6-mavzu. Tilshunoslik tarixidagi yo’nalishlar va maktablar


Download 14.65 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi14.65 Kb.
#1404873
Bog'liq
6-seminar Xamidova Nafosat


6-MAVZU. TILSHUNOSLIK TARIXIDAGI YO’NALISHLAR VA MAKTABLAR




Reja:
1. Tilshunoslikda naturalizm yo’nalishi. Avgust Shleyxer ta’limoti
2. Tilshunoslikda psixologik yo’nalish: Geyman Shteyntal va Aleksandr Afanasevich Potebnya ta’limoti
3. “Yosh grammatikachilar” qarashlari
4. Rus tilshunoslik maktablari

XAMIDOVA NAFOSAT


1930 GURUH
1-TOPSHIRIQ. MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Tilshunoslik tarixida mavjud bo’lgan qaysi yo’nalishlarni bilasiz?

Tilshunoslik tarixidagi naturalizm va psixologizm yo‘nalishlari Avgust Shleyxer va Geyman Shteyntal nomlari va ularning ta’limotlari bilan bog‘lanib, ayni bosqich XIX asrning taxminan 50-60-yillarini o‘z ichiga oladi.


2. Psixologizm yo’nalishi vakillari tomonidan qanday g’oyalar ilgari surilgan?


Tilshunoslikdagi psixologik oqim vakillari tilni individual psixika faoliyatining maxsus mexanizmi, alohida inson ongidagi tasavvurlarning mexanizmi sifatida yoki xalq psixologiyasining spetsifik namoyon bo‘lishi sifatida talqin qilishlarini talab qiladilar. Ushbu g‘oyaning dastlabkisi individual psixologizm bilan bog‘lanib, bunda alohida individ va uning psixikasi asos bo‘lib hisoblanadi. Ushbu g‘oyaning keyingisi esa ijtimoiy psixologizm bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy psixologizmning diqqat markazida xalq, jamiyat, millat turadi.

3. G. Shteyntalning tilshunoslikka oid qanday asarlarini bilasiz?


“Tillarning tasnifi til g‘oyasining taraqqiyoti sifatida” (1850), “Tilning paydo bo‘lishi” (1851), “Grammatika, mantiq va psixologiya” (1855), “Til qurilishining eng muhim tiplari xarakteristikasi” (1860), “Psixologiya va tilshunoslikka kirish” (1871), “Gumboldtning tilshunoslikka oid asarlari va Gegel falsafasi” (1848), “Falsafa, tarix, psixologiya va ularning o‘zaro munosabati” (1863)
4. Naturalizm yo’nalishi qachon paydo bo’lgan?
XIX asrning oʻrtalarida
5. A. Shleyxer qaysi til oilasining shajara daraxtini tuzdi?
Hind-Yevropa
6. “Yosh grammatikachilar” qanday lingvistik g’oyalarni ilgari surdi?
Yosh grammatikachilar” tilni tarixiy hodisa deb hisoblashgan va bu fikr German Paul tomonidan “Til tarixi tamoyillari” kitobida qayd qilingan.
7. Rus tilshunosligining asosiy vakillari kimlar?
M.V. Lomonosov, A.A. Potebnya, Boduen de Kurtenelar
8. Naturalizm yo’nalishining paydo bo’lishida qaysi olim nazariyasi katta ahamiyatga ega?
A.Shleyxer
9. A. Shleyxer nima uchun tilni tabiiy organizm sifatida ta’rifladi?
A. Shleyxer tilning hayoti boshqa barcha jonli organizmlar – o‘simliklar, hayvonlar hayotidan jiddiy farq qilmaydi. Tillar ham ular kabi o‘sib rivojlanadigan yetuk davrga, so‘ngra esa o‘sishning eng yuqori darajasiga yetgan nuqtasidan borgan sari uzoqlashib, qariydigan davriga ega bo‘ladi, deydi.

10. “Yosh grammatikachilar” maktabining vakillari kimlar?


German Paul, Karl Brugman, German Ostgof, Bertold Delbryukl
11. Rus tilshunosligida qanday maktablar yuzaga keldi?
Moskva, Qozon, Peterburg maktablari
12. Psixologizm yo’nalishi qachon paydo bo’ldi?
XIX asrning 50-60 yillarida
2-TOPSHIRIQ. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR:
1. Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida nechanchi asrda fanlar olamiga kirib keldi?
a) XIX asrning birinchi choragida;
b) XX asrda;
c) XIX asrning o’rtalarida;
d) XX asrning ikkinchi yarmida.
2. Umumiy nazariy tilshunoslikning – til falsafasining asoschisi kim?
a) Beruniy;
b) Alisher Navoiy;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
3. Yevropa tilshunosligiga naturalizm oqimi nechanchi asrda kirib kelgan?
a) XIX asrning birinchi choragida;
b) XX asrda;
c) XIX asrning o’rtalarida;
d) XX asrning ikkinchi yarmida.
4. Naturalizm oqimining mashxur vakili…
a) Avgust Shleyxer;
b) Alisher Navoiy;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
5. Natura so’zining ma’nosi…
a) Tabiat;
b) Olam;
c) Yulduz;
d) Hodisa.
6. Hind-Yevropa tillarining umumiy masalalari bilan shug’ullangan tilshunos olim…
a) Avgust Shleyxer;
b) Alisher Navoiy;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
7. “Nemis tili” asari muallifi…
a) Avgust Shleyxer;
b) Aleksandr Potebnya;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
8. Avgust Shleyxerning eng mashxur asari…
a) “Hind-German tillari qiyosiy grammatikasining kompendiumi”;
b) “Samiym ul Arabiya”;
c) “Muhokamat ul-lug’atayn”;
d) “Tilshunos”.
9. “Grammatika, mantiq va psixologiya” asari muallifi…
a) Avgust Shleyxer;
b) Aleksandr Potebnya;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
10. Rossiya tilshunosligida psixologizm oqiminig eng ko’zga ko’ringan yirik vakili, rus va ukrain tillari filologi…
a) Aleksandr Potebnya;
b) Avgust Shleyxer;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
11. A. Potebnya so’zning real ma’nosiga qarab necha turga ajratadi?
a) 1;
b) 2;
c) 3;
d) 4.
12. “Inson fikri mazmuniga ko’ra yo obraz, yoki tushunchadir” fikri muallifi…
a) Aleksandr Potebnya;
b) Avgust Shleyxer;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
13. “Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson naslining ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri” asari muallifi…
a) Aleksandr Potebnya;
b) Avgust Shleyxer;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
Download 14.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling