VIII mavzu. Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi
§ 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi nima va u qanday belgilanadi.
1990-yil iyun oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya”, 1990-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Qoraqalpog‘iston davlat suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya”lar Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy maqomini belgilab beruvchi hujjatlardir.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga ko’ra,
Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi
Konstitutsiyaning ushbu moddasi quyidagilarni anglatadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi, suverenitetini belgilab beruvchi qoidalar O‘zbekiston ‘iston Konstitutsiyasining quyidagi normalarida belgilab berilgan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega. Chunki Konstitutsiya har qanday davlatni suverenligini ko‘rsatuvchi asosiy shart hisoblanadi (Konstitutsiyaning 71-moddasi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ‘z Konstitutsiyasini xalq xohish-irodasiga mos ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasining Oliy hokimiyat organi qabul qilgan;
Qoraqalpog‘istonRespublikasi o‘z hududiga va chegarasiga ega;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma'muriy to‘zilishi masalalarini mustaqil hal qiladi (Konstitutsiyaning 73-moddasi);
Qoraqalpog‘iston Resnublikasi o‘zini Oliy hokimiyat organlariga ega va ularni tashkil qilish o‘z Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘istonning suveren davlat ekanligini tasdiqlovchi eng muhim qoida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega”ligidir (Konstitutsiyaning 74-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |