B. S. Axrarov


Yacheyka ma’lumotlarni saqlashning minimal elementidir


Download 3.61 Mb.
bet106/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

Yacheyka ma’lumotlarni saqlashning minimal elementidir. Alohida olingan yacheyka nomi undagi ustun nomeri va satr nomeri orqali ifodalanadi, masalan: Al yoki DE234. Yacheyka nomi uning adresini bildiradi.
Diapazon deb bir guruh yacheykalarga aytiladi. Odatda to‘g‘ri to‘rtburchakli diapazonlar ko‘proq ishlatiladi. Ular bir necha qo‘shni yacheykalami o‘z ichlariga olishlari mumkin. Yacheykalar diapazoni undagi birinchi yacheyka adresidan song ikki nuqta belgisi qo‘yilib, birinchi yacheykaga diagonal bo‘yicha joylashgan oxirgi yacheyka adresi orqali belgilanadi. Masalan A1:C15 diapa­zon adresida birinchi yacheyka adresi Al, oxirgi yacheyka adresi C15 hisoblanadi.
Agar diapazon yacheykalari qo‘shni bo‘lmagan yacheyka- lardan iborat bo‘lsa, ulami belgilash uchun Ctrl klavishasini bosib turgan holda belgilash mumkin.
Varaqdagi birinchi yachekaga (Al adresli) tezlik bilan o‘tish uchun Ctrl + Home klavishalarini birgalikda bosiladi. Joriy satrdagi birinchi yacheykani faollashtirish uchun Home klavishasi bosiladi.
Formulalar yordamida hisoblashlar tartibi, ifodalar yozilib, ularda muayyan hisoblash amallari, shartlami tekshirish funksiyalari
ko‘rsatilib, yacheykalarga joriy etiladi. Formula tarkibida boshqa yacheykalar adreslari, funksiyalar, hisoblash operatorlari qatna- shishlari mumkin. 6.1-jadvalda MS Excel 2003 va MS Excel 2010 dasturlarida ishchi varaq hamda ishchi kitob asosiy parametrlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Parametrlar

Microsoft Excel
2003

Microsoft Excel 2010

Varaq o'lchami

65536 satr va
256 ustun

1048576 satr va
16384 ustun

Varaq ustunlarini nomer- lash

Al dan IV gacha

Al dan XFD gacha

Yacheyka ichidagi belgilar soni

1024 belgi

32767 belgi

Ishchi kitobidagi ranglar soni

56

4,3 million

Ishchi kitobidagi stillar soni

4000

64 000

Formulaning maksimal
uzunligi

1000 belgi

8000 belgi

«ЕСЛИ» funksiyasi ichma- ich joylashgan argumentlari

7

64

Saralash pog‘onalari

3

64

Ayirboshlash buferi sig‘imi

1 Гб

2 Гб


Varaqlar va ishchi kitoblarining asosiy parametrlari


6.1-jadva


6.3. MS Excel 2010 jadval protsessorining interfeysi



MS Excel dasturi an’anaviy tarzda Пуск -> Все программы -> Microsoft Office -> Microsoft Excel 2010 buyruqlar ketma- ketligini bajarish orqali ishga tushirilganida bo'sh varaqlardan iborat ishchi kitobi ochiladi.
MS Excel amaliy dastur sifatida Windows tizimi ilovalari kabi o‘z ilova oynasida amallar bajarish imkoniyatini yaratadi. MS Excel dasturining ilova oynasida bir necha ishchi kitob bilan ishlash mumkin. Наг bir ishchi kitobi o‘z ishchi varaqlariga ega bo‘lib, ularda ma’lumotlar bilan ishlash mumkin.
MS Excel 2010 interfeysi Microsoft Office 2007 paketi interfeyslarining takomillashgan ko‘rinishidan iborat. Asosiy e’tibor foydalanuvchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan. MS Excel foydalanuvchi interfeysi Microsoft Office Fluent (fluent - inglizchadan tezlik ma’nosini bildiradi) interfeysi kabi tezlik bilan kerakli natijalar olish imkonini yaratadi.
6.1-rasmda MS Excel 2010 foydalanuvchi interfeysi (oynasi) tasvirlangan.
MS Excel 2010 foydalanuvchi interfeysining asosiy elementlari:

  1. Oyna sarlavhasi ekranning yuqori qismida joylashgan bo'- lib, uning chap qismida tizimli menyuni ochish uchun ishlatiladigan MS Excel belgisi va joriy vaqtda ochilgan ishchi kitob nomi akslanadi. Yangi ishchi kitobi ochilganida unga Книга!, Книга!, ... KHwraN nomli vaqtincha nomlar beriladi. Sarlavha satrining o‘ng qismida an’anaviy tugmalar - oynani yig‘ish, yoyish va yopish (Свернуть, Развернуть, Закрыть) tugmalari joylashgan.

  2. Lenta - an’anaviy uskunalar panellari o'rniga joriy etilgan foydalanuvchi yangi interfeysi. Lenta ekranning sarlavha satridan so‘ng joylashgan. Lentaning yuqori qismida menyu bandlari joylashgan bo‘lib. har bir bandga mos ravishda menyu bandi quyi qismida funksional alomatlarga ko‘ra bir-birlariga yaqin buyruqlar va tugmalar guruhlaridan iborat panellar ochiladi.

  3. Tez-tez ishlatiladigan tugmalar paneli. Unda tez-tez. ishlatiladigan tugmalar joylashgan. Ularni o‘zgartirish ham mumkin. Asosan tez-tez ishlatiladiga buyruqlar tugmalari joylashadi..

  4. Yacheyka nomi maydoni - formulalar satri chap qismida joylashgan bo‘lib, faol yacheyka nomini ko‘rsatadi..

  5. Formulalar satri - faol yacheyka ichidagi ma’lumotlarni (formula, qiymatlar) tasvirlaydi. Ushbu satrga turli qiymatlami hisoblash uchun formula, ma’lumotlar kiritish va ulami tahrirlash mumkin. Unda yacheykaga joriy etilgan formulaning bajarilishi natijasida hosil bo‘lgan qiymat yacheykada tasvirlangan paytda, formula™ ko‘rib, tahrirlash mumkin.




Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling