B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.92 Mb.
bet8/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

Arab tilshunosligi. Qadimgi arab tilshunosligi umumiy va qiyosiy tilshunoslikda muhim oʻrin tutadi. Arab tilshunosligining taraqqiyoti VII-XII asrlarga toʻgʻri keladi. Arab tilshunosligi oʻz davrida ilmiy tekshiruvchilar orasida koʻp qiziqish va tortishuvlarga sabab boʻlgan. Tekshiruvchilarrning ba’zi birlari faqat arab tilshunosligini emas, balki butun qadimgi arab fanining boʻlganligini shubha ostiga olib, uni mustaqil fan emas va uning yaratilish faqat arablarning oʻziga tegishli emas, deb hisoblaydilar. Arablar tilshunoslikni klassik va hind tilshunosligidan olgan va uni oʻz sharoitiga moslashtirib Yevropaga yangicha koʻrinishda taqdim etganlar deb hisoblamoqchi boʻldilar.
Arab fani va tilshunosligini diqqat bilan oʻrganish natijasida bu fikrlarning notoʻgʻri ekanligi isbotlandi. Arab tilshunosligi ham asosan amaliy masalalarni olgʻa surdi. Qadimgi arab tilshunosligining markazi avval Barsa va Qufa shaharlari boʻlsa, keyinchalik Bogʻdodga koʻchadi. Arab tilshunosligining eng koʻzga koʻringan vakillaridan biri Sibavyeyhidir. Oʻzining "Al-kitob" asarida eski arab she’riyatidan olingan mingdan ortiq she’riy parchalar asosida arab tili grammatikasi va fonetikasi haqida fikr yuritadi. Sibaveyhi kitobidagi grammatikaga doir fikrlar oʻzining tugallanganligi va sistemaliligi bilan kishini hayratga soladi.Bu narsa Sibavyeyhini oʻz ustozi Xalil al Farxodiyning "Ayna kitobi"dan bahramand boʻlganligini koʻrsatadi. Sibaveyhining «Kitobi» keyingi davr arab tilshunoslari uchun amaliy qoʻllanma boʻlib qoldi. Bu asarda arab tili fonetikasi va grammatikasiga doir fikrlargina emas, balki arab tilining soʻz boyligini toʻplash va tasnif qilish haqida ham qimmatli fikrlar berdi. Arab tilshunosligi taraqqiyotiga Al-Asmai, Abu Ubayda, Al-Ansora, Al-Mubarrad, Muhammad ibn Durayd, Muhammad Al Anbari, Ibn Jini va boshqa tilshunoslar ham munosib hissa qoʻshdilar.
Arab tilshunoslarining qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlari juda kattadir. Darhaqiqat, ular fonetikani juda yaxshi oʻrganganlar. Arablar tovush bilan harfni, ya’ni nutqiy tovushning grafik simvoli bilan nutq tovushini farqlaganlar. Tovushlarni xarakterlash fiziologik nuqtayi nazar asosiy boʻlsa ham akustik nuqtayi nazarga ham amal qilganlar. Ular undoshlarnigina emas, balki arab tilidagi unlilarni ham farqlay olganlar. Hatto ular oʻsha vaqtda arab tilidagi ichki fleksiyani ham ishlab chiqqanlar. Sibaveyhi arab tilidagi tovushlarni tasniflashda, ularning paydo boʻlishidagi 16 oʻrinni belgilay olgan. Ular ba’zi tovushlarning toʻliq artikulyatsiyasini berishga harakat qilganlar.
Arab tilshunoslari til leksikasini ishlashda ham ancha ish qilganlar. Arablar juda koʻp leksik material toʻplaganlar va ularni turli lugʻatlarda tasnif qildilar. Shu bilan tilning lugʻat boyligini koʻrsatmoqchi boʻldilar. Masalan, qilich soʻzining 500, sher soʻzining 500, tuya soʻzining 1000 sinonimi borligini koʻrsatadilar.
Oʻz ona tillarida lugʻatlar yaratish uchun koʻp kuch sarfladilar. Masalan, al Feruzobodiy 60 tomlik lugʻat yaratgan va uni "Qomus" deb atagan. Lekin bu lugʻatlarning va tarixiy kelajagi yoʻq edi. Grammatika sohasida ham arab tilshunoslari ancha yaxshi ishlaganlar. Ammo bu oʻrinda Aristotel’ tasnifidan foydalanganlar. Aristotel’ kabi soʻzlarni ot, fe’l va bogʻlovchilarga boʻlganlar. Arablar semit tillarga xos boʻlgan uch undoshli oʻzak tushunchasini izohladilar. Bundan ular oʻzakdagi unlilar fleksiyasini va affikslar ahamiyatini hisobga oldilar. Ular til analogiyasi haqida ham original fikrlar aytdilar. Xuddi ana shu morfologik kategoriyalar XIX asrdagi Yevropa olimlarining grammatik nazariyalari taraqqiyotiga ta’sir qildi.
Arab tilshunosligida sintaksis sohasida sezilarli ish qilinmagan desa boʻladi.
Arab tilshunoslarining klassik va hind tilshunoslaridan farqli tomoni shundaki, ular oʻz tillaridan boshqa tillarni, jumladan fors, turk, mugʻul tillarini ham oʻrganganlar. Lekin bunda qiyosiy va tarixiy tamoyilga amal qilmaganlar.
Arab filologlari klassik til shakllarini soʻzlashuv tili bilan qiyoslab, amaliy jihatdan ular oʻrtasidagi farqni seza bildilar, lekin uni tarixiy izohlash darajasiga borib yetmadilar.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling