B. S. Axrarov


Ayirboshlash buferi (Буфер обмена) —


Download 3.61 Mb.
bet53/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

Ayirboshlash buferi (Буфер обмена) — xotiraning maxsus sohasi bo‘lib, ko‘chiriladigan, siljitib ko‘chiriladigan, o‘chiriladigan obyektlami vaqtincha saqlash imkonini beradi. U quyidagi xususiyatlarga ega:

  • ayirboshlash buferiga obyekt foydalanuvchiga ma’lum bo‘lgan usullar asosida qo‘yilib, saqlanadi;

  • ayirboshlash buferida obyekt yangi obyekt qo‘yilgunga qadar saqlanadi;

  • ayirboshlash buferiga ixtiyoriy ilovadan murojaat qilish mumkin;

  • ayirboshlash buferida saqlanayotgan obyektni ko‘rish va faylda saqlash uchun Просмотр буфера обмена ilovasidan foydalaniladi;

  • ayirboshlash buferidagi ma’lumotlar operatsion tizim qayta yuklanganida yoki maxsus buyruq orqali o‘chiriladi;

  • ayirboshlash buferidagi obyekt u olingan ilovadagi o‘z formati bo‘yicha saqlanadi, biroq foydalanuvchi uni boshqa oynada joriy etishida uning formatini o‘zgartirishi mumkin.

  1. mashq. Ish stolidagi belgi va yorliqlar bilan ishlash.

Ish stolidagi yorliqlar va belgilarni siijitish
Sichqoncha chap tugmasi yordamida ish stolidagi biror belgini ixtiyoriy yo‘nalish bo‘yicha siljiting. Buning uchun quyidagi amallami bajaring:
-ko‘rsatkichni belgi ustiga keltiring;
-sichqoncha chap tugmasini bosib, ushlab turing;
-sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda sichqonchani belgini kerakli yo‘nlishga harakatlantiring;
-sichqoncha chap tugmasini qo‘yib yiboring.
Yuqoridagi amallami ish stolidagi boshqa yorliq yoki belgilar uchun bajarib ко‘ring.
Ish stolidagi belgilar va yorliqlarni tartiblash
Tartiblash amali orqali ish stolidagi belgi va yorliqlarni nomi, turi, o'zgartirilgan sanasi bo'yicha saralash va ulaming ish stolidagi ko‘rinishini tartiblash mumkin. Ushbu amalni bajarish uchun:

  • ish stolinining bo‘sh sohasida sichqoncha o‘ng tugmasini bosing;

  • ochilgan kontekstli menyudan Сортировка buyrug‘ini tanlang;

  • sichqoncha chap tugmasi bilan Имя rejimini tanlang (4.5- rasm).

Xuddi shunga o‘xshash kontekstli menyudan Сортировка -> Размер yoki Сортировка -> Тип элемента yoki Сортировка - > Дата изменения rejimlarini tanlab, bajaring. Natijada belgi va yorliqlar tanlangan rejim bo'yicha ish stolida tartiblanadi.


Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling