6-mavzu. Tilshunoslik tarixidagi yo’nalishlar va maktablar


Download 21.17 Kb.
Sana27.12.2022
Hajmi21.17 Kb.
#1069585
Bog'liq
6-seminar


6-MAVZU. TILSHUNOSLIK TARIXIDAGI YO’NALISHLAR VA MAKTABLAR




Reja:
1. Tilshunoslikda naturalizm yo’nalishi. Avgust Shleyxer ta’limoti
2. Tilshunoslikda psixologik yo’nalish: Geyman Shteyntal va Aleksandr Afanasevich Potebnya ta’limoti
3. “Yosh grammatikachilar” qarashlari
4. Rus tilshunoslik maktablari
1-TOPSHIRIQ. MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Tilshunoslik tarixida mavjud bo’lgan qaysi yo’nalishlarni bilasiz?

2. Psixologizm yo’nalishi vakillari tomonidan qanday g’oyalar ilgari surilgan?
3. G. Shteyntalning tilshunoslikka oid qanday asarlarini bilasiz?
4. Naturalizm yo’nalishi qachon paydo bo’lgan?
5. A. Shleyxer qaysi til oilasining shajara daraxtini tuzdi?
6. “Yosh grammatikachilar” qanday lingvistik g’oyalarni ilgari surdi?
7. Rus tilshunosligining asosiy vakillari kimlar?
8. Naturalizm yo’nalishining paydo bo’lishida qaysi olim nazariyasi katta ahamiyatga ega?
9. A. Shleyxer nima uchun tilni tabiiy organizm sifatida ta’rifladi?
10. “Yosh grammatikachilar” maktabining vakillari kimlar?
11. Rus tilshunosligida qanday maktablar yuzaga keldi?
12. Psixologizm yo’nalishi qachon paydo bo’ldi?
13. A.A. Potebnyaning lingvistik qarashlarini qanday izohlaysiz?
14. A. Shleyxerning qaysi lingvistik g’oyalari tanqidga uchradi?
15. “Yosh grammatikachilar” yo’nalishining bunday nomlanishiga nima sabab bo’ldi?
2-TOPSHIRIQ. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TESTLAR:
1. Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida nechanchi asrda fanlar olamiga kirib keldi?
a) XIX asrning birinchi choragida;
b) XX asrda;
c) XIX asrning o’rtalarida;
d) XX asrning ikkinchi yarmida.
2. Umumiy nazariy tilshunoslikning – til falsafasining asoschisi kim?
a) Beruniy;
b) Alisher Navoiy;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
3. Yevropa tilshunosligiga naturalizm oqimi nechanchi asrda kirib kelgan?
a) XIX asrning birinchi choragida;
b) XX asrda;
c) XIX asrning o’rtalarida;
d) XX asrning ikkinchi yarmida.
4. Naturalizm oqimining mashxur vakili…
a) Avgust Shleyxer;
b) Alisher Navoiy;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
5. Natura so’zining ma’nosi…
a) Tabiat;
b) Olam;
c) Yulduz;
d) Hodisa.
6. Hind-Yevropa tillarining umumiy masalalari bilan shug’ullangan tilshunos olim…
a) Avgust Shleyxer;
b) Alisher Navoiy;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
7. “Nemis tili” asari muallifi…
a) Avgust Shleyxer;
b) Aleksandr Potebnya;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
8. Avgust Shleyxerning eng mashxur asari…
a) “Hind-German tillari qiyosiy grammatikasining kompendiumi”;
b) “Samiym ul Arabiya”;
c) “Muhokamat ul-lug’atayn”;
d) “Tilshunos”.
9. “Grammatika, mantiq va psixologiya” asari muallifi…
a) Avgust Shleyxer;
b) Aleksandr Potebnya;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
10. Rossiya tilshunosligida psixologizm oqiminig eng ko’zga ko’ringan yirik vakili, rus va ukrain tillari filologi…
a) Aleksandr Potebnya;
b) Avgust Shleyxer;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
11. A. Potebnya so’zning real ma’nosiga qarab necha turga ajratadi?
a) 1;
b) 2;
c) 3;
d) 4.
12. “Inson fikri mazmuniga ko’ra yo obraz, yoki tushunchadir” fikri muallifi…
a) Aleksandr Potebnya;
b) Avgust Shleyxer;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.
13. “Inson tili tuzilishining har xilligi va uning inson naslining ma’naviy taraqqiyotiga ta’siri” asari muallifi…
a) Aleksandr Potebnya;
b) Avgust Shleyxer;
c) Vilgelm fon Gumboldt;
d) Geyman Shteyntal.


3-TOPSHIRIQ. MAVZU BO’YICHA SAVOLLAR, TEST, KROSSVORD VA BOSHQA TOPSHIRIQLAR TAYYORLANG.
Download 21.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling