B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2019
Download 482.9 Kb.
|
Конституциявий ҳуқуқ
Yodda tuting!
Ro‘yxat saylovga o‘n besh kun qolganda, kasalxona, dam olish uylari va boshqa uzoq joylarda yetti kun (Prezident sayloviga ikki kun) qolganda, tanishish uchun saylov uchastkasida olib qo‘yiladi. Ro‘yxat xususida shikoyat uchastka saylov komissiyasiga beriladi, Prezident saylovlarida shikoyat kechi bilan ikki kunlik muddatda, saylov arafasida esa darhol qo‘rib chiqilishi kerak. Vakillik organlariga saylovda shikoyat 24 soat ichida ko‘rib chiqilishi kerak. Komissiya hat-harakati ustidan sudga shikoyat qilish ko‘rsatilgan. Prezident saylovi to‘g‘risidagi qonunda sudga saylovdan kechi bilan uch kun oldin shikoyat qilinishi, sud shikoyati ikki kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan. Saylov jarayonida saylov byulletenlarini tayyorlash, yetkazib berish va rasmiylashtirish alohida bir tadbir deb qaraladi. Saylov byulleteniga nomzodlar familiyasini, otasining ismi alifbo tarkibida kiritilib, uning tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi, nomzodlikka ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatiladi. Tuman, shahar Kengashiga saylovda nomzod nomzod ko‘rsatgan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ham ko‘rsatiladi. Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi ham ko‘rsatiladi. Byulletenlar davlat tili, okrug saylov komissiyasining, viloyat, tuman, shahar kengashiga saylovda shu hududlar uchun saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasining qarori bilan okrugining ko‘pchilik aholisi so‘zlaydigan tilda nashr qilinadi. Saylov byulletenlari saylovga kamida uch kun qolganda uchastka saylov komissiyasiga yetkazib beriladi. Olingan byulletenlar soni ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Byulletenning o‘ng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a'zosi imzo qo‘yadi, imzolar komissiya muhri bilan tasdiqlanadi. Shunday usulda rasmiylashtirilmagan byulletenlar sanab chiqishda hisobga olinmaydi. Ovoz berish alohida jihozlangan, saylovchilar uchun qulay, yashirin ovoz berishni ta'minlaydigan darajada shakllantirilgan binolarda o‘tkaziladi. Ularda yetarli miqdorda yashirin ovoz berish kabinalari bo‘lib, ovoz berishga ulardan o‘tib boradigan qilib joylashtiriladi. Download 482.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling