B. S. Axrarov


Download 3.61 Mb.
bet48/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

Nazorat uchun savollar

  1. Total Commander dasturiy qobig‘i imkoniyatlari, uning paneilari vazifalari?.

  2. Total Commander dasturiy qobig'ida kataloglar yaratish, nomini o'zgartirish, ochirish qanday amalga oshiriladi?

  3. Total Commander dasturiy qobig‘ida fayl va kataloglami ko‘chirish qanday amalga oshiriladi?.

  4. Total Commander dasturiy qobig‘i oynasida menyu rejimlari vazifalari?

  5. Total Commander dasturiy qobig'i oynasida uskunalar panelidagi tugmalar vazifalari?

  6. Total Commander dasturiy qobig‘ida fayllami izlash qanday amalga oshiriladi?

8. Total Commander dasturiy qobig‘ida fayllami arxivlash va arxiv fayli ichidagi fayllami tikiash qanday amalga oshiriladi?

  1. bob. WINDOWS 7 OPERATSION TIZIMI VA UNING
    IMKONIYATLARI


  1. Operatsion tizim va uning vazifalari

Operatsion tizim - kompyuter resurslari va amallarini boshqa- ruvchi dasturiy ta’minot. Hozirgi zamon operatsion tizimlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Kompyuter konfiguratsiyasini boshqarish.

  2. Kompyuterdagi jarayonlami, ma’lumotlar oqimini va masa- lalami boshqarish.

  3. Xotirani boshqarish.

  4. Axborot xavfsizligini ta’minlash.

  5. Kiritish-chiqarish amallarini boshqarish.

  6. Tashqi xotirani boshqarish.

  7. Fayl tizimini boshqarish.

  8. Tarmoq ishini qo‘llab-quvvatlash.

Operatsion tizimda (Windows operatsion tizimida) kompyuter konfiguratsiyasini boshqarish hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Konfigu- ratsiya parametrlari (umumtizimli va foydalanuvchi parametrlari) tizim reestrida saqlanadi. Shuningdek, operatsion tizimni boshqarish vositalari yordamida ham tizim bilan ishlashning muhim parametrlari sozlanishi mumkin.
Operatsion tizimda jarayon tushunchasi - muayyan vaqt oralig'ida foydalanuvchi yoki tizimning o‘zi tomonidan ishga tushirilib, muayyan masalani yechish uchun bajarilayotgan, xotiraning yopiq adreslar fazosida saqlanuvchi, dastur va unga taaliuqli ma’lumotlar hamda boshqa obyektlardir.
Oqim - jarayon ichidagi qandaydir tashkil etuvchi bo'lib, bajarilishi uchun protsessor vaqti taqsimlanadi. Masala - yagona guruh sifatida boshqariladigan jarayonlar ketma-ketligidir. Demak, bitta muayyan masalani yechish uchun operatsion tizim bir necha jarayonlar ketma-ketligini bajaradi va bunda virtual xotiradan foydalaniladi.
Ko'pgina zamonaviy operatsion tizimlar bir vaqtning o‘zida bit necha jarayonlami bajarish imkoniyatlariga ega. Masalan, foydala- nuvchi musiqa eshitish uchun mos dasturni ishga tushiradi va shu bilan birga o‘zining rejalashtirgan masalasiga oid ishch dasturni (MS Word) ham ishga tushiradi, Ayni vaqtda kerakli hujjat bilan tahririash amalini bajarish uchun boshqa fayllarirti ham ochib, ulardan nusxa olishi ham mumkin. Bunday vaziyatda bir necha masalaga mos jarayonlar bajariladi.
Operatsion lizimda axborot xavfsizligini ta’minlash orqali tizimli obyektlar (fayliar, papkalar, jarayonlar, oqimlar va hokazolar) himoyalanadi, ularga ruxsatsiz murojaatlar oldi olinadi (har bir holat elektron jumalda qayd etib boriladi).
Operatsion tizimda kiritish-chiqarish amailarini boshqarish uchun dispetcher virtual, mantiqiy va tashqi xotira qurilmalariga murojaat qilish uchun mos dasturlami ishga tushiradi.
Tashqi xotirani boshqarish qattiq disk, flesh-karta, magnit- optik disklar va boshqa shu kabilar bilan ishlashni o‘z ichiga oladi.
Fayl tizimini boshqarish disklarda axborotni saqlash metod- iarini aniqlaydi. Ko‘pgina opertasion tizimlar NTFS fayl tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Fayllarni boshqarish uchun lazerli kompakt disklar CDFS va UDF fayl tizimlaridan foydalaniladi. Boshqarish uchun fayl tizimining drayveri ishlatiladi va u o‘z navbatida qurilma daryveri bilan birga axborotni tashqi xotiraga yozish (yoki saqlash) amailarini bajaradi. Fayl tizimini axborot bilan ishlashining asosiy vazifasi - faylni yaratish, faylni o‘qish, fay Ini saqlash.
Operatsion tizimning tarmoq ishini qo‘Ilab-quvvatlash kompo- nentalari Windows va boshqa shu kabi operatsion tizimlaming deyarli barchasida mavjud. Bularga tarmoq xizmatlarini ta’minlash, tarmoq dasturiy ta’minotining dasturiy interfeyslari, tarmoq proto- kollari va adapterlarining drayverlari kiradi. Tarmoq ishini qo‘llab- quvvatlashning ko‘p pog‘onali arxitekturasi tarmoq uchun yangi qurilmalar va protokollari ishini kengaytirish imkonini yaratadi.
Hozirgi vaqtdgacha turli operatsion tizimlar keng tarqalgan. Masalan: UNIX, MS DOS, PC DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, WINDOWS, LINUX, MACINTOSH, SYLLABLE, ReactOS va boshqalar. MS DOS, PC DOS, DRD DOS, OS/2 kabi operatsion tizimlar dastlabki shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan va o‘z vaqtida keng qo'llanilgan. UNIX, Windows, Macintosh tijoriy operatsion tizimlar bo‘lsa, LINUX, SYLLABLE, ReactOS ochiq kodli bepul tarqtiladigan operatsion tizimlardir. Operatsion tizim quyidagi xossalarga ega bo‘lishi kerak: ishonchlilik; himoyalan- ganlik; qulaylik; samardorlik; moslashuvchanlik; tushunarlilik; kengayuvchanlik.

  1. Windows 7 operatsion tizimining xususiyatlari


Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling