B sinf o’quvchisi Xo’jayeva Soliyaxonga
Download 25.22 Kb.
|
Kollej o\'quvchiga tafsifnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAYONNOMASI 14.04 2017. Farg’ona shahar Qatnashdilar: O’IB direktor o’rinbosari: 6 nafar pedagog xodimlar. KUN TARTIBI
- So’zga chiqdilar
Farg’ona shahar 1-maktab 5-B sinf o’quvchisi Xo’jayeva Soliyaxonga TAVSIFNOMA Xo’jayeva Soliyaxon Farg’ona shahar 1-maktab 5-B sinf o’quvchisi. U sinfning eng a’lochi talabalaridan biri. Barcha fanlarni yaxshi o’zlashtiradi va darslarda faol qatnashadi. Maktabda o’rtkaziladigan barcha tadbir va bayramlarda o’z chiqishlari bilan muntazam ishtirok etib keladi. Xo’jayeva Soliyaxon darslarga o’z vaqtida keladi, sababsiz dars qoldirmaydi. U odobi va xulqi bilan ham boshqa o’quvchilardan ajralib turadi. O’quv yili mobaynida Xo’jayeva Soliyaxon o’z odob-axloqi hamda bilimga chanqoqligi jihatdan o’qituvchilarda ijobiy fikrlar uyg’ota oldi. Kollej talabalari va pedagog jamoasi Xo’jayeva Soliyaxon kelajakda oliy o’quv yurtiga o’qishga kirishiga va katta yutuqlarga erishishiga ishonch bildiradilar. Sinf rahbari: A. Dehqonov Amaliyotchi talaba: I.Boqiyev Farg’ona Sanoat kolleji A 1.16 guruhning faol talabasi Karimov Iqbolga TAVSIFNOMA Karimov Iqbol Farg’ona Sanoat kolleji 1-bosqich 112-guruh talabasi. U sinfning eng past o’zlashtiruvchi talabalaridan biri. Guruh rahbari tomonidan bu talabaning o’quv ishlari doimiy nazorat ostiga olingan. Ayrim hollarda darslarga o’z vaqtida kelmasligi va ko’p darslarni qoldirishi uning o’qishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan. Uning fe’l atvoridagi deviant xulqlilik uning muomala va so’zlashuv madaniyatida o’z aksini topadi Karimov Iqbol ko’p dars va mashg’ulotlarni qoldiradi. Sinf rahbari va maktab ma’muriyati Karimov Iqbolga o’quv ishlarida ijobiy ko’rsatkichlarga erishishiga yordam bermoqda. Talaba o’quv yili boshidagi bilim saviyasi va xulqiga nisbatan ijobiy tomonga ancha o’zgargan. Guruh rahbari: A.Dehqonov Amaliyotchi talaba: M.Mirabdullayev FarDU Tabiiy fanlar fakulteti KO’M yo'nalishi 13.27-guruh talabasi Mirabdullayev Mirodil tomonidan Farg’ona shahar Sanoat kollejida “Azotli organik birikmalar ”mavzusida o’tkazilgan ochiq dars BAYONNOMASI 14.04 2017. Farg’ona shahar Qatnashdilar: O’IB direktor o’rinbosari: 6 nafar pedagog xodimlar. KUN TARTIBI: Ochiq dars muhokamasi Eshitildi: O’IB direktor o’rinbosari Kollej O’IB direktor o’rinbosarining Mening bugungi darsdagi maqsadim amaliyotchi talaba talabalarda kimyo fani bo’yicha bilim va ko’nikmalarini qanday shakllantirilayotganini bilish edi. Amaliyotchi talaba Power Point dasturida taqdimotlar tayyorlash texnologiyasi asosida slaydlar yordamida dars tashkillashga harakat qildi. Bundan tashqari mavzu yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinash maqsadida muammoli savollar, vazifa-topshiriqlar,uyga beriladigan vazifalarni bajarish uchun namunalar ham keltirilgan. Mavzuni nafaqat slaydlar, balki ko’rsatilgan interfaol usullar bo’yicha berilgan topshiriqni bajarish natijasida ham mustahkamlashni reja qilgan. Amliyotchi talaba rejalashtirgan hamma dars bosqichlarini bajara oldi. So’zga chiqdilar: ________________ – kimyo fani o’qituvchisi Darsda yangi pedagogik texnologiyaning usullaridan o’rinli foydalanildi. O’quvchilar darsga ijodiy yondashdilar. Mavzu yuzasidan tuzilgan boshqotirmalarning bajarilishi juda qiziqarli o’tdi. Mavzuga doir elektron ko’rgazmalardan o’quvchilarga tadbiq etildi. Dars nihoyatda qiziqarli va yangi tushunchalarga boy bo’ldi. 2. Qaror qilindi: 1. Amaliyotchi talaba Mirabdullayev Mirodilning “Azotli organik birikmalar” mavzusidagi ochiq dars namunali deb topilsin. 2. Darsda qo’llanilgan yangi pedagogik texnologiyalar boshqa darslarda foydalanish uchun ommalashtirilsin. O’IB direktor o’rinbosari: __________________ Kimyo fani o’qituvchisi: __________________ Toshloq tumani 27- umumiy o'rta ta'lim maktabi 4- sinf o'quvchilariga TAFSIFNOMA Farg’ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Toshloq tumani XTMFMTTEB tasarrufidagi 27-umumiy o’rta ta’lim maktabining 4- sinf o’quvchilari maktabning eng namunali sinflaridan biri. Bu sinfda 30 ta o’quvchi bo’lib, shulardan 16 nafari o’g’il bola va 14 nafari qiz bola. Amaliyot davrimda men bildimki, bu o’quvchilar tirishqoqligi, odobi, bilimga chanqoqligi va bolalarcha beg’uborligi bilan boshqa o’quvchilardan ajralib turadi. Sinf rahbari Musharraf opa Mamadaliyevani xuddi o’z onalaridek ardoqlashadi. Darslarga o’z vaqtida kelishadi, hamma darslarda faol qatnashishadi va uy vazifalarni har doim bajarishadi. Bundan tashqari, maktabda o’tkaziladigan turli tadbirlar, tanlovlar va ma’naviy – ma’rifiy kechalarda o’z chiqishlari bilan faol qatnashadilar. Bu o’quvchilar darsdan so’ng o’z qiziqishlari bo’yicha turli fan to’garaklari, sport mashg’ulotlari hamda musiqa va san’at maktabiga borishadi. Yosh bo’lishlariga qaramay, o’z maqsadlari sari olg’a qadam bosishlari kishini quvontiradi. 4- sinf o’quvchilari maktabda o’tkaziladigan turli musobaqalarda ham qatnashib yaxshi natijalar ko’rsatishadi. Bu o’quvchilar orasida past o’zlashtiruvchi o’quvchilar sanoqli, shunga qaramay, o’qituvchilarning sa’y –harakatlari bilan ularning o’qishlarida ijobiy natijalar kuzatilyapti. Maktab ma’muriyati 4-sinf o’quvchilarining kelajakda oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishlariga va Vatanimizga munosib farzandlar bo’lishlariga ishonch bildiradilar. Amaliyotchi talaba: S.Husanova Download 25.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling