Kasaba uyushmalari to‘G‘risida


Download 163.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/24
Sana20.09.2023
Hajmi163.72 Kb.
#1681838
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
O‘RQ-588-сон 06.12.2019. Kasaba uyushmalari to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
KASABA UYUSHMALARI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 24-
oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 30-noyabrda
ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqini amalga
oshirish, shuningdek kasaba uyushmalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi
Qonuni 
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi “O‘zbekiston kasaba
uyushmalari federatsiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi 615-son 
qarori
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2-modda. Kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunchilik
Kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik
hujjatlaridan iboratdir.
Qonunchilikda ushbu Qonunni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, ichki ishlar
organlarida, Davlat xavfsizlik xizmatida, Milliy gvardiyasida va boshqa harbiy tuzilmalarda
qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari belgilanishi mumkin.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Download 163.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling