Reja: Nutqning fonetik bo’linishi


Download 36.07 Kb.
Sana25.03.2023
Hajmi36.07 Kb.
#1294618
Bog'liq
Ona tili 4-Mavzu Nutqning fonetik bo\'linishi


Mavzu: Nutqning fonetik bo’linishi.
Reja:


  1. Nutqning fonetik bo’linishi

  2. Fraza (jumla), haqida ma’lumot.

  3. Takt, fonetik so‘z.

  4. Bo‘g‘in, tovush.Urg‘u va uning turlari.

Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish uchun ketma-ket kelayotgan tovushlarning o`zaro ta`siri natijasida o`zgarishlarga uchrashi fonetik hodisa deyiladi.Ko'rinadiki, fonetika tilning tovushlar tizimi, ularning tuzilishi, nutq jarayonida o'zgarishi, o'zaro almashinishi, nutqiy holat bilan aloqador bo'lgan bo'g'in va uning turlari, so'z urg'usi haqida nazariy va amaliy ma'lumot beradigan tilshunoslikning maxsus sohasidir. Fonetika garchi nutq tovushlari bilan shug'ullansa ham, tilshunoslikning leksika va grammatika sohalari bilan ham bog'liq, chunki nutq tovushlari ma'noviy farqlantiruvchi til birligi bo'lganligi uchun so'z bilan aloqador, so'zning tuzilishiga va ma'nosini farqlashga xizmat qiladi. So'zning bu xususiyatlari bilan leksikologiya ham shug'ullanadi, bu jihatda fonetika va leksika (leksikologiya) bir­biri bilan aloqadordir. Grammatika ham so'z va uning tarkibi, o'zgarishi (bu fonetik – tovush tarkibi va tovush o'zgarishi hamdir) bilan shug'ullanganligi sababli ham leksika, ham fonetika bilan aloqador. Bularning barchasi tilshunoslikning bir­biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan, biri ikkinchisisiz yashay olmaydigan maxsus sohalaridir. So'nggi paytlarda tilshunoslikda fonetika va fonologiya bir­biridan farq-lana boshlandi. Aslida bular – bir sohaning ikki tomoni bo'lib, ularning farqi shundaki, fonetika nutq tovushlarining hosil bo'lishi, artikulyatsion va akus-tik xususiyatlari bilan shug'ullansa, fonologiya ko'proq tovush, urg'u va ohangning ma'no tomoni – ma'noni farqlantiruvchilik xususiyati bilan qiziqadi. N.S.Trubetskoy fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o'rganadi. Siyosiy iqtisod fani mahsulotshunoslikka qanday munosabatda bo'lsa, fonologiya ham fonetikaga shunday munosabatda bo'ladi, degan.


Fonetik birliklarga tovush, bo'g'in, urg'u, ohangkiradi; fonologik birliklarga esa fonema, sillabema, aksentema, intonema kiradi. Demak, fonetika aniq, fonologiya mavhum tushuncha ekan. Tovush, ayniqsa, nutq tovushlari ancha murakkab hodisadir. Shuning uchun uning o'rganiladigan tomonlari ko'p. Shu tufayli fonetika bir necha sohalarga bo'linadi
Nutq fonetik jihatdan to’rt tarkibiy qismdan iborat: jumla, takt, bo‘g‘in va tovushga ajratiladi. Fonetika ana shu birlikni tilda tutgan o’rni turi va xususiyatlarini o’rganadi.
Fraza nutqning eng katta fonetik birligi bo’lib, ikki tomonidan pauza bilan chegaralanib o’ziga xos ohangga ega bo’ladi. Fraza jumla degan ma‘noni anglatib, u ko’pincha gapga teng keladi.
Takt. Frazalar taktlardan tashkil topgan bo’ladi. Frazaning ikki kichik pauzasi orasiga joylashgan va yagona urgu bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir necha buginning yigindisiga takt deb aytiladi. Frazada nechta urgu bulsa, shuncha takt buladi. Takt uz navbatida sintagma deb xam yuritiladi.
Bug’in . Takt bug’inlardan tashkil topadi. Bug’in bir yoki bir necha tovushlardan tashkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir.
Tilshunoslik fanida bug’in ta‘rifiga aloqador bir nechta nazariya mavjud. Shulardan ikkitasi: fonologik bugin nazariyasi va fone­tik bugin nazariyasi boshqalariga qaraganda kengrok tarqalgan.

Badiiy adabiyotdan misol:

Salqin saharlarda badom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor….

Gorizontal holatiga ko’ra: Hosil bo’lish o’rniga ko’ra:


1.Old qator: i, e, a. 1.Lab undoshlar:
2.Orqa qator: u, o’, o lab-lab; b, m, p
Vertikal holatiga ko’ra: lab-tish: v, f
Yuqori tor; i,e.
O’rta keng: e, o’. 2.Til undoshlari:
Quyi keng: a, o til oldi: z, l, n, r, s, t, sh, d, j,
Lablarning ishtirokiga ko’ra: til o’rta: y.
1.Lablangan: u, o’, o til orqa: g, k, ng.
2.Lablanmagan: i, e, a. chuqur til orqa: q, x, g’

Hosil bo’lish usuliga ko’ra:


1.Portlovchi: b, g, d, k, p, t, q.
2.Sirg’aluvchi: z, y, x, sh, g’, v, j, s, f, h.
3.Portlovchi-sirg’aluvchi: m, n, ng, l, r.
Jarangli: g, z, d, r, m, n, ng, b, v, j, g’, l, y, m.
Jarangsiz: s, k, t, sh, f, q, p, x, k, h,
Download 36.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling