Bolalar nutqini shakllantirishda fonetik bilimlarning o’rni
Download 26.06 Kb.
|
Макола Самаркандга
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbek lotin alifbosidagi Ingliz tili alifbosidagi undosh harflar undosh harflar
Bolalar nutqini shakllantirishda fonetik bilimlarning o’rni ADU H.U.Davlatova Til kishilar o’rtasida eng muhim aloqa vositasi bo’lib, o’zining ichki tuzilishiga ega. U tafakkur bilan dialektik munosabatdadir. Shuning uchun ham til bilan tafakkur munosabati, tilning kommunikativ funksiyasi va ichki tuzilishi tadqiqotchilar diqqatini tortib keldi. Shu bilan birga, til jamiyat bilimlarini to’plash va kelajak avlodga yetkazish hamda til egalari tomonidan idrok qilish va olamni bilish vazifalarini ham bajaradi. Shuningdek, muayyan bir tilni individlar tomonidan o’zlashtirilishi, bilish jarayonini o’rganish ham lingvistika uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi davrda bolaning ona tilini o’zlashtirishini o’rganish, bolalar nutqini o’rganishdagi psixolingvistik yondashuv bilan bog’liq. O’tgan asrning 30-yillaridayoq L.S.Vigotskiy tomonidan bolalar nutqini tahlil etishning psixolingvistik asoslari belgilab berildi.[1] Bolaning kattalar bilan muloqoti jarayonida uning nutqi shakllanib, takomillashib boradi. Bu esa ruhiy jarayonlarni tubdan qayta quradi. Bolalarda nutqning rivojlanishi bevosita uning psixik rivojlanishi bilan uzviy bog’lanadi hamda o’ziga xos alohida bir ko’rinish kasb etadi. Aynan ruhshunoslar bolalar nutqini birinchi bo’lib izchil ilmiy tadqiqot o’tkazish maqsadida o’rgana boshladilar. 40-yillarda O.Mourer ko’plab ruhshunoslar va tilshunoslar hozir ham eng ishonchli deb sanayotgan o’zining fonologik rivojlanish haqidagi nazariyasini ishlab chiqdi. Maktab yoshidagi bolalarning ko’pchiligida Ingliz tili tovushlarinig noto’g’ri talaffuz etilishining guvohi bo’lamiz. Ularda ayrim hollarda shovqinli, titroq, sonor undosh (r) ini talaffuz etishida nuqsonlar ko’zga tashlanadi. Bu bosqichda bolaning so’z zahirasi juda tez o’sadi. Biroq, ular hali ham so’zlarning ma’nolarini to’liq tushunmaydi va ko’p so’zlarni analogik tarzda qo’llaydilar. Bu davrda bola lug’at boyligining o’sishi bilan hamohang nutqning grammatik qurilishi ham takomilllasha boradi. Birinchi sinf o‘quvchilari to’rt chorak davomida chet tillarini faqat o’yin tarzida o’rganishadi. Ikkinchi sinfdan esa Ingliz tili alifbosidagi harflarni har bir dars davomida ikkitadan o’rganib boradilar. Bir tarafdan olib qaralganda bu jarayon unchalik qiyin tuyilmaydi, chunki O’zbek tilinig lotin alifbosidagi unli va undosh harflar deyarli Ingliz tilidagi harflar bilan bir hil, lekin ba’zi Ingliz tilidagi harflarnig talaffuzi o’quvchilarda qiyinchilik tug’diradi. Chunki Ingliz tilida 26 ta harf bo’lib, bu harflar 44 ta tovush beradi. O’zbek tilining lotin alifbosida 29 ta harf bor. [2.49]Ingliz va O’zbek tili alifbosida ham 6 ta unli harf bor, lekin Ingliz tilidagi 6ta unli harf 24 ta unli tovushni beradi. Undosh harflarni ikkala tildagi farqini ko’rib chiqamiz;
Bb Bb Dd Cc Ff Dd Gg Ff Hh Gg Jj Hh Kk Jj Ll Kk Mm Ll Nn Mm Pp Nn Qq Pp Rr Qq Ss Rr Tt Ss Vv Tt Xx Vv Yy Ww Zz Xx G’g’ Zz Sh sh Ch ch Ng ng Yuqorida aytib o’tganimizdek, Ingliz tilidagi undosh harflarning ko’rinishi O’zbek lotin alifbosidagi harflarning korinishi bilan bir hilligi sababli o’quvchilar huddi ona tilidek talaffuz qiladilar. Masalan: Ingliz tilidagi “B”, “D”, “F”, “H”, “K”, “L”, “M”, “N”, “P”, “T” harflari o’rganayotganda qiyinchilik tug’ilmaydi. Ingliz tili alifbosidagi ba’zi harflar O’zbek lotin alifbosida yoq bo’lganligi sababli talaffuz jarayonida qiyinchilikka duch keladilar va berilgan harflarni huddi ona tilisidagi harflarni aytilishidek talaffuz qilib yuboradi: Masalan Ingliz tilidagi Q [`kju:], R [`a:], V [`v:], W [`dablju:], X [`eks], Z [`zed]. Qq harfi yakka holda tovush bermaydi. Bu harfdan so’ng odatda “u” harfi kelib, (k) tovushini yoki [kw] tovush birikmasini beradi quick [`kwik], Rr [r] tovushini beradi, o’zbek tilidagi (r) tovushi titroq holda talaffuz qilinadi, ammo Ingliz tilidagi [r] tovushi titroq holda talaffuz qilinmasligi kerak. Bu tovushni uchlantirgan holda [rrr] talaffuz qilinishi kerak. Vv harfi jarangli [v] tovushini beradi. O’zbek tilidagi (v) tovushidan farq qilganligi uchun bu tovush ham uchlantirilgan holda [vvv] tarzda talaffuz qilinadi. Ww harfini talaffuzi o’zbekcha (v) holda talaffuz qilinishiga yo’l qo’ymasligimiz kerak. Bu tovushni talffuz qilishda lablar erkin holatda, dumaloq shaklda bo’ladi, ammo yuqori va pastki lablar birlashmaydi. Xx harfi so’z oxirida, undosh harfdan va urg’usiz bo’g’inda kelgan “i” unli harfidan oldin [ks] o’qiladi exist [`eksit]. Zz harfi jarangli [z] tovushini beradi. O’zbek tilidagi (z) tovushidan farq qiladi, bu tovush ham uchlantirilgan holda [zzz] tarzda talaffuz qilinadi.[3.16] Xulosa qilib aytganda, Ingliz va O’zbek tili alifbosidagi harflarni ko’rinishi bir hil bo’lsa ham, o’qilishi va talaffuzi boshqa boshqadir, Harflarni yozuvdagi shaklini bir hilligining ijobiy va salbiy jihatlari bor. Ijobiy tomoni, bolalar yangi harflarni va yangi harflar ishtirok etgan so’zlarni qiynalmay o’qiy oladilar. Salbiy tarafi, harflar ikkala tilda ham o’xshash bo’lishiga qaramay bir harf bir necha tovushni berishi mumkin. Masalan Ingliz tili alifbosidagi “Cc” harfi [s] va [k] tovushlarini beradi, “cat”, “center”, “cycle”. Adabiyotlar Выготский Л.С. Мышление и речь\\Собр. Соч. – M., -T.2 T.B.Umirzaqov. THE ABC 16 bet To’lqin Tof’ayev O’zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug’ati 49 bet Download 26.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling