Windows 7 operatsion tizimi Windows NT oiiasiga mansub bo‘lib, 2009-yilning 22-oktabrida sotuvga chiqarilgan. Unda Windows Vista tizimidagi aniqlangan karnchiliklar bartaraf etilgan. Uning server kompyuterlar uchun Windows Server 2008 versiyasi ham ishlab chiqilgan. Ushbu operatsion tizimda multitach (multitouch - sensorli ekran bilan ishlash) rejimida ishlash ko'zda tutilgan. Shuningdek, kompyuterga ulanadigan periferiya va qo‘- shimcha qurilmalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan hamkor- likda har bir qurilma uchun drayver dasturlari yaratilib, tizim imko- niyatlari oshirilgan. Multimedia vositalari bilan ishlash takomillash- tirilgan, mobil kompyuterlar uchun moslashtiriigan, masofdan ish stolini boshqarish imkoniyatlari kiritilgan, xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli dasturiy vositalar bilan toMdirilgan. Oynalami tashkil etishda Windows Aero (inglizcha Authentic, Energetic, Reflective va Open so‘zlari qisqartmasi bo‘lib, tekshiriladigan, quvvatli, hozirjavob va ochiq ma’nosini bildiradi) texnologiyasi qo'llab- quwatlanadi. Ushbu texnologiyaga ko‘ra oyna ramkalari, ish sohasi foni shaffof va boshqa ranglar bilan belgilanishi mumkin.
Windows 7 tizimining kompyuter apparat qurilmalariga qo‘yilgan talablari:
Windows 7 tizimining 32-bitli versiyasi uchun
|
Markaziy protsessor
|
Takt chastotasi 1 GGs bo‘lgan x86 yoki x64
|
Operativ xotira sig‘imi
|
1 GB
|
Qattiq disk minimal sig‘imi
|
16 Gb (o‘matish uchun minimal soha - 10.5 Gb)
|
Axborot tashuvchi vosita
|
DVD-ROM qurilmasi
|
Grafik protsessor
|
Sig'imi 128 Mb bo'lgan va DirectX 9 ni qo'llab-quvvatlovchi adapter
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |