Панель управления oynasida klaviatura parametrlarini
sozlash
Klaviatura parametrlari Свойства: Клавиатура muloqot oynasida sozlanadi.
Ushbu oynani ochish uchun Пуск - Панель управления - Клавиатура buyruqlar ketma-ketligini bajaring. Agar boshqarish panel;da Клавиатура rejimi tasvirlanmasa, u holda boshqarish paneli uskunalar panelidagi Категория tugmasini bosib, undan “мелкие значки'’ buyrug1 ini bajaring. Клавиатура rejimi paydo bo‘lgach, ko‘rsatkichni unga keltirib, sichqoncha chap tugmasini bosing. Свойства: Клавиатура muloqot oynasi ochiladi (4.17-rasm).
Ochilgan oynada klaviatura orqali kiritiladigan belgi qayta- dan kiritilishi uchun pauza holatini va qayta kiritish tezligini boshqarish uchun mos yugurdaklami kerakli pozitsiyaga joylashtiring.
Ko‘rsatkichning miltillashi tezligini sozlash uchun Частота мерцания курсора bo‘limidagi yugurdakni kerakli pozitsiyaga joylashtiring.
4.17-rasm. Свойства Клавиатуры muloqot oynasi.
Oynadagi Оборудование bandi orqali klaviaturaning holatini nazorat qilish mumkin.
OK tugmasini bosing.
Панель управления oynasida sana va vaqt parametrlarini sozlash
Sana va vaqt parametrlari Дата и время muloqot oynasida sozlanadi (4.18-rasm).
Ushbu oynani ikki xil usulda ochish mumkin. Birinchi usulda ko'rsatkichi masalalar panelining ma’lumot berish sohasidagi vaqt ko'rsatkichi ustida sichqoncha o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekstli menyudan Настройка даты и времени buyrug'i bajariladi. Ikkinchi usulda Пуск - Панель управления - Часы, язык и регион - Дата и время buyruqlar ketma-ketligi bajariladi. Дата и время muloqot oynasini oching.
Oynada soat mintaqasi to‘g‘ri o‘matilganligini tekshiring. Agar ushbu parametr noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, Изменить часовой пояс tugmasini bosib, ochilgan ro‘yxatdan soat mintaqasini tanlang.
Vaqt va sana ko‘rsatkichlarini tekshiring. Agar ular noto‘g‘ri o‘matilgan bo‘lsalar, Изменить дату и время tugmasini bosib,
ochilgan Настройка времени и даты muloqot oynasida sana va vaqt ko‘rsatkichlarini o‘mating.
Do'stlaringiz bilan baham: |