B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
Tilshunoslik aspektlari. Tilni oʻrganadigan tilshunoslik fani ham koʻp aspektli fanlar qatoriga kiradi. Tilshunoslik fanining aniq til faktlariga koʻra bir necha turi mavjud:
1. Nazariy tilshunoslik. 2. Amaliy tilshunoslik. 3. Struktural tilshunoslik. 4. Xususiy tilshunoslik. 5. Umumiy tilshunoslik. Nazariy tilshunoslik tilshunoslikka doir asosiy gʻoyalar, nazariyalar haqidagi tizimdir. Unda til haqidagi asosiy tushuncha va tamoyillar umumiylashtiriladi. Tilning asosiy muammolari va dolzarb masalalari olgʻa suriladi. Tilshunoslikning lingvistik masalalarini amaliy yoʻl bilan oʻrganuvchi sohalari amaliy tilshunoslik sanaladi. Uning eksperimental fonetika, lingvostatistika, leksikografiya kabi yoʻnalishlari mavjud. Tilshunoslikda til komponentlarining ichki munosabatlarini, oʻzaro bogʻliqligini, tilning struktura tomonini yoritish asosiy maqsad qilib qoʻyilgan yoʻnalishi struktural lingvistika deb ataladi. Xususiy (konkret) tilshunoslik har bir konkret tilning fonetik tizimi, lugʻat tarkibi, grammatik qurilishi va ularning taraqqiyot yoʻllari hamda bu tilning boshqa tillarga munosabatini oʻrganadi va shu asosda konkret tilning ilmiy grammatikasini yaratishga intiladi. Umumiy tilshunoslik ma’lum bir til emas, balki umuman til qonunlari, tilning paydo boʻlishi, tilning jamiyatdagi oʻrni va vazifasi kabi masalalarni tadqiq etadi. Shuningdek, bu fanda konkret tillarni, til guruhlarni, qardosh tillarni oʻrganish natijasida aniqlangan lingvistik faktlar umumlashtirilib, muhim ilmiy-nazariy xulosalar chiqariladi. Umumiy tilshunoslik-inson tilini ilmiy oʻrganadigan fan boʻlib, uning asosiy maqsadi tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari, tilning mohiyati, tilning tuzilishi, til va nutq, til va tafakkur, tildagi belgilar tizimi, til va jamiyat, til taraqqiyoti, tilshunoslik maktablari va yoʻnalishlari, tillarni ilmiy tadqiq etish usullari haqida ma’lumot berishdan iborat. Shu jarayonda tilning tipologik belgilarini aniqlaydi. Umumiy tilshunoslik fani tilning tabiati va mohiyati, tilning jamiyat va tafakkur bilan munosabati, tilning qurilishi va sistemalilik xarakteri, tilning kelib chiqishi va taraqqiyot qonunlari, tillar tipologiyasi va tasnifi, tilni oʻrganish metodlari kabi muammolarni oʻrganadi. "Umumiy tilshunoslik" kursida tillarning qurilishidagi quyidagicha umumiy, universal muammolar oʻrganiladi: 1. Tilshunoslik tarixida mavjud boʻlgan oqimlar va maktablarda til muammolarining oʻrganilishi. 2. Tilning nazariy masalalari. Til va nutq. Til va tafakkur. Tildagi belgining tabiati haqida. Mantiqiy va grammatik kategoriyalar. Til va jamiyat. Tilda shakl va mazmun. 3. Til qurilishi masalalari. Til qurilishida pragmatika va sintagmatika.Til fonologiyasi, leksikologiyasi, grammatikasi, soʻz yasalishi. Lingvistik tipologiya. Tillarning tipologik va geneologik tasnifi. 4. Tillarni oʻrganish metodlari: qiyosiy-tarixiy, chogʻishtirish, tasviriy, riyoziyot, avtomatlashtirish. Jugʻrofik metod va uning mohiyati. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling