B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.92 Mb.
bet3/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

B. Areal (maydon) tilshunoslik.  Dunyodagi 2976 tilning tarqalish doirasi, tillar xaritasi, mamlakatlarni til tomondan tasvirlash areal tilshunoslik predmeti sanaladi.
V. Tipologik tilshunoslik.  Tipologiya tillarning qurilishidagi umumiy, universal holatlarni tekshiradi. Bunda barcha tillar, ularning qarindosh yoki qarindosh emasligidan qat’iy nazar oʻrganilaveradi.
Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi
Til tilshunoslik fanining obekti boʻlib, u insonning bevosita kuzatishi va mustaqil ilmiy izlanishlari uchun ham xizmat qiladi.
Tilshunoslik fani til boʻyicha tadqiqot ishlari olib borganda, boshqa fan materiallarini ham hisobga oladi.
1. Tilshunoslik birinchi navbatda falsafa bilan chambarchas bogʻliqdir, chunki falsafa tilshunoslikning metodologiyasini belgilab beradi, jumladan, dialektika til va tafakkur haqidagi ta’limot tilshunoslikning metodologik asoslarini tashkil etadi.
2. Tilshunoslik psixologiya bilan ham chambarchas bogʻliqdir. Tilshunoslik bilan psixologiya oʻrtasida mavjud boʻlgan muammolar psixolingvistikada oʻrganiladi.
3. Tilshunoslik tarix bilan ham oʻzaro bogʻliq, chunki tilning lugʻat tarkibi, uninig ish koʻrish doirasi va xarakteri jamiyat tarixi bilan uzviy aloqadadir.
4. Tilshunoslik etnografiya bilan ham bogʻliq. Etnografiya xalqlarning kelib chiqishi, tarkibi, urf-odatlari, moddiy, ma’naviy va ijtimoiy madaniyatini oʻrganadi. Tilshunoslik fani u yoki bu tilni oʻrganishda xalq etnografiyasi materiallaridan foydalanib ish koʻriladi.
5 Tilshunoslik tafakkur qonunlari va fikrlash shakllari haqidagi fan boʻlgan mantiq bilan ham bogʻliq.
6. Ma’lumki, ijtimoiy tuzumga aloqador, hayot bilan va kishilarning jamiyatdagi munosabatlari bilan bogʻlangan; ijtimoiy jamiyatning sinflarga boʻlinishi, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq qonuniyatlarni sotsiologiya fani oʻrganadi. Bu fan tilshunoslik bilan uzviy bogʻliq holda taraqqiy etadi.
7. Qadimiy moddiy madaniyat yodgorliklari asosida kishilik jamiyatining oʻtmishini oʻrganuvchi fan-arxeologiya ham tilshunoslik bilan bogʻliqdir.
8. Shuningdek, tilshunoslik adabiyotshunoslik bilan uzviy bogʻlangandir. Ularning aloqasi ayniqsa stilistika, adabiy til tarixi, badiiy adabiyot muammolarini oʻrganishda yaqqol koʻzga tashlanadi.
9. Garchi tilshunoslik fani ijtimoiy fan boʻlsa-da, fizika, kibernitika, matematika, fizologiya kabi tabiiy fanlar bilan ham bogʻliq holda rivojlanadi.
Nutq tovushlarining xususiyatlarini, nutq tovushlarini tasnif qilish tamoyillarining oʻrganishda fizika fanining akustika boʻlimi tilshunoslikka, uning fonetika sohasiga katta yordam bermoqda.
Chet tillarni oʻqitish, mashina yordamida tarjima qilish, turli tipdagi lugʻatlarni tuzishda tilshunoslik matematik metodlarga va kibernetika fani yutuqlariga tayanadi.
Tovushlar artikulyatsiyasi va eshitish qobiliyatini oʻrganganda, nutqiy qobiliyatning buzilish sabablarini tekshirganda tilshunoslik fizologiya, meditsina singari fanlarning yutuqlariga tayanib ish koʻradi.
Xullas, tilshunoslik til haqidagi mustaqil ijtimoiy-tarixiy fan boʻlib, uning obekti boʻlgan til tilshunoslikdan tashqari bir necha fanlar tomonidan oʻrganishni talab qiladigan murakkab sohadir.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling