Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Fuqarolik deganda nimani tushunasiz?
2. O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati qanday?
3. Qaysi davlat organlari fuqarolik masalalari bilan shug’ullanadilar?
4. Shaxs va fuqaro huquqiy maqomining o’ziga xos hususiyatlari nimalardan iborat?
V mavzu. Jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari
§ 1. Jamiyatning iqtisodiy negizlari
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishganidan so’ng, mulkchilik shakllari o’zgarishi bilan, insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari sohasida ijobiy o’zgarishlar bo’ldi. Insonning iqtisodiy huquqlari qonun hujjatlarida mustahkamlanib, mulkchilik munosabatlariga alohida e’tibor berildi. Eng birinchi qadam, O‘zbekiston Konstitutsiyasining XII bobi “Jamiyatning iqtisodiy negizlari” deb nomlanganligi va unda O‘zbekiston iqtisodiyoti bozor munosabatlariga tayanishi hamda iqtisodiyoning aniq negizlari belgilab qo‘yilganligi orqali amalga oshirildi.
Konstitutsiyamizning 53-moddasida, “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotini negizini xilma-xil shaklardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarining huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-barovar muhofaza qilinishini kafolatlaydi” deb mustahkamlangan. Shu nuqtai nazardan, mulk o’zi nima degan savolga javob berib o’tamiz.
Yodda tuting!
Mulk (arabcha “mulk” – shaxsiy boylik, mol) – ihtiyordagi, qo’ldagi bor mol dunyo, imorat va boshqalar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |