Adabiyot nimani o‘rgatadi?


Download 15.21 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi15.21 Kb.
#196247
Bog'liq
Adabiyot nimani o


Adabiyot nimani o‘rgatadi?

Adabiyot bizga hamisha hamdam, hamnafas. Uning insonga bu darajada yaqinligining sababi nimada? Adabiyot nimani o‘rgatadi?

«San’at barcha turdagi san’atlar ichida eng buyugi - yashash san’atini o‘rgatishga xizmat qiladi», deydi Bertold Brext. «Kitob, seni yoparoq men hayotni ochaman», dey­di Pablo Neruda. «Odamlar kitob o‘qimasalar fikrlashdan ham mahrum bo‘ladilar», qayd qiladi Deni Didro.

Bu fikrlar so‘z san’atining mohiyatini anglashda muhim- dir. Negaki, notanish narsa, voqea, hodisaning mohiyatini tushunish uchun xayolingizda ulami boshqa narsa, voqea, hodisalarga qiyoslaysiz. Natijada tasavvuringiz yanada tiniqlashadi, fikringiz ravshan tortadi, o‘z xulosangizdan qoniqish hosil qilasiz. Shu jihatdan O‘tkir Hoshimovning yaratilajak asami notanish orolga o‘xshatishida ham ma’lum haqiqat bor.

«Asar, ayniqsa, katta asar yozayotgan qalamkash taqdiri, - deb yozadi adib, qay jihati bilandir tinib- tinchimas sayyoh taqdiriga o‘xshab ketadi. Sayyoh-ku, notanish orolga tasodifan boradi. Qalamkash esa bu yerga o‘z ixtiyori bilan boradi. Bir varaq oppoq qog‘oz bilan yuzma-yuz kelganida xuddi notanish orolga borib

qolgandek bo‘ladi. Ushbu orol - bo‘lajak asar. Bu yerda u aholi yaratadi, ya’ni asar qahramonlariga jon ato etadi. Bora-bora yozuvchi o‘zi kashf qilgan orolga, o‘zi yaratgan qahramonlarga shu qadar ko‘nikib qoladiki, «orol»ni hech tark etgisi kelmaydi. Ammo u baribir o‘sha odamlardan, o‘sha «orol»dan voz kechishi kerak. 0‘z ixtiyori bilan. Aks holda boshqa «orol»ni kashf etolmaydigan bo‘lib qoladi.


(198 so ‘z. Safa Matchon. «Kitob о ‘qishni bilasizmi?»)
Download 15.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling