B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


GʻARBIY YEVROPA VA ROSSIYADA XIX ASRGACHA BOʻLGAN TILSHUNOSLIK


Download 0.92 Mb.
bet19/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

GʻARBIY YEVROPA VA ROSSIYADA XIX ASRGACHA BOʻLGAN TILSHUNOSLIK
Oʻrta va yangi asrda xristian dinining ta’sirida V asrdan tortib XV asrgacha Yevropa tilshunoslikka jiddiy hissa qoʻsholmadi.
Oʻrta asr Yevropasining feodal zodagonlari uchun xizmat qiladigan lotin tiligina birdan-bir oʻrganiladigan til edi.
Lotin tili Dante tili bilan aytganda, birdan-bir grammatik til hisoblanar edi. Lotin tilini Donat va Pristsian grammatik sistemasi asosida amalga oshirilgan lotin grammatikasiga "toʻgʻri gapirish va yozish san’ati" deb qaralar va u sof amaliy maqsad uchun xizmat qilar edi. Lekin oʻrta asr oxiriga kelib, lotin tili oʻlik tilga aylangan edi. Natijada turli millat vakillari boʻlgan olimlar oʻzaro lotin tilida gaplashmoqchi boʻlganlarida bir-birlarining gaplariga tushunmas edilar.
Grigoriy Nisskiy xudo insonga gapirish qobiliyatini Bergan, narsalarning nomlarini esa insonning oʻzi qoʻygan degan fikrni bildirgan. Ushbu fikrni u "Tavrot" dan olgan.
VIII-X asrlarda Gʻarbiy Yevropada sxolastika (grekcha maktab) falsafasi vujudga keldi. Zamirida Platon va Aristotel’ ta’limoti yotgan sxolastika "Tavrot" (xristian va yahudiylarning diniy kitobi) va "Injil" (xristianlarning diniy kitobi) ning ilmiy asosini tashkil qilar edi. Sxolastik falsafa ilohiyot (teologiya) ning xizmatida edi.
XI-XIII asrlarda "nomlarning toʻgʻriligi" haqidagi antik faylasuflarning munozarasi davom ettirildi. Munozarada qatnash-ganlarning bir qismi realistlar boshqasi nominalistlar nomini oldi.
Realistlar ta’limotiga koʻra real borliq umumiy tushunchadangina iborat boʻlib, bu tushunchalar ifodalaydigan predmet va hodisalar oʻsha tushunchalarning nusxasi, xolos. Xudo odamni oʻziga oʻxshatib yaratgan degan afsona realizm ta’limotining asosini tashkil qiladi. Bu gʻoya "Injil" dagi dastlab soʻz mavjud boʻlgan, narsalar umumiy gʻoyaning gavdalanishi sifatida soʻzdan keyin paydo boʻlgan, degan fikrga asoslangan. Realizmga asos solgan kishi katolik yepiskopi Ansel’m (1033-1109) hisoblanadi.
Nominalistlar ta’limotiga koʻra, aniq predmetlar va hodisalar real ravishda mavjuddir, ular haqidagi tasavvurlardan umumiy tushunchalar hosil boʻladi. Bu tushunchalar real dunyoda mavjud boʻlmay kishining ongida, ongning faoliyati natijasida yuzaga keladi. Ushbu gʻoya materialistik oqim ta’limotiga mos tushadi. Shuning uchun cherkov bu ta’limotni bid’at deb e’lon qildi va nominalistlarni qattiq ta’qib ostiga oldi.
Gʻarbiy Yevropada uygʻonish davri deb atalgan XIV-XVII asrlar tillarning grammatikasini yaratish davri boʻlgan. Masalan XV asrdan boshlab ital’yan, ispan, niderland tillarining, XVI asrdan boshlab fransuz, ingliz, chex, venger tillarining, XVII asrdan esa nemis, rus, ukrain, portugal, daniya tillarining grammatikalari yaratildi. Ular ichida diqqatni tortadiganlari Uollisning "Ingliz tili grammatikasi" (1653) Eduard Ludol’fning "Rossiyskaya grammatika " (1696) asarlaridir.
Kitob chop qilishning boshlanishi bilan Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya va Amerikadagi tillar haqida koʻp ma’lumotga ega boʻldilar. Natijada fan olamiga ma’lum boʻlgan barcha tillarning katalogini tuzish va tasniflash imkoniyati tugʻildi. Shu tariqa frantsuz olimi G. Postellusning "Tillarning qarindoshligi haqida" (1533) kitobi maydonga keldi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling