B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet193/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

VOQEABAND LIRIKA Lirik kechinmani voqeaning ixcham tasviri asosida ifodalovchi she’rlar, zamonaviy she’riyatda keng tarqalgan janr. Voqeaband lirika­da voqeani tasvirlash asosiy maqsad emas, balki bir vosita, lirik kechinmani ifoda­lash vositasidir. Masalan, X.Davronning “1941-yil. 22-iyun. Peshin” she’ri:
Ularni qo‘yishdi jar yoqasida…
Otasin qo‘lini ushlagan go‘dak
Chor atrofga qarab sho‘x, olazarak,
So‘radi: “O‘q tegsa og‘rirmi, dada?”
Uning ovozini bosdi guldurak…
Bahorda jarlikni qoplar o‘t-o‘lan,
O‘tlar uzra suzib o‘tar oq bulut
Va shunda giyohlar achchiq dard bilan
Shivirlar-shivirlar: “Og‘rirkan, dada!”
Bu nola hech qachon bo‘lmaydi unut…
Shoir urushga munosabatini ifoda etish uchun konkret voqeani oladi, lekin uni izchil tasvirlamaydi, uning eng muhim nuqtasini jonlantirish bilan chek­lanadi: ko‘zlagan maqsadi uchun shuning o‘zi yetarli.
XARAKTER, badiiy xarakter (yun. character – iz, belgi, farqlovchi xususiyat) Muayyan davr kishilariga xos eng muhim xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan inson obrazi.
XRESTOMATIYA esk. (yun. chrestos – yaxshi, foydali + mathano –o‘rga­naman, o‘qiyman) Taniqli yozuvchi yoki olimlarning tanlangan asarlaridan yoki ulardan parchalardan tuzilgan to‘plam shaklidagi o‘quv qo‘llanmasi. Mas. bolalar adabiyoti xalq axloqiy qarashlarini badiiy aks ettiruvchi pedagogik xrestomatiyadir. Adabiyot xrestomatiyasi.
YALINCHOQ Mohiyatan tabiat hodisalari bilan bog‘liq bo‘lib, ibtidoiy ani­mis­tik qarashlar zamirida vujudga kelgan va yagona vazifadoshlik kasb etgan holda shakllangan bolalarning mavsum-marosim qo‘shiqlari. Davrlar o‘tishi bilan animis­tik e’tiqod ham so‘na borgan, natijada unga daxldor marosim ham so‘ngan. Biroq marosimga oid ayrim qo‘shiqlar, inchunin, quyoshga, oyga, kamalakka, yulduz­larga, shamolga, yomg‘irga va boshqa tabiat hodisalariga yalinishdan iborat animis­tik mohiyatini yo‘qotgan holda bolalar repertuariga o‘tib, goh rudiment holida, goh transformasiyaga uchragan holda yashay boshlagan. Bolalar reper­tuarida g‘oyat keng tarqalgan va xilma-xil variantlarga ega “Oftob chiqdi olamga” yalinchog‘i bu jihatdan e’tiborga loyiq.
YECHIM Sujet unsuri. Epik yoki dramatik asar asosida yotgan asosiy voqe­alar rivojining yakuni, ularning nihoyasida qahramonlar ruhiyatida, taqdirida yuza­ga kelgan holatni, personajlar orasidagi konfliktning yechimini bayon qiluvchi sujet qismi. Masalan, X. To‘xtaboyevning “Sehrli qalpoqcha” qissasida Hoshim­jonning turli kasblarga urinib ko‘rib muvaqqayiytsizlikka uchragach, “odam o‘qi­masa, agronom ham, shoir ham, injener ham bo‘lolmas ekan. Endi o‘qiyman” de­gan xulosaga kelishi qissaning yechimidir.Yechimda konfliktli holat, qahramonlar orasidagi ziddiyatlar o‘zining badiiy yechimini topadi. Biroq bu qat’iy qoida emas. Ko‘plab asarlarda yechimdan so‘ng ham ziddiyatlar, qahramonlar taqdiridagi chigalliklar hal qilinmaganicha qolavera­di yoki yechim berilmaydi. Bu o‘quvchini o‘ylashga, mushohada qilishga undaydi. Ya’ni tom ma’nodagi yechimning mavjud emasligi asarning ta’sir kuchini, o‘quv­chuning ijodiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi usulga aylanadi.
YUMOR (ingl. humour – kayfiyat, moyillik) Badiiy adabiyotga mansub yumoristik asarda yozuvchi ijtimoiy hayotdagi, shaxsiy turmushdagi, xususan, ayrim kishilardagi baʼzi kamchilik, nuqsonlardan kulib, uni tanqid qiladi. Bunda yozuvchi tanqid qilinayotgan obyektning yoʻqotilishiga tarafdor emas, unga achi­nadi, undagi mavjud kamchilikning tuzalishini istaydi. Yengil tanqid, hazil ruhi bilan yumor satiradyan farq qiladi. Satirik asarda ijtimoiy hayot hodisalari zahar­xanda kulgi orqali fosh etilsa, xarakterdagi nuqsonlar hazil-muto­yiba, kinoya bilan tanqid qilinadi. Satirada yumor unsuri boʻlganidek, yumorda ham satira unsuri bor. Har qanday jiddiy asar (roman, qissa, hikoya, doston, sheʼr)da, xalq ijodi namuna­larida ham yumor boʻladi. Gʻarb adabiyotidagi asosiy namoyandalari Servantes, L. Stern, Ch. Dikkens, N. V. Gogol, M. Tven; oʻzbek adabiyotida esa Muqimiy, Gʻ. Gʻulom, A. Qahhor, S. Ahmad va boshqalar.
G‘AZAL (ar. ayollarga xushomad qilish, ayollarni madh etish) Sharq mumtoz she’riyatida eng ko‘p tarqalgan lirik janr, 3-4 baytdan 19 baytgacha bo‘lgan hajmda yozilib, a-a, b-a, v-a, g-a … tarzida qofiyalanuvchi she’r.
Gʻazal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pand­nasihat) va hajviy gʻazallar yuzaga keldi. Gʻazal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) gʻazal; yakpora gʻazal; voqeaband gʻazal.; musalsal gʻazal. Maʼno jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona gʻazallarga boʻlinadi.
G‘azalning o‘zaro qofiyalangan misralardan iborat birinchi bayti matlayoki mabda (boshlanma, boshlanish), oxirgi bayti esa maqta(tugallanma, xotima) deb yuritiladi.
G‘OYA, badiiy g‘oya Badiiy mazmunning muhim komponenti, asardan kelib chiqadigan obrazli, umumlashma fikr. Asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga muallifning g‘oyaviy-hissiy munosabati, obrazlar sistemasi vositasida qo‘yilgan prob­le­matikaning badiiy idrok etilishi va baholanishi natijasida namoyon bo‘luvchi badiiy hukm. Masalan, X. To‘xtaboyevning “Sehrli qalpoqcha” qissasining g‘oyasi “ inson o‘qimay, bilim olmay turib hech qanday kasbni egallay olmaydi, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmaydi” degan fikrdir.



Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling