6-mavzu. Tilshunoslik tarixidagi yo’nalishlar va maktablar


Download 15.96 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi15.96 Kb.
#1248969
  1   2   3
Bog'liq
6-seminar


6-MAVZU. TILSHUNOSLIK TARIXIDAGI YO’NALISHLAR VA MAKTABLAR




Reja:
1. Tilshunoslikda naturalizm yo’nalishi. Avgust Shleyxer ta’limoti
2. Tilshunoslikda psixologik yo’nalish: Geyman Shteyntal va Aleksandr Afanasevich Potebnya ta’limoti
3. “Yosh grammatikachilar” qarashlari
4. Rus tilshunoslik maktablari
1-TOPSHIRIQ. MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Tilshunoslik tarixida mavjud bo’lgan qaysi yo’nalishlarni bilasiz?

Javob: Naturalizm va Psixologizm.
2. Psixologizm yo’nalishi vakillari tomonidan qanday g’oyalar ilgari surilgan?
Javob: Tildagi hodisalarning asosida ijtimoiy hodisalar, ijtimoiy taraqqiyot – jamiyat taraqqiyoti emas, balki individual faoliyat, individual taraqqiyot, inson psixikasi, uning fikriy faoliyati yotadi, ular hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
3. G. Shteyntalning tilshunoslikka oid qanday asarlarini bilasiz?
Javob: “Tillarning tasnifi til g‘oyasining taraqqiyoti sifatida” (1850), “Tilning paydo bo‘lishi” (1851), “Grammatika, mantiq va psixologiya” (1855), “Til qurilishining eng muhim tiplari xarakteristikasi” (1860), “Psixologiya va tilshunoslikka kirish” (1871), “Gumboldtning tilshunoslikka oid asarlari va Gegel falsafasi” (1848), “Falsafa, tarix, psixologiya va ularning o‘zaro munosabati” (1863) va boshqalar.
4. Naturalizm yo’nalishi qachon paydo bo’lgan?
Javob:XIX asrning o‘rtalarida Yevropa tilshunosligida naturalizm oqimi (naturalizm – lotincha “natura” – “tabiat” degani) paydo bo‘ldi. Ushbu oqimning mashhur vakili nemis olimi Avgust Shleyxer (1821-1863) edi.
5. A. Shleyxer qaysi til oilasining shajara daraxtini tuzdi?
Javob:hind-Yevropa tillari
6. “Yosh grammatikachilar” qanday lingvistik g’oyalarni ilgari surdi?
Javob:Yosh grammatikachilar tilda individual psixofizik (yoki psixofiziologik) o`zgarishlar individning “odatdagi nutqiy faoliyati” natijasida sodir bo`ladi, deb hisoblaydilar. Shu fikrga asoslanib yosh grammatikachilar birinchi navbatda jonli tillarni o`rganishlarga chaqirdilar, chunki qadimgi o`lik tillarga nisbatan til taraqqiyotining o`ziga xos qonuniyatlarini ochishga jonli tillar ko`proq material beradi. Lekin yosh grammatikachilar uzlarining bu fikrlarida izchil emas edilar, ya`ni ular jonli tillar bilan bir qatorda o`lik tillarni o`rganish bilan ham shug`ullandilar.
7. Rus tilshunosligining asosiy vakillari kimlar?
Javob:N.Ya. Marr, I.I. Meopaninov, L.V. Sherba, D.N. Ushakov, Ye.D. Polivanov, A.M. Peshkovskiy, I.Yu. Krachkovskiy, L.A. Bulaxovskiy, G.O. Vinokur, R.A. Budagov, V.V. Vinogradov, V.M. Jirmunskiy, A.A. Reformatskiy, A.I. Smirnitskiy, G.A. Zolotova, A.A. Leontev, O.S. Axmanova, V.M. Solnsev.
8. Naturalizm yo’nalishining paydo bo’lishida qaysi olim nazariyasi katta ahamiyatga ega?
Javob:Avgust Shleyxer.

9. A. Shleyxer nima uchun tilni tabiiy organizm sifatida ta’rifladi?


Javob:A.Shleyxer naturalizmining – naturalistik falsafasining mohiyati uning tilni jonli, tabiiy organizm sifatida tushunishida ko‘rinadi. U tilni jonli organizmlar kategoriyasiga kiritadi. Aniqrog‘i, A.Shleyxer tilning hayoti boshqa barcha jonli organizmlar – o‘simliklar, hayvonlar hayotidan jiddiy farq qilmaydi. Tillar ham ular kabi o‘sib rivojlanadigan yetuk davrga, so‘ngra esa o‘sishning eng yuqori darajasiga yetgan nuqtasidan borgan sari uzoqlashib, qariydigan davriga ega bo‘ladi, deydi.
10. “Yosh grammatikachilar” maktabining vakillari kimlar?
Javob:German Paul, Karl Brugman, German Ostgof, Bertold Delbryuk
11. Rus tilshunosligida qanday maktablar yuzaga keldi?
Javob:Moskva matabi,Qozon maktabi,Peterburg maktabi.
12. Psixologizm yo’nalishi qachon paydo bo’ldi?
Javob:psixologizmning eng yirik vakili, asoschisi, nemis nazariyotchi tilshunos olimi, Berlin universiteti professori Geyman Shteyntaldir (1823-1899). U umumiy tilshunoslik sohasida o‘zini Gumboldtning shogirdi, uning g‘oyalarini davom ettiruvchi deb hisoblaydi. Psixologizm sohasida esa u Iogann Gerbert (1776-1841) ta’limotining – assotsiativ psixologiyaning davomchisi edi. Ayni ta’limotga ko‘ra narsa-hodisalar inson psixikasida o‘zaro bog‘liq holda bir-birlarini eslatadilar, esga tushiradilar.
13. A.A. Potebnyaning lingvistik qarashlarini qanday izohlaysiz?
Javob:A.Potebnya ta’limotining muhimligi shundaki, tildagi forma bu faqat ifodalovchigina emas, balki ifodalanuvchi hamdir. Bunda ikki turdagi: real (mustaqil-leksik) va formal ma’nolar nazarda tutiladi. A.Potebnya so‘zning real (yoki mustaqil) ma’nosida ikki turdagi, ikki xil ma’noni – yaqindagi ma’noni va uzoqdagi ma’noni ajratadi. A.Potebnya fikricha, inson fikri mazmuniga ko‘ra yo obraz yoki tushunchadir. Faqat so‘z fikr taraqqiyotining vositasi, obrazni tushunchaga o‘zgartirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
A.Potebnya so‘z haqida – so‘zning ichki formasi haqida fikr yuritar ekan, uning uchun ichki forma, dastavval, so‘zning eng muhim xususiyatlaridan biri sifatida har qanday so‘zni tushunish uchun imkon yaratadi. Shunga ko‘ra, ichki forma so‘zning “etimologik ma’nosi” yoki “so‘zning eng yaqin etimologik ma’nosi” sifatida qaraladi.
14. A. Shleyxerning qaysi lingvistik g’oyalari tanqidga uchradi?
Javob:tilni biologik ma’nodagi organizm bilan tenglashtirilishiga qat’iy qarshi chiqadilar va shunday fikrlarni qat’iy tanqid ostiga oladilar. Jumladan, “Til organizm emas” (Boduen), “Tilni organizm deb atash, demak, u haqda hech narsa demaslikdir” (Potebnya), “Organizm mustaqil yashaydi, so‘z (til – R.R.) esa faqat inson bilan bog‘liq holda uning nutq a’zosi orqali yashaydi” (Potebnya) va boshqalar.
15. “Yosh grammatikachilar” yo’nalishining bunday nomlanishiga nima sabab bo’ldi?
Javob:



Download 15.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling