B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
Qadimgi hind tilshunosligi. U amaliy masalalar bilan shugʻullangan. Snuning uchun ham u amaliy ahamiyatga ega boʻlgan. Qadimgi hind tilshunosligi hindlarning diniy va harbiy qoʻshiqlari boʻlgan "Ved" larni oʻrganish natijasida paydo boʻlgan. Ular ana shu qoʻshiqlar asosida til faktlarini tekshirganlar. Natijada sanskrit deb atalgan til paydo boʻlgan. Shuning uchun hozirgacha hindlarning eng qadimgi tili sanksrit tili deb ataladi.
Qadimgi hindlar Vedlar imlosini saqlash va uni oʻzgartirmaslik uchun harakat qilganlar. Bu qoʻshiqlar tili jonli xalq tiliga, ya’ni prakritlarga qarama-qarshi boʻlganlar. Hindistondagi qadimgi tilshunoslik oʻsha davrdagi harbiy, diniy qoʻshiqlar tilini oʻrganish natijasida, ularning til tozaligini saqlash va adabiy tilga jonli xalq tili elementlarini koʻplab kiritmaslik natijasida maydonga keldi. U til materiali asosida xususan qoʻshiqlardagi fonetik hodisalarni oʻrganish asosida rivojlanadi va soʻnggi asrlardagi til nazariyalari taraqqiyotiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Buyuk rus tilshunosi V. Tomsenning fikricha, Yevropa tilshunosligi to XIX asrgacha qadimgi hind tilshunosligi darajasigacha koʻtarila olmagan edi. Ma’lumki, Yevropa tilshunosligi oʻzining XIX asrdagi darajasiga ham qadimgi hind tilshunosligi yordamida erishdi. Veda adabiyotida til masalalari toʻrt reja asosida oʻrganiladi. Birinchi reja shikshada tilning fonetikasi va orfoepiyasi, ikkinchi reja Chxandada She’r oʻlchovlari, uchinchi reja Vyakoranada grammatika va toʻrtinchi reja Niruktada leksika va etimologiya masalalari hal qilingan. Ana shu toʻrt reja asosida qadimgi hind tilshunosligi taraqqiy qiladi. Qadimgi hind tilshunosligining koʻzga koʻringan vakillaridan biri Panini (eramizgacha IV asr) hisoblanib, uning asarlarida fonetika, grammatika va etimologiya masalalari har tomonlama oʻrganilgan. Undan soʻng Vararuchi Kat’yayana (eramizgacha III asr) prakritlar grammatikasini yaratadi. Keyinchalik grammatikani falsafiy aspektda yoritishni Patanjali (eramizgacha II asr) va Bxartxari asarlarida uchratamiz. Eramizning boshlarida hind leksikografiyasi rivojlanadi. Uning taraqqiyoti Amarusipxa (VI asr) va Xemachandra (XII asr) nomi bilan bogʻliqdir. Qadimgi hind tilshunosligida sintaksisga kam e’tibor berilgan. Sintaktik hodisalar morfologik qoidalarni tahlil qilish jarayonida yoʻl-yoʻlakay izohlanib ketilgan. Hind tilshunoslari orasida eng mashhuri hisoblangan Panini asarlarida sanskrit morfologiyasi bilan uning tovush tarkibi oʻziga xos uslub bilan izohlanadi. U epizodik xarakterda boʻlsada, sanskrit tili bilan dialektlarini bir-biriga chogʻishtiradi. Natijada unda qiyosiy metod elementlarini uchratamiz. Hind tilshunoslari til birligi sifatida gapni tan olganlar, Chunki faqat gap orqali fikr ifodalanadi, deb tushunganlar. Soʻzni til birligi deb hisoblamaganlar. Ularcha, soʻz shakl va mazmun nuqtayi nazaridan mustaqillikka ega emas. Gaplarni qismlarga boʻlishda faqat amaliy maqsadni koʻzda tutganlar. Keyinchalik hind tilshunoslari gaplardagi soʻzlarni bir necha soʻz turkumlariga boʻlib oʻrgana boshlaganlar. Lekin bunda bir xil fikr yoʻq edi. Ular soʻzlarni toʻrt guruhga boʻlib oʻrganganlar: ot, fe’l, koʻmakchi va yuklamalar. Hind tilshunoslari fonetika sohasida original ish qilganlar. Lekin qadimgi hind grammatikalarida tovushlarni fiziologik mezon asosida xarakterlash kuchli boʻlgan. Tovushlarning paydo boʻlishini xarakterlashda qadimgi hind tilshunoslari artikulyatsiya oʻrnini tovushni hosil qiluvchi a’zo ishtirokini farqlaganlar. Tovush hosil qiluvchi va tovushni oʻzgartiruvchi nutq a’zolarining ishi har taraflama yoritilgan. Umuman, qadimgi hind tilshunosligi va uning nazariyotchilari tilshunoslik taraqqiyotida sezilarli iz qoldirdi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling