B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
Tilshunoslikda psixologizm oqimi. Psixologizm oqimi tilshunoslikda tor doiradagi maktab boʻlmasdan, balki psixologik qarash koʻplab tilshunoslik maktablarida ham uchraydi. Til hodisalarini psixologik nuqtayi nazardan talqin etish psixologizm oqimining asoschilari G. Shteyntal, A. A. Potebnya va V. Vundtdagina uchramasdan, balki mladogrammatiklar maktabi, Qozon va Moskva lingvistik maktablari vakillarining asarlarida ham uchraydi.
Til omillarini psixik faktor asosidagina talqin etishni G. Shteyntal, A. A. Potebnya va V. Vunt asarlarida koʻproq uchratamiz. Snuning uchun ularni tilshunoslikdagi psixologizm oqimining asoschilari deb ataymiz. G. Shteyntal (1823-1899) oʻzining psixologik qarashlari va kontsyepsiyasini "Grammatika, logika va psixologiya, ularning tamoyillari hamda oʻzaro munosabatlari" (1855), "Psixologiya va tilshunoslikka kirish" (1881) nomli asarlarida olgʻa suradi. Bundan tashqari, uning "Tilning kelib chiqishi" (1888), "Tillarni tasniflash til gʻoyasining rivojlanishi demakdir" (1850), "Eng muhim til qurilishi tiplarining tavsifi" (1860), "V. Gumboldning til falsafasiga oid asarlari" (1848), "Grek va rimliklar tilshunosligi tarixi" (1890) kabi asarlari ham mavjuddir. G. Shteyntal’ oʻzining psixologik kontsyeptsiyasi bilan mantiqiy grammatik tajribalarga va A. Shleyxerning naturalizimiga qarshi chiqadi. U koʻpincha V. Gumboldtning til falsafasiga asoslanishga harakat qiladi-yu, ammo koʻp holatlarda undan uzoqlashadi. G. Shteyntal’ tilshunoslikda aniq tillarni yoki lingvistik hodisa va faktlarni oʻrganuvchi sifatida koʻrinmay, balki nazariyotchi va til haqidagi fikrlarni sistemaga soluvchi sifatida koʻrinadi. G. Shteyntal’ psixik qonunlar asosida tilning kelib chiqishi va taraqqiyot jarayonini tushuntirishga harakat qiladi. Bunda u tilning shakllanishida tafakkurning rolini inkor qiladi. G. Shteyntal fikricha, til ayrim kishilarning psixikasiga bogʻliq narsa va shu ayrim kishilar psixikasining mevasidir. U ongli ravishda tilni tafakkurdan ajratadi va tilning kelib chiqish, uning taraqqiyot jarayonlarini ayrim kishilar psixikasining mevasi deb tushuntiriladi. Ana shu ayrim kishilar psixikasi asosida siyosiy, ijtimoiy va diniy guruhga hamda millatga tegishli til tiplarini aniqlash mumkin, deydi. U etnopsixologiyani yaratib, tildagi asosiy qonuniyatlarni kishilarda boʻlgan qiliqlarning, psixik tuzilishning, xarakterning mevasi deb, milliy tillarning xususiyatlarini oʻsha milliy xarakter, odatlarining mevasi deb tushuntiradi. G.Shteyntal tilning taraqqiyoti va paydo boʻlishini jamiyatning paydo boʻlishi hamda taraqqiyotidan qidirmay, balki millatlarga xos odatlardan axtaradi. Uningcha tilning ichki shaklida uning milliy xususiyati oʻz ifodasini topadi, lekin ichki shakl faqat tashqi shakl bilangina tekshirish ob’ekti boʻlishi mumkin. Tashqi shakli, ya’ni tovush tomoni tilni oʻrganishda asosiy diqqat markazida boʻlishi kerak. U shunday yozadi: "Agar qayerda tovush shakllari oʻzgarishi boʻlmasa, unda bizning til shakllari haqida gapirishga haqqimiz yoʻq ". G. Sheyntal’ning ba’zi lingvistik qarashlari mladogrammatiklar tomonidan davom ettiriladi. Psixologizm oqimi vakillaridan yana biri A. A. Potebnyadir. A. A. Potebnyaning hayoti va faoliyati Xarkov univyersiteti bilan bogʻlangan. A. A. Potebnya (1835-1881) koʻp qirrali olim edi. U tilshunos sifatida umumiy tilshunoslik va rus hamda slavyan tillarining fonetikasi, morfologiyasi, sintaksisi; semasilogiyasi va qiyosiy-tarixiy grammatikasi bilan qiziqadi. A. A. Potebnyaning umumiy tilshunoslikka tegishli fikr va mulohazalarini uning "Fikr va til" (1862), "Rus grammatikasi yuzasidan yozishmalar" (1874-1888) kabi asarlaridan oʻz ifodasini topgandir. A.A.Potebnya oʻz faoliyatining dastlabki davrida V. Gumboldt va G.Shteyntalning ta’sirida boʻlgan kishi sifatida koʻzga tashlanadi. U til falsafasi bilan qiziqib, til faoliyatning mahsuli deb qarab, bu faoliyat natijasida u yangilanib turadi, deydi. U yuqoridagi konsepsiyasi bilan quyidagi holatni bir-biriga bogʻlaydi. Nutq muammosi va uning til faoliyatiga ta’siri bilan qiziqadi. Lekin bu masalalarni hal qilishda individualistik xulosalarga keladi. U shunday yozadi: "Har bir soʻz oʻzining mohiyatini faqat nutqda topadi. Soʻz har vaqt nutqda fikrning bir aktiga mos keladi. Har vaqt talaffuz qilinganda ham tushunilganda ham faqat bir ma’noga ega boʻladi. Haqiqatda faqat nutq boʻlib, soʻz oʻz ma’nosini faqat nutqda topadi. Nutqdan ajratib olingan soʻz oʻlikdir". Demak, bunda tilning mohiyatini G. Shteyntal kabi individualistlarcha izohlaydi. A. A. Potebnyaning G. Shteyndaldan farqli tomoni shundaki, u til bilan tafakkurni bir-biridan ajrat-maydi. Bundan tashqari, mantiq va til kategoriyalari oʻz xusu-siyatiga ega deb koʻrsatadi. U yozadi: "Til fikrlash shakli demakdir, u shundayki, tildagi shakllar boshqa holatlarda uchramaydi". Demak, u til bilan tafakkur bogʻliqligini sezadi, lekin u tilni mantiqiy kategoriya deb qaraydi. Umuman, A. A. Potebnya umumiy tilshunoslik va slavyanistika sohasida katta ishlar qilgan. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling