B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iyerarxik aloqada
Paradigmatik aloqa – bu tanlab, saylab olish munosabatidir. U til birliklari orasidagi oʻxshashlik va farqlanishga asoslangan. Masalan, paradigmatik aloqada hamma kelishik shakllari bir soʻz orqali turlanadi: kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan kabi.
Sintagmatik aloqa – bu qator joylashgan birliklar munosabatidir. Sintagmatik aloqada fonemalarning qaysi oʻrinda uchrashi, soʻz, morfema va boʻgʻindagi taqsimoti oʻrganiladi. Sintagmatikada fonemalarni nutqda namoyon etuvchi tovushlar farqlanadi. Morfema va soʻzlar nutq tovushlari orqali shakllanadi. Chunki nutq tovushlari inson tilining moddiy bazasidir. Har bir tilga xos nutq tovushlari ma’lum bir tizim asosida birikib, predmet, hodisa, harakat va tushunchalarning nomlarini, turli grammatik qoidalarini ifodalab beradi. Iyerarxik aloqada oddiy til birliklari murakkablasha boradi. Fonemaning ma’lum qoidalar asosida birikuvchi morfemani, morfema esa leksemaning hosil boʻlishiga olib keladi. Bu aloqa ma’lum darajada tarixiylik mezoniga ega, ya’ni taraqqiyot jarayonida til tizimidagi fonema, morfema, leksema biri ikkinchisiga oʻtishi mumkin. Eng kichik grammatik birlik morfema boʻlib, morfemalardan soʻzlar yasaladi, soʻzlar soʻz birikmalari va gaplar qurilishida qatnashadi. Gapdan katta birliklar ham mavjud: murakkab sintaktik butunlik, abzas va matn. Til tizimi til birliklarining bir butunligidan iboratdir. Til tizimi bu tildagi mavjud imkoniyatlar yigʻindisi boʻlib, u oʻz ichiga amalda qoʻllanayotgan, qoʻllangan yoki qoʻllanish ehtimoli boʻlgan holatlarni qamraydi. Til tizimining muayyan davrdagi amalga oshgan, nutqiy amaliyotda istye’molda boʻlgan qismi normadir. Tilning tuzilish tomoni ham bor. Til tuzilishini til tizimi va til normasidan farqlash lozim. Til tuzilishi muayyan davrda qoʻllanayotgan real tizimlardir. Til tuzilishi tildagi koʻp qirrali unsurlarning bir butunlik doirasidagi birligidir. Til tuzilishida til tizimidagi imkoniyatlar amalga oshadi. Masalan, oʻzbek tilining tuzilishi bu tildagi mavjud fonema, morfema, sintaktik qurilmalar yigʻindisi va ushbu vositalarning oʻzaro munosabatidan iboratdir. Til tuzilishi har qanday tilning asosi boʻlib, u nutqda turli darajada yuzaga chiqadi, namoyon boʻladi. Konkret nutqiy jarayonlarda aniq namoyon boʻluvchi hodisa tuzilishdir. Til tuzilishi konkret til doirasida olib qaralsa, bu til sathlarida turli darajadagi lisoniy vositalarni bir butunlikka birlashtirib turuvchi oʻqdir. Til qurilishi turli tillarning oʻzaro farqlanishini belgilovchi va xarakterlovchi hodisadir. Tizim har bir til uchun oʻziga xos boʻlsa, til qurilishi konkret til doirasida oʻzgarib, turlanib turuvchi xususiyatga egadir. Masalan, oʻzbek tili arab, ingliz tilidan oʻz tuzilishiga koʻra farqlanadi. Til tuzilishi oʻz mohiyatiga koʻra, aslida oliy darajadagi umumlashtirish, mavhumlash (abstraksiya) natijasidir. Norma til tuzilishiga nisbatan quyi darajadagi mavhumlashdir. Til tuzilishi tizim va normaga nisbatan olinganda oliy darajada shakllanish natijasidir. Shu tufayli ham til tuzilishi har qanday tilning asosini tashkil etadi (3: 100). Til tuzilishidagi mana shunday xususiyatga koʻra ham dunyoda koʻpgina tillarning tuzilishi oʻxshash, bir xildir. Yer sharidagi tillar tuzilishining muhim qismlari bir xil va mosdir. Lekin, umumiy tarzda olganda, tillar bir – biridan farq qiladi. Bunday farqlarni tipologiya oʻrganadi. Barcha tillar tuzilishini tipologik oʻrganish vazifalaridan biri hozirgi jahon tillaridagi har xil qurilmalar xronologiyasini aniqlashdan iboratdir. Til tuzilishining tarixiy–tipologik tadqiq etish ob’ekti alohida kategoriyalar shakli va alohida grammatik kategoriyalar emas, balki organik jihatdan bogʻlangan va bir–biriga ta’sir etuvchi tillar umumiy tuzilishini hosil qiluvchi tilning alohida bosqichlaridir. Asosiy tipologik birliklar birinchi navbatda ma’lum guruh tillari uchun emas, balki barcha tillar uchun umumiy boʻlgan, universal kategoriyalar hisoblanuvchi soʻz birikmasi va gaplarning sintaktik birligi hisoblanadi, chunki sintaktik kategoriyalar va ularning bir-biriga munosabati, xususan, aniqlovchi aniqlanmishga tegishli attributiv munosabatlar, sub’ekt va predikat, ob’ekt va predikatning gapdagi munosabatlari butun kishilikka xos umumiy tafakkur jarayonlarining tildagi aks etishiga tegishlidir. Hozirgi zamon lingvistik tipologiyaning asosi boʻlgan struktural tipologiya, turli tillarning struktural belgilarini sistemaga soladi va inventarlashtiradi. Struktural tipologiya aniq metodlar asosida til qatlamining differensial belgilarini, tipologik xususiyatlarini aniqlaydi va ularning tipologik tasnifini tuzadi. Struktural tipologiya tildagi har bir tuzilishni umumiy lingvistik ishtirokchi tarzida oʻrganadi. Tillarni tipologik jihatdan oʻrganishni Fr. Shlegel, A.Shleyxer, V. Gumboldt, M. I. Jurinskaya kabilar ilk bor boshlab berganlar. Hozirgi kunda tillarni tipologik oʻrganishning quyidagi koʻrinishlari mavjud: qiyosiy tipologiya, gyenyetik tipologiya va morfologik tipologiya. Tillarning lingvistik tasnifida koʻpincha morfologik belgilarni asos qilib olishga intilganlar. Shunga koʻra dunyoda mavjud boʻlgan tillar toʻrt guruhga ajratiladi: 1. Oʻzak (amorf) tillar. Ulardagi soʻzlar oʻz shakllarini gapdagi oʻrinlari orqali ifoda etadilar yoki ohang yordamida amalga oshiradilar. Bunga xitoy, tibet, tay, v’etnam tillari kiradi. 2. Agglyutinativ tillar. Bu tillarga turkiy, fin–ugor, yapon, koreys, dravid, bantu tillari kiradi. 3. Flektiv tillar. Bunga hind–Yevropa, xom–som tillar oilasidagi tillar kiradi. 4. Polisintetik tillar. Bunga amerikalik hindu, chukot va koryak tillari kiradi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling