Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Jamiyatning iqtisodiy negizlari nima?
2. Mulk huquqi deganda nimalarni tushunasiz?
3. O’zbekistonda oilanining konstitutsiyaviy maqomi
4. O’zbekistonda ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy maqomi qanday?
§ 1. Jamoat birlashmalarining tushunchasi, turlari, vazifasi
Mamlakatimiz Asosiy qonunida jamoat birlashmalari faoliyatiga doir normalaning mustahkamlanib qo’yilishi mazkur tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi uchun keng sharoit yaratadi.
O'zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e'tirof etiladi. (Konstitutsiyaning 56-moddasi)
Jamoat birlashmalarining faoliyat ko‘rsatishinining asosiy sharti ular qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Ularni ro‘yxatdan o‘tkazish Adliya vazirligi zimmasiga yuklangan.
Jamoat birlashmalari eng muhim demokratik institutlardan hisoblanib, ular fikrlar va g‘oyalar xilma-xilligini amalda ta'minlovchi muhim vositadir. Jamoat birlashmalarining huquqiy asosi Konstitutsiyamizning 34-moddasida ham o’z ifodasini topgan.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.(34 modda)
Jamoat birlashmalari, turidan qatiy nazar, xalqning erkin faoliyati va ijtimoiy hayotda ishtirokini ta'minlash vositasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |