “Oʻzbek adabiy tili tarixi” (U.Tursunov, B.Urinboev, A.Aliev) darsligi vujudga keldi va chop etildi. Oʻzbek milliy madaniyatining tarakkiyotida Oʻzbek fafikasi va imlosi masalalarini hal kdlish muxim rolь uynaydi. Oʻzbek milliy tili rivoji uchun birinchi navbatda Oʻzbek yozuvini ishlab chikish talab kdlinar edi. Bu sohada Toshkent tilshuioslik maktabi vakillari sezilarli ish kildilar. Bu sohada Ye.D.Polivanov, A.K.Borovkov, V.Reshetov, F.Kamolov, S.Ibrohimov, O.Usmonov, X.Komilova, M.Raxmonov, Sh.Shoabdurakmonov, R.Jumaniyozov, E.Begmatov va boshkalarning xizmati katta buldi. Oʻzbek orfofafiyasi soxasida kulga kiritilgan yutukdar “Oʻzbek tilining imlo lugʻati”ning yoʻz aga kelishiga imkon berdi. Oʻzbek milliy adabiy tilining stilistik normalarani belgilash uchun Oʻzbek tilining turli janrlardagi asarlarini o’rganishni gaqoza kdpar edi. Shunga kura Oʻzbek tilshunosligi oldida tip va uslub masalalari buyicha ilmiy-tadkikot ishlari olib borish va Oʻzbek tili stilistikasi buyicha aliy o’quv yurtlari uchun kullanma va darsliklar yaratish dolzarb vazifalardan biri edi. Keyingi chorak asr ichida Oʻzbek tili stilistikasi sohasida salmoqli ishlar qilindi. A.K.Borovkov, R.Abduraxmonov, F.Kamolov, A.Shomaksudov, E.Begmatov, Yo.Tojiev, I.Kuchkortoevlarning ishlarida Oʻzbek tili stilistikasining muammolari chukur va har tomonlama urgashщdi. Shu bilan bir katorda, badiiy asarlarning tili, leksikasi, frazeologiyasi va stiliga doyr nomzodlik dissertatsiyalari ham yozilib, ularda badiiy asarlardagi soʻz boyligi, iboralar xilma-xilligi, uslubning oʻz iga xos xususiyatlari kabi masalalar oʻz aksini topdi. Oʻzbek tili stilistikasi soxasida kulga kiritilgan yutukdar aliy o’quv yurtlari uchun “Oʻzbek tili stilistikasi” (A.Shomaksudov, I.Rasulov), “Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari” (R.Kungurov, E.Begmatov, Yo.Tojiev) darsliq kullanmalarining yoʻz aga kelishiga imkon berdi. Oʻzbek tili nutq madaniyatini yanada ustirish, yuksaltirish va silliklashtirishda Ye.D.Polivanov, K.K.Yudaxin, V.V.Reshetov, K.Borovkov, shuningdeq Bozi Olim Yunusov, U.Tursunov va boshqa tilshunoslar bu soxaning metodologitk asoslariNi belgilab berdilar. S.Ibroximov, A.Shermatov, E.Begmatov, M.Mirzaev, F.Abdullaev, U.Usmonova kabi tilshunoslarning Oʻzbek nuщi madanshggi masalalariga doyr ishlari diqqatga loyiq. Bu ishlarning natijasi sifatida “Oʻzbek tilining adabiy talaffoʻz lutati” maydonga keldi. Oʻzbek milliy madaniyatining taraxkdyoti, jumladan, xozirgi Oʻzbek adabiy tilining taravdgyoti maʼlum darajada Oʻzbek atamashunosliga masalalarini xal kdlish bilan boglikdir. Oʻzbek atamalarining ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chikdshda V.Reshetov, U.Tursunov, Qori Niyoziy, F.O.Yunusov, O.Usmonov, Ibroximov, R.Doniyorov kabi tilshunos olimlarning xizmati kattadir. Oʻzbek tilshunosligida tillarni klyosiy o’rganish s oh as i maydonga keldi.Bu soxaga bagashlangan bir kdtor ilmiy-tadkdqot ishlari olib borildiki, bu ishlar tillarni chukur o’rganishlariga imkon berdi. Tillarning qiyosiy grammatikasi sohasida Ye.D.Polivanov, V.V.Reshetov, U.Tursunov, O.Azizov, A.Abrajeev, I.A.Kissen, A.A.Klimenko, J.Buronov, A.Mamatov, A.Tsoy, M.Yoxubova kabi olimlarning ishlari dikdatga sazovordir. Umuman, Oʻzbek tilshunosligani shakllantirgan va tarakdiyotiga xissa kushgan kuplab tilshunos-fidokorlar ulushi bordir (48). Bunga "Buxoro va Fargona vodiysi tilshunoslari xam munosib. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling